Barhayot she’riyat sohibi



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü20,93 Kb.
#203784
  1   2   3   4
Barhayot she\'riyat sohibi.


Barhayot she’riyat sohibi.


1-boshlovchi.
Sochimda oq, men bahordan o’tindim,
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.
Qor qo’ynida seni qo’msam o’qindim,
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.


2-boshlovchi.
Ko’nglimda ko’k binafshalar sochilsin
Kokiliga tolpopuklar soch ilsin
Boychechakka borar yo’llar ochilsin
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.


1-boshlovchi.
Mana, yurtimizga Navro’zi Olam kirib kelib, uning shukuhi kezib yurgan pallada, Ko’klamoyim barchaga ko’kini ulashayotgan ajib bir davrda siz bilan uchrashib turganimizga shukronalar aytib, “ Assalomu alaykum “ deymiz.


1-boshlovchi.'>2-boshlovchi.
Assalomu – alaykum qalbi daryo ustozlar, aziz mehmonlar, zukko va bilimdon o’quvchilar,
adabiyot shaydolari.


1-boshlovchi.
O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir – biriga o’xshamaydigan, bir – birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta – qayta bo’y cho’zaveradi.
Ana shunday betakror shoirlardan biri, O’zbekiston xalq shoiri, Respublika Yoshlar mukofoti “ Dostlik “ ordeni sohibi, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi.


2-boshlovchi.
Muhammad Yusuf … Pokiza inson edi. U odamlarning esini og’dirgan, o’ylatgan, kuldirgan, yig’latgan, topgan – tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. Uni marhum deyishga hech tilimiz bormaydi, lekin na chora, bu bor gap.


1-boshlovchi.
2001 – yil. … iyul. Qoraqalpog’iston Respublikasining Ellikqal’a tumani. Toshkentdan 1000 chaqirim narida, lekin, yurak bilan bir devor qo’shni. Ellikqal’alik tarixchi olim, pedagog Samardar Ismoilovning hikoya qilishicha, o’shanda Muhammad Yusufga so’z navbatini berishgan, u minbarga ko’tarilgan va hali bir og’iz so’z aytmay turib, chalqanchasiga polga qulagan ekan.

Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin