6-laboratoriya ishi. Mavzu: matematik, solishtirish va ko’chirish instruksiyalari asosida kontrollerlarni dasturlash. Ishdan



Yüklə 180,6 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü180,6 Kb.
#150263
6.3-laboratoriya ishi


6-LABORATORIYA ISHI.
MAVZU: MATEMATIK, SOLISHTIRISH VA KO’CHIRISH INSTRUKSIYALARI ASOSIDA KONTROLLERLARNI DASTURLASH.
Ishdan maqsad: Texnologik jarayonlarni boshqarishda matematik, solishtirish va ko’chirish instruksiyalaridan foydalanishni o’rganish.
Simatic S7 seriyali kontrollerlarni dasturlashda odatda bir necha matematik instruksiyalardan foydalaniladi. Matematik instruksiyalarga qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish, inkrementlik, dekrementlik va umumiy hisoblash amallari instruksiyalari kiradi. Har bir instruksiya kirish shartlari asosida chiqish signallarini hisoblab beradigan bloklar sifatida tavsiflanadi.
Quyidagi jadvalda TIA Portal dasturida ishlatiladigan asosiy matematik instruksiyalar keltirilgan:

T/r

Matematik instruksiya

Tavsifi

Grafik ifodalanishi

1

ADD

IN1 kirish qiymati va IN2 kirish qiymatining yig’indisi aniqlanib,
yig’indining qiymati OUT chiqishda (OUT:= IN1 + IN2) ifodalab beriladi




2

SUB

IN1 kirish qiymatidan IN2 kirish qiymati ayriladi, ayirmaning qiymati OUT chiqishda (OUT:= IN1 - IN2)
ifodalab beriladi





3

MUL

IN1 kirish qiymati va IN2 kirish qiymatining ko’paytmasi aniqlanib, uning qiymati OUT chiqishda (OUT:= IN1*IN2) ifodalab beriladi






4

DIV

IN1 kirish qiymati IN2 kirish qiymatiga bo’linadi, bo’linmaning qiymati OUT chiqishda (OUT:= IN1/IN2)
ifodalab beriladi





5

MOD

IN1 kirishning qiymatini IN2 kirish
qiymatiga bo’lgandagi qoldiq qiymat OUT chiqishda namoyon bo’ladi




6

NEG

OUT chiqish qiymatining ishorasi IN kirish qiymatining ishorasiga qarama- qarshi (OUT:=-IN) bo’lib shakllanadi.





7

MIN

Bu instruksiyaga ko’ra IN1 va IN2 kirish qiymatlari solishtiriladi va ularning eng kichigi OUT chiqish qiymatida akslantiriladi.
Xuddi shu tarzda katta qiymatni aniqlash uchun MAX instruksiyasi ishlatiladi.




8

SCALE_X

Agar EN rost qiymatni qabul qilsa, SCALE_X instruksiyasi ishlaydi.
TAG_IN_VALUE
yozuvidagi qiymat TAG_MIN va TAG_MAX
kirishlaridagi qiymatlar bilan belgilangan qiymatlar oralig'iga qadar kattalashtiriladi.
Natija TAG_RESULT chiqishda saqlanadi.




9

CALCULATE

Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan formula asosida chiqish qiymatini hisoblab beradi.





Laboratoriya ishini bajarish tartibi:



  1. Mavzuga biriktirilgan havoladagi instruksiyani kuzating.

  2. TIA Portal dasturiga kirib, namunaviy masalani bajaring.

  3. Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.








Yüklə 180,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin