401-guruh talabasi Meyliyeva Surayyoning Tarbiya fanidan tayyyorlagan



Yüklə 6,84 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü6,84 Kb.
#188400
Tarbiya MT 1

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tarbiya

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
401-guruh talabasi
Asadullayeva Sevaraning
Tarbiya
Fanidan tayyorlagan Mtsi
Tarbiya jarayonida oila , mahalla hamda ta’lim muassasalarining o’zoro hamkorligi . Tarbiya jarayonida oila , mahalla hamda ta’lim muassasalarining o’zoro hamkorligini yo’lga qo’yish shakl va metodlari

Tarbiya


Bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, oila va jamiyatning o‘rni. Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun, avvalo, tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo‘stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: “Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi”, - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi.
Farzand tarbiyasini ota - onalar o‘z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindosh - urug‘lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro‘si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bu ma’naviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni ko‘zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o‘rnak bo‘ladigan kishilardir, ya’ni obro‘li ota - onalardir. Bunday odamlar o‘z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta’limda ham e’tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a’zolari bo‘ladi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’limtarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.

Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasining o‘rni va ahamiyati. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993- yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasi 79 yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal bo‘ldi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish

d

.

  • Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:
  • 1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi;
  • 2. O‘quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo‘yishga erishadi;
  • 3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
  • 4. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko‘taradi;
  • 5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi

Sizningcha sinf rahbarining ota-onalar bilan ishlashing qanday shakl va metodlari mavjud
1. O‘quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o‘quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi. 2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o‘quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga o‘quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir. 3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o‘quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar sinf majlisini o‘tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o‘quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o‘zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg‘or tajribalar bilan fikr almashish, o‘rtoqlashish

F. F S M U metodi Bola tarbiyalashda oila, mahhalla, jamiyat va hamkorligi juda muhim S- sabab M- misol U- umumlashtirish


Yüklə 6,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin