6 – mavzu. Elektr maydon kuchlanganligi va potensiali nazorat uchun savollar



Yüklə 225,68 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü225,68 Kb.
#194571
  1   2   3
6 -амалий иши


6 – MAVZU. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI VA POTENSIALI


Nazorat uchun savollar.

  1. Kulon qonuni qanday zaryadlarning o‘zaro ta’sirini tushuntiradi?

  2. Elektrostatik maydonni tavsiflovchi kuchlanganlik va potensialni ta’riflab bering. Maydon kuchlanganligi va potensialni o‘zaro bog‘lanishini tushuntiring. Nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydon kuchlanganligi va potensiali qanday aniqlanadi?

  3. Elektr maydon superpozitsiya prinsipining mohiyati nimadan iborat?

  4. Elektr maydon kuchlanganligi vektori oqimi uchun Ostrogradskiy-Gauss teoremasini ta’riflang.Cheksiz uzun otkazgichda, tekis plastinkada, ikki tekis parallel plastinkada, sfera sirti bo‘ylab zaryad tekis taqsimlanganda ularning elektr maydon kuchlanganligi va potensiali shu teorema yordamida qanday aniqlanadi?

  5. Elektr maydon kuch chiziqlari deb nimaga aytiladi, ular qanday xossaga ega?

  6. Ekvipotensial sirtlar deb nimaga aytiladi? Kuch chiziqlari ekvipotensial sirtga nisbatan qanday yo‘nalgan?

  7. Bir jinsli elektr maydoni deb nimaga aytiladi? Bir jinsli maydonning manbai nima bo‘lishi mumkin?

  8. Potensial gradiyenti nimani ko‘rsatadi? Agar potensial koordinata funksiyasi shaklida berilgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi qanday aniqlanadi?

  9. Elektr maydonida zaryadni siljitishda bajarilgan ish qanday aniqlanadi? Bajarilgan ish elektr maydon kuchlanganligi orqali qanday ifodalanadi? Potensiallar farqi orqalichi? Bajarilgan ishning miqdori nimaga bog‘liq?

  10. Nima uchun elektrostatik maydon potensial maydon bo‘ladi? Elektrostatik maydonning potensiallik xossasi qanday tushuntiriladi? 11. Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyatsiyasi qanday ifodalanadi va nimaga teng?

ADABIYOTLAR

  1. Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi. T.2. 1978

  2. Detlaf A.A.,Yavorskiy B.M.,Milkovskiy L.B. Fizika kursi.T.2. 1977.

  3. Sivuxin D.B. Umumiy fizika kursi.T.3. 1989.

  4. A.G.Chertov, A.A.Vorobyov. Fizikadan masalalar to`plami. 1988.




Yüklə 225,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin