5-sinf ona tili va adabiyot 1-variant til haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang



Yüklə 177,55 Kb.
səhifə1/14
tarix07.01.2024
ölçüsü177,55 Kb.
#202102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
manitoring ona tili va adabiyoti monitoring tayyor 5- sinf


5-SINF ONA TILI VA ADABIYOT 1-VARIANT


1. Til haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.
A) Til kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga ko‘ra u ijtimoiy hodisa sanaladi.
B) Til vositasida fikrlaymiz va boshqalarga fikrimizni uzatamiz.
C) Tilni shaxs yaratadi va unga sayqal beradi.
D) Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi.


2. Libos so‘zining ma’nodoshi qaysi gap tarkibida qatnashgan?
A) Ona tabiatning ko‘ylaklari orasida oltin tusda tovlanuvchisi bahri dilingizni ochadi.
B) Kechalar salqinlashadi. Kun unchalik issiq emas. Ertalab yomg‘ir yog‘adi, atrofda uning hidi.
C) Ba’zilar kuz kunlarida uyida ayiq kabi uxlashni istaydi. Tabiat xuddi qariya, oqsoqoldek egilib qolganga o‘xshaydi.
D) Ammo shunisi borki, aynan shu faslda kamalakning barcha ranglardagi, turli shakldagi turfa yaproqlarni ko‘rish mumkin. Faqat shugina odamga yoqadi.


3. Bugungi kunda tabiat insonning yordami va g‘amxo‘rligiga muhtoj ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Buning boisi – tabiatga g‘ayriinsoniy munosabat. Uzoq yillar davomida ishlab chiqarish munosabatlarining noto‘g‘ri tashkil etilgani tufayli ko‘plab ekologik muammolar vujudga keldi. Ekologik muammolar tabiat qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona aralashish oqibatida kelib chiqadi. Masalan, yirik zavod, fabrikalardan turli zararli gazlarning chiqishi natijasida atmosferadagi(4) ozon qatlami (5) yirtiladi, hosil bo‘lgan tuynuk hozirgi paytda butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Buning natijasida quyoshdan keladigan turli zararli nurlar yemirilgan ozon qatlamining tuynugi orqali tozalanmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga tushmoqda.
Bilasizki, ona yurtimiz – dunyoda tengsiz go‘zal makonlardan biri. Purviqor tog‘lari, daryo va ko‘llari, musaffo osmoni, yam-yashil dalalari, bir so‘z bilan aytganda, butun tabiati har qanday insonni maftun etadi. Uni asrab-avaylash, kelajak av-lodga bus-butun yetkazish siz va bizning qo‘limizda.
Matn mazmuniga mos tushadigan sarlavha berilgan qatorni aniqlang.
A) “Ekologiyani o‘rganish”
B) “Ekologik muommolar”
C) “Tabiatga hurmat kerak”
D) “Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda”


4. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz
B) Yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq
C) odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan
D) kislorodli qobiq majmui


5. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz
B) Yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq
C) odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan
D) atmasferadagi kislorodli qobiq


6. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan?
A) donishmand, shogirt, roxat
B) xech kim, mumkin, mehr
C) maslahat, rohat, xira
D) maslaxat, donishmant, meyor


7. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) donishmand, shogirt, roxat
B) xech kim, mumkin, mehr
C) maslahat, rohat, xira
D) maslaxat, donishmant, meyor



Yüklə 177,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin