7-AMALIY ISHI
Mavzu: Psixologik bilimlarning bugungi kun uchun ahamiyati
1-Topshiriq. “Bumеrang” metodidan foydalanib, psixologik bilimlarning bugungi kun uchun ahamiyatini tushuntirib bering.
1-guruh.
Savol:Psixologik bilimsiz pedagogni jamiyatda o`rni qanday?
Javob: Psixologik bilimsiz shaxsni pedagog sifatida qabul qilish imkonsiz.Sababi pedagogning faoliyati bevosita psixologik jarayon sanaladi. O`quvchilarni ta`lim olishga undash, darsga qiziqishini oshirish, bilimlarini mustahkamlash, ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish, o’quvchilar va ota-onalar bilan muloqotni to’g’ri tashkil qilish pedagogic bilim bilan uzviy bog’liq sanaladi.
2-guruh
Savol:Bugungi kunda pedagogning jamiyatdagi o’rni qanday?
Javob: Bugungi kunda pedagog xodimlarning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyat albatta beqiyos. Buni davlatimiz prezidentining so’nggi yillarda qabul qilgan qaror, farmon va farmoyishlarida ham ko’rishimiz mumkin.
2-Topshiriq. “Case study” metodi orqali psixologik bilimlarning muammolari, ularning yechimi va kelajakda foyda beradigan natijalarini ko’rsatadigan fikrlaringizni bayon qiling?
Muammolar
(asosiy va kichik muammolar)
|
Yеchim
|
Natija
|
Psixologik bilimlari yetarli bo’lmagan pedagoglar bilan o’quvchilar o’rtasidagi muammo
|
Pedagog xodimlarga malaka oshirish kurslari mobaynida psixologoya va pedagogika fanlaridan bilimlarini mustahkamlashi uchun ma’ruza vaseminar mashg’ulotlarini olib borish.
|
Natijada pedagoglar o’zlarini o’quvchi o’rnida sinab ko’rishi vao’quvchining vaziyatini tushunishga intilishi. Shu builan birga psixologik bilimlarini oshirishi mumkin.
|
Nazorat savollari:
Psixologik bilimlar bu…?
Hozirgi kun psixologik bilimlar muommolari?
Psixologik bilimlarning bugungi kun uchun ahamiyati haqida gapirib bering?
Nazorat savollariga javoblar:
1. Psixologik bilimlar bu-Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta‘minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
2. Hozirgi kunda psixologik bilimlar bilan bog’liq ko’plab muammolarga duch kelishimiz mumkin. Buniing asl sababi esa rivojlangan axborot-texnologiyalar asrida yashayotganligimiz bilan chambarchas bog’liq. Ya’ni raqami texnologiyalar hayotimizning har bir sohasi kabi ish faoliyatimizga ham kirib ukgurgan. Shu sababdan ish bilan bog’liq suhbatlar, muzokaralar, kelishuvlar yoki bevosita ish jarayonining o’zi virtual aloqa ko’rinishida olib borilar ekan psixologik bilimga ega bo’lmagan, kishilar xarakterini to’g’ri ilg’ayolish qobilyati yaxshi shakllanmagan kishilarnig ish faoliyatida ko’plab muammolarga duch kelishini kuzatishimiz mumkin.
3.Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi.
Chunki hamma sohada inson faoliyat ko‘ rsatar ekan, har bir sohada
ishni samarali tashkil etish> olib borish uchun kishilar psixologiyasini,
shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlaming turli vaziyat-
lardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko‘ra ish olib borish
muhimdir. Shuning uchun hozirgi davr mutaxassislari psixologik
bilimlardan boxabar bo‘lishlari talab etiladi.
Keyingi yillarda psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan
sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda uning fanlar tizimida yanada
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.
2.
Dostları ilə paylaş: |