Barhayot she’riyat sohibi


Keling mana shu ajoyib she’rni birgalikda tinglaylik. ( Lolaqizg’aldoq )



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü20,93 Kb.
#203784
1   2   3   4
Barhayot she\'riyat sohibi.

Keling mana shu ajoyib she’rni birgalikda tinglaylik. ( Lolaqizg’aldoq )


1-boshlovchi.
M.Yusuf o’z she’rlarida o’zbek xaalqining bolajonligini, ota-ona uchun farzandday aziz ne’mat yo’qligini-yu, uzoq o’tmishning armonli dardlarini bayon etadi. “ O’zbek “ va “ Samarqand “ she’rlari bunga misol bo’la oladi.
Tinglang “ Samarqand “ she’ri.


2-boshlovchi.
M.Yusuf o’z Vatanini, ajdodlarini qanchalik sevgan bo’lsa, asrlar davomida qadr topib kelayotgan ona tilimizni shunchalik sevdi. Betakror satrlar bilan bobomeros tilimizning jozibasini aks ettirdi.
Navbatni yana she’rlarga beramiz.


1-boshlovchi.
M.Yusuf bahor, ko’klam, muhabbat kuychisi. Uning shoh satrlarida lola-yu qizg’aldoqlar o’zgacha ta’riflanib, ariq bo’ylarida, soy sohillarida barq urgan rayhonu yalpizlar xushbo’y hid taratib, dimog’larni chog’ ko’ngillarni ravshan qiladi.


2-boshlovchi.__Qizg’aldog’im,_qirdan_bo’lak_koshonang_yo’q,__Kokil_yoysang,_yerdan_bo’lak_toshoynang_yo’q.__O’ksib-o’ksib_turganingda_o’zing_borib'>2-boshlovchi.
Qizg’aldog’im, qirdan bo’lak koshonang yo’q,
Kokil yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q.
O’ksib-o’ksib turganingda o’zing borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.
Navbatni go’zal raqsga beramiz. ( Raqs )
1-boshlovchi.
M.Yusuf hayotligida juda ko’p do’stlar va muxlislar orttirdi. Uni qadrlovchi, she’rlarini sevib yod oluvchi insonlar bugungi kunda vatanimizning har bir go’shasidan topiladi. Shoir haqida o’zining hayajonli, iliq fikrlarini aytgan insonlar juda ko’p.
Navbatni kollejimizning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sayfutdinova N ga beramiz.
2-boshlovchi.
Azizlar bugungi adabiy kechamiz ham poyoniga yetmoqda. Biz bugun xalqimizning otashin shoiri M.Yusufning o’lmas xotirasini yodga oldik. Shoir hayotligida qanchalik hurmat qozongan bo’lsa, vafotidan keyin ham uning porloq xotirasiga yanada yuksak ehtirom ko’rsatilmoqda.
2-boshlovchi.
M.Yusuf o’zi kamtarlik qilib aytganidek: “ ikki misra she’r, 2 jandiq kitob “ emas, balki boy adabiy meros qoldi. Biz uning she’rlari hayot tarsi orqali Vatanni sevishni, asrashni o’rgandik va o’rganmoqdamiz.
M.Yusuf o’z xalqining, Vatanining kuychisi edi.


Kecha yakunida “ Tovollo “ aytiladi.
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin