7-Laboratoriya ishi: Plantaglytusid granulasini tayyorlash texnologiyasi.
Donadorlash lotincha "granula", "donacha" so‘zidan olingan bo‘lib, tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun massaning hampadan bir me’yorida qolipga tushib turishini ta’minlash va sifatli tabletka olish uchun qo‘llaniladi.
Donadorlash (granulyasiya) quydagi usullarda olib boriladi:
1. Strukturalab donadorlash
2. G‘alvirdan o‘tkazib donadorlash
3. Maydalab donadorlash
4. Briketlab, so‘ngra maydalash usuli
5. Suyultirib, so‘ngra donadorlash
Plantaglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi)
Plantaglucidi - 1,0 q
Sacchari - 1,0 q
Spiritus aethylici 70% - q.s.
5.Furazolidon granulasi (Granulae Furazolidoni pro infantibus)
Bu ham qand asosida tayyorlanadi. Sirig‘ yoki ko‘kimtir-sarg‘ish rangli granula, o‘ziga xos hidga ega. Belgisi bor flakonlarda 50,0 g dan chiqariladi, ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan suv bilan belgisigacha etkaziladi (100 ml gacha). Bir shgacha bo‘lgan bolalarga 4 ml dan, 1-2 yoshlilarga 4-5 ml dan, 3-4 yoshlikka 6-7 ml, 5-6 yoshlikka 7,5-8,5 ml dan beriladi. Ishlatishdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim.
6.Bolalarga mo‘ljallangan etazol natriy granulasi (Granulae Aethazoli Natrii pro infantibus)
Granulalarni hususiy texnologiyasi
Plantoglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi). Zo‘ldirli tegirmonda alohida-alohida maydalangan va teshigini diametri 150 mkm li elakdan o‘tkazilgan qand va plantaglyusid kukunlari ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda yaxshilab aralashtiriladi va mo‘tadil nam massa hosil bo‘lguncha 70% cpirt solinadi. Nam massa teshigining diametri 3000 mkm li granulyator orqali o‘tkazib, pergament qog‘oz yozilgan patnislarga yupqa (2-3 m)m qilib, yoyiladi va 40-600S haroratda quritiladi. Quruq massa qaytadan 3000 mkm li elak orqali o‘tkaziladi, so‘ngra 200 mkm li elak orqali elab, mayda fraksiyalardan tozalanadi.
Tayyor mahsulot namunasi analitik laboratoriyaga yuboriladi. Ijobiy javob olingandan so‘ng burama qopqoqli qo‘ng‘ir rangli idishlarga 50,0 g dan qadoqlanadi.
Saqlanishi yaxshi berkitilgan idishlarda qo‘ruq joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Yаllig‘lanish va mushaklarning tarangligi susaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 0,5-1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 martadan ovqatdan 20-30 daqiqa oldin chorak stakan suvda eritib, beriladi.
Tayyor mahsulot sifatini baholash.
Chinligi. Mahsulot tarkibidagi polisaxaridlar kislota ishtirokida gidroliz qilinib, xromatografiya usulida aniqlanadi. Mahsulot eritmasiga ammoniy oksolat ta’sir ettirilganida, oq cho‘kma hosil bo‘ladi (kalsiy).
Granulalar sifatini tekshirish. Tayyor mahsulot tashqi ko‘rinishi, suvda parchalanishi va ta’sir etuvchi moddalarning me’yori bo‘yicha tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |