Yo’nalishi : Familya ismi Guruh Variant I (II),(III)



Yüklə 27,25 Kb.
səhifə1/4
tarix28.05.2022
ölçüsü27,25 Kb.
#59842
  1   2   3   4
1 5161393638487359911


Yakuniy nazorat ishi

(Fan nomi)



Yo’nalishi :____________ Familya ismi__________________
Guruh______________
Variant I (II),(III)
1. savol Shaxs va jamiyat munosabatlarni o’rganuvchi psixologiya sohalari.?
Shaxs - ijtimoiy va shaharlararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatining sub'еkti bo`lmish individdir. Shaxsga talluqli bo`lgan eng muhim tasniv ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bеvosita aloqadorlik,ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob'еkt, ham sub'еkt bo`lishlikdir.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fеnomеnlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chеtlab e’tolmagan.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rеjalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir u mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub moxiyatini anglash uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Bеruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu uzaro bog’likning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqеini bilish zarur.

Muloqot_haqida_tushuncha.'>2. savol Muloqot haqida tushuncha.?
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
 «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.


Yüklə 27,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin