Tojimuhammad aka Boltaboyevda chet tillariga bo’lgan qiziqish juda erta uyg’ongan edi. O’sha kezlari ustozlari Tursunmuhammad aka Normatovning bir og’iz gaplari u kishining hayot yo’llarini belgilab berdi.
“Qunting, tirishqoqliging yaxshi. Chet tilini o’rganishga harakat qil. Til bilsang – el taniysan”,- degan edilar. Bu gaapni qulog’iga quyib olgan iqtidorli shogird ixlos bilan til o’rganishga kirishdi. Chet tillar institutining fransuz tili fakultetini a’lo baholarda bitirdi. Ustozlariga bo’lgan havas u kishini maktabga yetakladi.
Toshmuhammad aka Yangiyo’l tumanidagi 14- maktabda o’quvchilarga fransuz tilidan ta’lim berar ekan, har safar shu maktabda o’tgan o’quvchilik yillarini esga oladilar. Qadrdon maktablaridagi katta o’zgarishlardan quvonib, bugungi yoshlarga havas qiladilar.
(105 so’z)
Do’stlikni saqlash qiyin Ali bilan Vali inoq do’st edilar. Ularga sinfdoshlari ham havas qilishardi. O’qish kunlarining birida Ali rasm qalamlarini uyda unutib qoldiradi. Rasm darsi boshlanganida do’sti Validan rangli qalamlaridan foydalanib turishni so’radi. Lekin Vali do’stining iltimosiga ro’yxushlik bermay debdi: “Yo’q, bermayman. Men rangi ketmasin deya, bilib qalamlarni uyida qoldirganni yomon ko’raman”. Qalin do’stining gapidan Alining kayfiyati tushib ketibdi. Shu – shu ikki sinfdoshning orasiga sovuqchilik tushibdi. Shu tariqa davom etayotgan kunlarning birida Ali sinfdoshlarini tug’ilgan kuniga chaqiribdi. Hamma jamuljam bo’lgan pallada Vali ham kirib kelib, sobiq qadrdoniga rangli qalamlar va “Ertaklar to’plami”ni sovg’a tariqasida tutibdi. Bundan Alining yuzlari yorishibdi, qalbidagi ranjish tumandek tarqab ketibdi. Oradagi do’stlik rishtalari yana qaytadan mustahkam bog’lanibdi.