5A230901 – Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisligi 19-22 BH guruh magistranti Teshabayev Dilmurod Boxodir o’g’lining Ilmiy tadqidot ishi bo’yicha tayyorlagan 2022-2023 o’quv yili I semester uchun HISOBOTI Kalendar rejaga muvofiq o’quv yilining I semestrida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyoti tomon harakatiga tushdi. Bu jarayonda sovetlarning buxgalteriya uslublaridan voz kechildi va moliyaviy hisobotlar jahonda qabul qilingan tamoyillarga o‘ta boshladi. Jumladan, qonun bilan quvvatlangan turli milliy buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi, buxgalterlar uyushmalari qoshida xalqaro buxgalteriya amaliyotlarini o‘rgatish va buxgalterlarni sertifikatlash tizimlari shakllandi. Bunga asosiy sabab iqtisodiyotning raqamlashtirilishi sharoitida qator subyektlar o’rtasida axborot almashish tizimlari o’zgara boshladi. Zero, korxonalar moliyaviy hisobotlaridan manfaatdorlar safiga xorij investorlari ham qo’shildi. Vaholangki, bu korxona rahbariyati uchun nafaqat soliq organlari va davlat mutassadilarini qoniqtiradigan hisobot shaklini ishlab chiqish, balki xorij investorlariga ham tushunarli bo’lgan moliyaviy hisobotni taqdim etish zaruratini uyg’otdi. Bundan tashqari Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qarori ushbu mavzuni yanada zamontalab etib belgilab berdi.
Ishning maqsadi. Korxonalar uchun “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarlari” (МСФО) ga o’tishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish borasida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Yuqoridagi maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Moliyaviy hisobotlarning nazariy asoslari, ularning tarkibini o’rganish
Moliyaviy hisobotlarning milliy va xalqaro standartlari bilan tanishish, ularni qo’llash borasidagi farqlarni tahlil qilish
Mamlakatimiz qonunchiligining moliyaviy hisobotlar borasida ishlab chiqqan qarorlari va dasturlari bilan tanishish, ularning amalda qay darajada bajarilganligini tahlil qilish
Korxonalar moliyaviy hisobotini MHXSga mos tarzda o’tkazish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalarni jamlash.