Yulduzlar – ko’z yoshi samoni. O’tar inson, yaxshi – yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur.
1-boshlovchi. Osmon cho’kib qoldi bu oqshom, Yulduz bo’lib yog’ildi bir sas. Yonib ketsin chirsillab qalbim, Sevish kerak … Yashash shart emas. Navbat Muhammad Yusuf she’rlariga. “ Baxtli bo’lamiz “ she’ri.
2-boshlovchi. Bu yorug’ olamda shunday noyob ganjina borki, u hayajonsiz, hissiyotsiz o’z qimmatini yo’qotadi. U muhtasham imoratki poydevoridan tortib derazasigacha hayajon deb, hissiyot deb atalmish ustundan bino qilinadi. Bu boylik – she’riyatdir. 1-boshlovchi. She’riyat ajib bir me’morki, u o’z imoratini odamlarning ko’ksiga, mudragan qalbiga, tinimsiz urib turgan uyg’oq tomirlari ustiga quradi. Navbatni yana shoir she’rlariga beramiz. 1. 2. 3. 4.
2-boshlovchi. Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayratga solib, og’izga tushib ketdi.
1-boshlovchi. Uning ijodi haqida gap ketganda, ko’pichincha qo’shiqlarini tilga oladilar. Muhammad Yusuf o’zini qo’shiqchi shoir deb hisoblagan emas, yozganlari xalq diliga yaqin va ravon tilda yozilgani uchun hofizlar ularni qo’shiqqa solib yubordilar. Bu she’rlar qo’shiqchilik san’atini baland pog’onalarga olib chiqdi, qanch – qancha hofizlarni elga tanitdi. Keeling navbatni M.Yusufning she’rlari asosida yangraydigan qo’shiq va raqsga bersak. ( kechagina qishloqdagi qizlarning bori) M.Xoliqov.
2-boshlovchi. Shavkat Rahmon bevaqt vafot etganda M.Yusuf juda qayg’urgan edi. “ Yoshlar ketdi deb “ . Taqdirning ishiga izoh yo’q ekan. Sh.Rahmon xotirasiga bag’ishlab “ Lolaqizg’aldoq “she’rini yozgan shoirning o’zi ham 47 yoshida hayotdan ko’z yumdi.