I. Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari hamda
kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash.
Ish rahbari quyidagi hollarda tayinlanishi kerak:
- mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab ishlanganda;
- 1000 V kuchlanishdan yuqori
uskunalarda qurilmalardan
kuchlanishni olib ishlashda (ushbu Qoidaning muvofiq hamma elektr
qurilmalardan
kuchlanish olingan hollar, oddiy va aniq sxemali elektr
qurilmalar, elektr motorlar va ular ulangan
yopiq taqsimlovchi uskuna
qurilmalari bundan mustasno);
- transport harakati serqatnov, hamda
kommunikatsiyalar zonasida
joylashgan kabel elektr uzatish va aloqa kabellarida ishlanganda;
Naryad beruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari boshqa
ishlar uchun ham ish rahbari tayinlashga ruxsat beriladi.