So’zlamasa turolmas edi u, Xalqqa neni aytish kerak edi u? Sukut saqlab shoirning yiqilmog’i ne? Sukut tili bilan nima dedi u?
2-boshlovchi. Oradan 13 yil o’tdi. Muhammad Yusufsiz 13 bahor o’tdi. Shoir jisman oramizda bo’lmasa ham, o’z she’rlari bilan ruhan oramizdadir. Agar hayot bo’lganida bugun qutlug’ 60 yoshni nishonlayotgan bo’lar edi.
1-boshlovchi. Shoirga bu yoshni ko’rish nasib etmagan bo’lsada, uni nishonlash butun respublikanizdagi shoirni bilgan barcha muhlislariga nasib etib turibdi. Bugun biz ham siz bilan bu betakror shoirni eslash, uning she’rlaridan yanabir bor bahramand bolish uchun to’plandik.
2-boshlaovchi. O’zbekiston, yuksaltir yodni, Ganch, xazina, tuproq qatlari. Ko’tarmoqqa qodir, avlodni, Uxlab yotgan Muhammadlari.
2-boshlovchi. Bir arsloni o’tdi o’zbekning, Ohi ko’kka yetdi o’zbekning. Quyosh yig’la, osmon, aza tut, Muhammadi ketdi o’zbekning.
1-boshlovchi.__Baland_ketdi,_shoniga_ketdi,__Jannatning_ayvoniga_ketdi.__Turk_yukini_yuklashay_deb__Yassaviyning_yoniga_ketdi.'>1-boshlovchi. Baland ketdi, shoniga ketdi, Jannatning ayvoniga ketdi. Turk yukini yuklashay deb Yassaviyning yoniga ketdi.
2-boshlovchi. Azizlar, bugungi adabiy – badiiy kechamizni otashnafas shoir, xalqimizning sevimli farzandi Muhammad Yusuf hayoti va ijod yo’liga bir nazar tashlash bilan boshlasak. So’z navbatini kollejimizning ona tili va adabiyot o’qituvchisi Sulaymonov S ga beramiz.
1-boshlovchi. Mazmunli va chiroyli ma’ruzangiz uchun sizga rahmat aytamiz. Endigi navbat Muhammad Yusuf she’ri asosida yangraydigan bir ajoyib qo’shiqqa beramiz. ( Ulug’imsan, Vatanim )