6-Amaliy mashg‘ulot Akustik usulda dvigatelni diagnostikalash parametrlarini o‘rganish Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 453,68 Kb.
səhifə1/3
tarix17.11.2022
ölçüsü453,68 Kb.
#69603
  1   2   3
6-Amaliy


6-Amaliy mashg‘ulot


Akustik usulda dvigatelni diagnostikalash parametrlarini o‘rganish


Mashg‘ulotning maqsadi. Akustik usulda dvigatellarni diagnostika­lashni va uning usullarini o‘rganish.
Nazariy tushuncha. Mashinalarni vibroakustik diagnostikalash usuli quyi­da­gicha tushuniladi. Mashinalar ishlashi va xarakatlanishi vaqtida detallarni bir-biri bilan ishqalanishi, hamda yeyilishi natijasida turli zarbiy kuchlar yuzaga ke­la­di, bu o‘z navbatida mexanizmlarda elas­tik tebranishlarni xosil etadi. Bunday teb­ra­nish tuzilish shovqini deyiladi va atrofga tar­qalayotgan xavoyi shovqindan bu­tunlay farq etadi. Detallarning yeyilishi, yoki ular­da qandaydir nuqsonlarni yuzaga kelishi na­tijasida kinematik tizimdagi detallarning aloqa etish darajasi bu­ziladi va bu shovqin tebranish daraja ko‘rsatkich­la­ri­ni o‘zgarishga olib keladi.
6.1- rasm. Dvigatelni diagnostikalash joylari
Ishlab turgan mexanizm o‘zidan tebranish impulsini tarqatish xususiyatiga ega. Detallar oralig‘idagi tirqish masofasi o‘zgarishi va bu detallarni bir-biri bilan zar­balanishining ortishi, undan tarqalayotgan akustik signallarning energiyasini yanada ko‘paytiradi. Bunday vibro-akustik darakning amplitudasi kinematik juft­likning xolati to‘g‘risida yetarli ma'lumot berishi mumkin. Bunday darak­lar­ni qabul etish maqsadida mexanizm va agregatlarning korpuslariga o‘rnatilgan maxsus datchiklar qo‘llaniladi va ular tizimdagi xamma elementlardan chi­qa­yot­gan yakuniy tebranishlarni qabul qiladi. Xar bir kinematik juftlikni, yoki ele­ment xaqida to‘laroq ma'lumotga ega bo‘lish uchun yesa, ularning xar biridan chi­qayotgan darakni baholash lozim bo‘ladi. Daraklarning turkumlashning bir necha usullari mavjud: amplitudali, vaqtli va chastotali. Amplitudali turkum­lash­da bizni qiziqtirayotgan kinematik juftlikdan, yoki elementdan tarqalayotgan da­rak­larning foydali qismi ajrata olinishi shart. Qanchalik tarqalayotgan foydali da­rak­ning nisbati, boshqa shovqinga nisbatan katta bo‘lsa, shunchalik o‘lchash aniq­ligi yuqori bo‘ladi. Shu maqsadda datchikni shunday joyga maxkam­lana­di­ki, u yerdan tarqalayotgan foydali darakning amplitudasi yuqori bo‘ladi.
Daraklarni vaqtinchalik turkumlanishda tarqalayotgan darakning paydo bo‘­lish vaqti bir-biridan ma'lum vaqtga farq etadi. Masalan, shatunning ostki va ustki kallaklaridan tarqalayotgan daraklar, keskin ma'lum vaqt oralig‘ida al­ma­shib turadi, bu mexanizmning kinematikasiga va tirsakli valning aylanishlar chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Daraklarning chastotali turkumlanishida xar bir tar­qa­layotgan darakning chastotasi, yoki vaqti xaqida ma'lumotga ega bo‘linishi lo­zim. Turli elementlarning bir-biriga urilishi natijasida xosil bo‘layotgan im­puls­lar­ning chastotasi, odatda, bir-biridan farq qiladi. Masalan, SMD-14 dviga­telining porshennig tirqishda xarakatlanishi natijasida xosil bo‘layotgan teb­ra­nish energiyasi 500-4000 Gs, porshen xalqalarining porshen ariqchalariga urilish energiyasi esa 10 000 – 14 000 Gs oralig‘ida bo‘ladi.
M urakkab tebranishlarni tashkil etuvchi­lar­ga taqsimlash spektrial taxsimlash, yoki spektrial taxlil deb yuritiladi. Uning ma'nosi shundan iboratki, hamma tizim elementlarida xosil bo‘layotgan umumiy tebranish jarayonidan, navbat­ma-navbat xar bir aniqlanadigan bo‘lak­dagi tebranishlar spektri aniqlanadi.



Yüklə 453,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin