Mustaqil ish fan: falsafa mavzu: jamiyat va shaxs



Yüklə 89,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü89,02 Kb.
#205800
  1   2   3   4   5
shaxs va jamiyat



 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
IPAK YO‘LI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI 
 
MUSTAQIL ISH 
FAN: FALSAFA 
 
MAVZU: JAMIYAT VA SHAXS 
 
GURUH: 23-03 
BAJARDI: ZAYNIDDINOVA SARVINOZ 
QABUL QILDI: AMANOV ODILJON KARIMOVICH 
 
 
 
 
 
 
 
 
OLMALIQ-2023 


JAMIYAT VA SHAXS 
REJA 
Kirish 
1.
 
Jamiyat va shaxsning o‘zaro bir-biriga ta’siri 
2.
 
Shaxs erkinligi tushunchasi 
3.
 
Faylasuflarning inson to‘g‘risidagi fikrlari 
 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar 


Kirish 
Falsafiy ta’limotlarda shaxs va jamiyat munosabatlari muammosiga 
qadimgi dunyo olimlaridan boshlab, hozirgi davr tadqiqotchilari tomonidan 
turlicha yondashuv va talqinlar ishlab chiqilib, salmoqli asarlar yaratilgan. 
Masalan, Aflotun “Qonunlar” - asarida davlat, jamiyat va shaxs 
munosabatlari masalasiga e’tibor qaratib, adolatli jamiyatning barqaror 
yashashida erkinlik qadriyatlarining ahamiyatini yuksak pog‘onaga 
ko‘taradi. Aristotel o‘zining “Siyosat”, “Etika”, “Ritorika” kabi asarlarida 
jamiyat va shaxs munosabatini yanada takomillashtirish g‘oyalarini ilgari 
surdi. Shaxs adolatli ishlarga qo‘l urar ekan, adolatli, jasorat namunasini 
ko‘rsatar ekan, jasoratli fazilatlarning sohibiligini isbotlaydi. Shuningdek, 
Markaziy Osiyoda etishib chiqqan Abu Nasr Forobiy, “Fozil odamlar 
shahri” asarida shaxs va jamiyat munosabatlari xususida insonlar o‘zaro 
ko‘maklashishga intilishi tufayli jamiyat hayotida adolatni ta’minlashga 
yordam beradi deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy ham shaxs va jamiyat 
munosabatlari masalasiga oid qarashlari asosida jamiyatning vujudga 
kelishida insonlarning o‘zaro yordamga muhtojligi va odamlarning o‘zaro 
ixtiyoriy kelishuvini asosiy omil deb biladi. Abu Ali ibn Sino “Tib 
qonunlari” asarida jamiyat insonlarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul 
qilinuvchi adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini 
ta’kidlaydi. Amir Temur “Temur tuzuklari”da jamiyat va shaxs 
munosabatlari 
masalasiga 
adolat 
nuqtai 
nazaridan 
yondashadi. 
“…Hammaga ham bir xil jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani 
boshqasidan farq qilmadim”, - deb yozadi. Bobur o‘zining “Boburnoma” 
asarida shaxs va jamiyat munosabatlari masalasida insonning irqi, dinidan, 
millatidan qat’iy nazar uning barcha huquqlarini himoya qilishga e’tiborini 
qaratadi. SHuningdek boshqa mutafakkir allomalar asarlarida shaxs va 
jamiyat munosabatlari keng va atroflicha tahlil qilingan. 

Yüklə 89,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin