6-mavzu: dnk- replikatsiyasi Reja: Prokariot organizmlar replikatsiyasi Eukariotlardagi replikatsiya



Yüklə 56,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü56,39 Kb.
#208303
  1   2   3   4   5
\'ruza



6-mavzu: 
DNK- replikatsiyasi 
Reja: 
1.
 
Prokariot organizmlar replikatsiyasi 
2.
 
Eukariotlardagi replikatsiya 
3.
 
Telomeralar 
Tayanch so’zlar:
replikatsiya, inisiatsiyasi, elongatsiya, terminatsiya, praymer, praymaza, 
Okazaki fragmentlari, qoqloq zanjir 
 
 
Hujayrali organizmlarning genetik rejasi DNK molekulasida nukleotid qatori sifatida 
yozilgan bo„lib, uning nasldan-naslga bexato o„tishini mazkur molekula o„z-o„zidan ko„payishini 
ta‟minlaydi. DNK-qolipida (matritsasida) ushbu molekulaning ikki martadan ko„payish 
jarayonini replikatsiya deb ataladi. DNK molekulasidagi irsiy belgilar hujayradan hujayraga va 
keyingi avlodlarga berilishida uning o„zi xatosiz ko„payishi lozim. Jumladan, ichak 
tayoqchasining to„liq genomini xatosiz ta‟minlanishi uchun 4·10
6
nukleotid qatoridan iborat 
bo„lgan genom duplitsirlanishi lozim. Odamning somatik hujayrasidagi genom o„z-o„zidan 
nusxa olishida 6 mlrd. nukleotid qatori qatnashadi. 
Biologik makromolekulalarning matritsali sinteziga DNK replikatsiyasi misol bo„ladi. 
DNK replikatsiyasi azot asoslarining (purin, pirimidin) komplementar tizimi asosida sodir 
bo„ladi. 
Replikatsiya 
reaksiyasining 
ketishi 
uchun 
bir 
zanjirli 
DNK-matritsa, 
dezoksinukleozidtrifosfatlar, fermentlar, magniy ionlari, oqsil omillari bo„lishi zarur. DNK 
biosintezining quyidagi ko„rinishida ko„rsatish mumkin. 
 
DNK replikatsiyasi yarim konservativ xarakterga ega, ya‟ni yangidan hosil bo„lgan DNK 
molekulasidagi polipeptid zanjirining faqat bittasi sintezlanadi, ikkinchisi esa tayyor holda 
dastlabki, ona DNKdan o„tadi. Yangi sintezlanayotgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketma-
ket joylanishi – qolip sifatida bajarayotgan DNK tomonidan belgilanadi. 
DNK replikatsiyasida polimerizatsiya dezoksiribozaning 3'- tomonidan o„sib boradi. 
Dezoksitrifosfat DNK-matritsasining oxirgi monofosfatli dezoksinukleotidga bog„lanishida 
DNK-polimeraza amalga oshirib, pirofosfat ajraladi. Muhitdagi ferment pirofosfataza 
pirofosfatni monofosfatlargacha ajratib yuborganligi uchun mazkur reaksiya qaytar bo„lmaydi. 
DNK replikatsiyasining oxirida bir zanjirli molekuladan ikki-bizanjirli molekula davriy ravishda 
sintezlanadi. Reaksiyaning xarakterli tomoni shundan iboratki, sintezlanayotgan molekula ona 
DNK zanjirining aynan o„zidir. 
DNKning replikatsiyasida ko„p miqdorda oqsil-fermentlar ishtirok etganliklari uchun 
mazkur tizim murakkab, samarali replikativ harakatdagi jarayon hisoblanadi. DNKning 
replikatsiyasi 5'→3' tomoniga matritsa asosida DNK polimeraza fermenti ishtirokida sodir 
bo„ladi. DNKning sintezlovchi ferment har soniyada 50 ta nukleotid eukariotlarda, 
bakteriyalarda esa 500 dezoksinukleotidlarni polimerlash xususiyatiga ega. 


Hujayralarning bo„linishida DNK-matritsadan nusxa olish o„ta aniqlikni talab qiladi. 
Mazkur jarayonni korreksiya qilish DNK-polimeraza nukleotidlarni komplementarlik tizimi 
asosida amalga oshiradi. Mobodo, polimerizatsiya jarayonida xatolik yuz bergan bo„lsa 
replikatsiya to„xtatiladi. DNK zanjiriga komplementarlikka mos kelmagan nukleotid ulangan 
bo„lsa ferment orqali darhol polimerdan ajratiladi. DNK replikatsiyasidagi xatolik yo„q darajada 
bo„lib, masalan, ichak tayoqchasidagi DNKning o„z-o„zidan ko„payish davomidagi xatolik 10
-9
– 
10
-10
darajasiga teng. DNK – molekulasining replikatsiyasi uchun ferment DNK-polimeraza va 
albatta zatravka (tomizg„i) yoki praymer (inglizcha zatravka) zarur ekanligi isbotlangan. 

Yüklə 56,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin