6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish



Yüklə 87,45 Kb.
səhifə1/10
tarix29.04.2022
ölçüsü87,45 Kb.
#56698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 sinf tarix darslarida loyiha met


Aim.uz

6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish

Reja:


1. “ 6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish” mavzusidagi laboratoriya ishining qisqacha tavsifi

2. Laboratoriya ishini bajarish jarayoni

3. Laboratoriya ishining yakunlari

Loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. Loyihalash asosida o`qitish ta’lim-tarbiyaning ma`lum bir vazifalarini hal qiladi: loyiha asosida o`qitiladigan har bir ishtirokchida shaxsiy ishonchni o`sishiga yordam berish, uni o`z-o`zini ro`yobga chiqarishi va refleksiyasiga yordam berish: Ko`rsatilganlar “yutuq vaziyati”ni darsda (yoki darsdan tashqari) so`zda emas amalda his qilish orqali, o`quvchi o`zini kerakligi, omadli ekanligini va turli muammoli vaziyatlarni bartaraf qila olish qobilyatiga ega ekanligini bilishiga olib keladi.

Loyiha ilmiy metodik jihatdan anglangan, umumlashtirilgan, turkumlangan va uni samarali qo`llash doiralari belgilangan bo`lishi kerak. Pedagogikada innovatsiyalarning kuchli rivojlanishi loyihalash metodini keng qo`llash imkoniyatini beradi va o`quv loyihalarini turkumlash, ularni metodik bajarish, ta`lim tizimiga o`quv loyihalarining kiritilishi bilan yangi kurslarni shakllanishi bilan zarur bo`ladi.

Laboratoriya ishining ta’limiy maqsadi: Bo’lajak tarix o’qituvchisida “6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish” mavzusini o’qitishda darsni loyiha metodi asosida o’qitishning o’quv va ko’nikmasini shakllantirish, dars o’tishda foydalaniladigan vositalarni bilish va aniqlashtirish. Darsni loyiha metodi asosida o’tish uquvini shakllantirish.

6-sinf o’quvchisida qadimgi sivilizatsiya o’choqlarini paydo bo’lishi, ibtidoiy odamning rivojlanish bosqichlari, amalga oshirilgan kashfiyotlar, qadimgi davlatlarni shakllanishi, rivojlanishi va tanazzuli sabablarini, qadimgi xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, diniy e’tiqodi haqida tasavvur hosil qilish, xususan, O’rta Osiyo xalqlari, Qadimgi Eron, Qadimgi Mesopatamiya, Qadimgi Misr, Qadimgi Xitoy, Yunoniston, Rim davlatlarining ijtimoiy-siyiosiy, iqtisodiy taraqqiyoti haqida tushuncha hosil qilish asosida o’quvchilar dunyoqarashini o’stirish.



Tarbiyaviy maqsad: Tarixiy, madaniy-estetik tarbiya berish asosida o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy merosni asrash ruhida tabiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Bo’lajak tarix o’qituvchisida 6-sinf tarix darslarini o’qitishda loyiha metodidan foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish;

- Bo’lajak o’qituvchida ushbu mavzu yuzasidan foydalanadigan manba, adabiyot va boshqa vositalar haqida yangi tasavvur hosil qilish;

- Darsni tashkil etish metodikasi bo’yicha zaruriy bilimlarni kengaytirish;

- Talabalarning tarixiy manbalar bilan ishlash malakasini o’stirish

- Tarix fani sohalarini solishtirish malakasiga ega bo’lish

Talabalarga laboratoriya ishini bajarish uchun tavsiya etiladigan 6-sinf tarix darslarini loyiha asosida o’tiladigan dars mavzulari:

1. Eng qadimgi odamlar mashg’ulotlari, urf- odat,an’analari

2. Qadimgi Misr madaniyati

3. Qadimgi dunyo harbiy san’ati

4. Qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy qatlamlari

5. Ozodlik qahramonlari

6. Qadimgi xalqlar diniy e’tiqodi

7. Qadimgi Rimda qulchilik tizimi

8. Qadimgi Xitoy madaniyati

9.Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari

10. Qadimgi xalqlar mifologiyasi

Talabalarga laboratoriya ishini bajarish uchun tavsiya etiladigan loyiha taqdimoti shakllari:

- loyiha ishi bo’yicha yozma hisobot

- loyiha yuzasidan ma’ruzaning ko’rgazmali prezintatsiyasi

- rasmlar, bukletlar ko’rgazmasi

- intervyu namoyishi

- sahna ko’rinishi

- kinofilm namoyishi

- referat himoyasi

- maket tayyorlash

- slayd tayyorlash

- publistik maqola yozish

- ilmiy maqola yozish

- hikoya yozish

- jadval, sxema tayyorlash

Bo’lajak tarix o’qituvchisi 6-sinf tarix darslarini o’qitishda loyiha metodi asosida o’qitishni tashkil qilishi ta’lim tizimini mazmun mohiyatini yoritib berishda katta ahamiyat kasb etadi.Chunki bu davr boy arxeologik topilmalar, yozma manbalar, hozirga qadar saqlanib kelayotgan me’moriy yodgorliklari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O’rta maktab ta’lim standartlaridan kelib chiqqan holda mavzularning ma’lum bir qismini loyiha metodi asosida tashkil qilish o’quvchilarda tarix faniga qiziqishlarini yanada oshiradi. Laboratoriya mashg’ulotida namuna sifatida 6-sinf Tarixi darsligidan “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusini loyiha metodi asosida o’rganish uchun metodik tavsiya beriladi. Maktab o’quvchilari ushbu mavzular yuzasidan loyihani bajarishda maktabning boshqa fan o’qituvchilari, shuningdek, mahalliy olimlar, arxitektorlar, madaniyat xodimlaridan ham metodik yordam olishlari mumkin


Yüklə 87,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin