5-MA’RUZA
.
DNK BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI STRUKTURALARI
.
REJA
1.Nuklein kislotalarning tuzilishi.
2.Dezoksiribonuklein kislotasining strukturalari
Nuklein kislota molekulalari nukleotidlarning polimerlanishi natijasida hosil
bo`lgan polinukleotidlar zanjiridan iborat. Nukleotidlar qoldig`i bir-biri bilan fosfat
kislota yordamida birikadi. Fosfat kislota har doim bir nukleotid tarkibidagi riboza
(dezoksiriboza)ning
uchinchi C-atomi bilan, ikkinchi nukleotid tarkibidagi riboza
(dezoksiriboza)ning beshinchi C-atomi bilan murakkab efir bog`lari orqali
bog`lanadilar. Buni quyidagi chizmada ko`rish mumkin.
Yuqoridagi polinukleotidlarning o`zaro bog`lanish tizimiga asosan ular
qutblangan bo`lib, bir tomoni 5
/
-0-Fn guruhi bo`lsa, ikkinchi tomoni esa 3
/
-OH
guruhi bo`ladi.
Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK)
Oqsillarga o`xshash
DNK ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi
strukturaga ega.
DNK ning birlamchi strukturasi
Dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlarda va ayrim viruslarda
mavjud. U genetik (irsiy) axborotlarni o`zida saqlab,
uni avloddan-avlodga
uzatishda bevosita ishtirok etadi. DNK molekulasining birlamchi strukturasida
irsiy belgilar rejalashtirilgan, ular birin-ketin joylashgan dezoksiribonukleotidlar
qatoridan iborat. DNK tarkibida to`rt xil dezoksiribonukleotid bo`lib, oqsildagi
aminokislotalar sonidan kam bo`lsa ham ularning ketma-ket
qator soni oqsildan
uzun bo`ladi.
DNK nukleotid qatorini ya'ni, birlamchi strukturasini aniqlash (sekvenirlash)
oxirgi yillarda juda yaxshi yo`lga qo`yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun
xromosoma genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan. Jumladan, odam genomi ham
sekvenirlanib, boshqa jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtirilib, bank
axboroti sifatida saqlanadi.
Bakteriofaglar DNK sining nukleotid qatori unikal, ya'ni bir marta uchrab,
boshqa qaytarilmaydi. Ayrim organizmlarda DNKdagi
nukleotidlarning ketma-
ketligi unikal bo`lsa ham, ayrim qismlarida qaytariladigan nukleotid qatori bir
necha marta uchraydi (t-RNK va i-RNKlarning kodlovchi qismlari) jumladan,
bateriyalarda. Eukariot genomlarda DNKning 60%ni strukturali, ya'ni
oqsil
sintezini belgilovchi qismlar tashkil qiladi. Hayvon DNKsining 10-25%ini tashkil
qiluvchi bo`limlar qaytariladigan nukleotid qatoridan iborat bo`lib, ular ribosom, t-
RNK,
gistonlar,
immunoglobulinlarning
genlaridan
iborat.
Ular
DNK
molekulasida bir gen ikkinchisi bilan ketma-ket joylashib, ularni qaytariluvchi
tandemlar deyiladi. Ya'ni bir gen ikkinchi gendan speyser (inglizcha spaser-oraliq)
orqali ajraladilar. Qaytariladigan nukleotid qatorlari, ularni satelit (kichik-sayyor)
qismlaridir, bular xromosomaning sentromer qismida joylashib, uning bo`linishida
va o`zaro bog`lanishida ishtirok etadi.
Tabiiy manbalardan ajratib olingan DNKlarning nukleotid tartibini o`rganish
natijasida AQSh olimi Chargaff va rus akademigi A.N.Belozerskiylar
qator
miqdoriy qonuniyatlarni aniqladilar. Bu qonuniyatlar quyidagicha ifodalanadi:
1.
DNK molekulasidagi purin asoslari, adenin va guanin molyar
konsentratsiyasini yig`indisi pirimidin asoslari-sitozin va timinning molyar
konsentratsiyasi yig`indisiga teng:
Pur=Pir yoki
2.
Adeninning molyar
konsentratsiyasi timinnikiga, guaninniki esa sitozinga
teng: A=T, G=S ёки
1
T
A
;
1
S
G
3.
DNK zanjiridagi 6-aminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli asoslar
miqdoriga teng, ya'ni adenin va sitozin molyar konsentratsiyalarining yig`indisi
guanin va timin molyar konsentratsiyalari yig`indisiga teng:
А+S=G+Т ёки
1
T
G
S
A
4.
Guanin bilan sitozin molyar konsentratsiyalari yig`indisining adenin bilan
timinning (DNK molekulasida yoki uratsil RNK da) molyar konsentratsiyalari
yig`indisining nisbati turli manbalardagi nuklein kislotalarda turlicha bo`ladi. Bu
spetsifiklik koeffitsienti deb ataladi va
)
(
U
Т
А
S
G
shaklida ifodalanadi.
gar,
Т
А
S
G
ning qiymati birdan kam bo`lsa,
bunday DNK AT tipga, agar
uning qiymati birdan katta bo`lsa, GS tipga kiritiladi.
Yuksak o`simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub, zamburug`lar,
suvo`tlar va bakteriyalarning DNKsi ko`pincha GS tipga mansub. Bu
ko`rsatkichlarni o`simlik, hayvon va mikroorganizmlarni taksonomik qatorini
aniqlashda foydalanish mumkin.