5 mavzu: transfert bahoni shakllantirish reja Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü23,34 Kb.
#164689
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 mavzu transfert bahoni shakllantirish reja Transfert bahoni s-fayllar.org


5 mavzu: transfert bahoni shakllantirish reja Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari Transfert bahoni o’rnatish uslublari

5 mavzu: TRANSFERT BAHONI SHAKLLANTIRISH
Reja
1.Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari
2.Transfert bahoni o’rnatish uslublari
3.Xarajatlar va qiymat yondoshuvi asosida transfert bahoni shakllantirish


1.Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari
Sotiladigan mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chiqish boshqaruv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Amaliyotda har bir korxona o’z mahsulotini ishlab chiqara boshlashidan avval qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bog’liq bo’ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi bo’yicha baland yoki past bo’lishi mumkin emas, u talab va taklif asosida tartibga solib borilishi lozim.
Inflyasiya jarayonida ya’ni, baholarning o’sishi sodir bo’layotgan paytda pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-kitoblar qiyosiy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, noto’g’ri ma’lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqaruv qarorlari qabul qilib bo’lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qiyosiy baholardan foydalanish moliyaviy menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir o’lchamning o’zgarishi ikkinchi o’lchamning o’zgarishiga qanday ta’sir etishi tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bo’lgan holatda foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. Mahsulotning qo’shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy tushumning ma’lum bir birlikda oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o’z navbatida xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u cheklangan xarajatlar deb ataladi.

Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin