O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR BIZNES KAFEDRASI
S.BUX-BU-22 2-KURS TALABASI
MAHMUDOVA DILBARNING
STATISTIKA
FANIDAN YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: D.Mahmudova
Qabul qildi: R.Axmedov NAMANGAN 2023
KIRISH
Iqtisodiy ta’Iim tizimida statistika fani alohida o‘rin egallaydi. Ushbu fanni o'rganish orqali talabalar ma’lumotlami statistik qayta ishlash, to'plamning umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarini hisoblay olish, hodisalar dinamikasini o'lchash, u yoki bu hodisaning rivojlanishi va variatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillami aniqlash va ta’sir kuchini baholay olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 0 ‘quv-uslubiy qo'llanmaning maqsadi talabalarda ijtimoiyiqtisodiy hodisalami statistik kuzatish, kuzatish ma’lumotiarini to‘plash, guruhlash, qayta ishlash, miqdoriy jihatdan baholash, tahlil etish asosida statistikaning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash, iste’molchiga grafik va jadvallar orqali yetkazib bera olish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.
«Statistika» atamasi lotincha «Status» so‘zidan olingan bo'lib, hodisalaming holati, ahvoli degan ma’noni bildiradi. «Status» so‘zining negizidan «Status» — davlat, «Statusta» — davlatni biluvchi, «Statustica» - davlat to‘g‘risidagi muayyan bilimlar va ma’lumotlar yig'indisi kabi tushunchalar kelib chiqqan. Statistikaning o‘rganish obyekti insoniyat hayotida ro‘y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqyea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o‘rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalaming rivojlansh qonuniyatlarini o'rgatuvchi metodlar yig‘indisidir. Iqtisodiyotda maʼmuriybuyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish S.da ham tub burilish yasadi. Hoz davrda Oʻzbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga oʻtkazish hamda mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xorijiy davlatlar koʻrsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati 1994-yil 13 sentabrda "Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtkazishning davlat dasturi"ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan mamlakatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim va statistika tizimini chetlab o’tgani yo’q. Hozirgi paytda Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirildi, ya’ni «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qilindi, Kadrlar tayerlash Milliy dasturi yaratildi, ta’lim standartlari ishlab chiqildi.
Mavzu: Statistik kuzatish
Reja:
1.Kirish.
Dostları ilə paylaş: |