O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
vazirligi
Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti
«Muhandislik Qurilish Infrastrukturasi» fakulteti
Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi
Qurilish industriyasi mexanik mashina va
uskunalari
fanidan
REFERAT
Mavzu:
Oddiy harakatlanuvchi jag’li maydalagich.
Bajardi:47-12 Haydarov N
Qabul qildi:dotsent Sattarov Z
Toshkent 2015
Maydalash to`g`risida umumiy ma`lumotlar va
maydalash
vositalari
Foydali qazilma massasi (asosan, ruda) tarkibini tashkil qiluvchi
bo`laklar turli o`lchamlarga ega bo`lgan holda boyitish
fabrikasiga
kelib tushadi. Shu sababli rudani boyitish uchun, dastlab uni
maydalab, lozim bo`lgan taqdirda yanchib, boyitish texnologiyasi
talablariga mos keluvchi holatga keltiriladi. Fizik mohiyati
bo`yicha maydalash va yanchish jarayonlari bir xil bo`lsa-da,
olinadigan mahsulotlar tarkibini tashkil qiluvchi bo`lak va
zarrachalarning o`lchamlari bo`yicha ular bir-biridan shartli
ravishda farqlanadi. Maydalash jarayonida olinadigan ruda
massasi tarkibidagi bo`laklar o`lchamlari 5 mm dan katta, yan-
chishda esa, 5 mm dan kichik bo`ladi. Foydali qazilmani
maydalash
va yanchish ezish, yorish, sindirish, kesish, ishqalash,
zarba berish kabi usullarda amalgam oshiriladi. Maydalash va
yanchish usuli maydalanadigan materialning qattiqligi hamda
bo`laklarning kattaligi bo`yicha tanlab olinadi.
Foydali mineral zarracha yuzasi qanchalik to`liq ochilsa, boyitish
samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Biroq to`la yanchilishga
yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bunda foydali komрonent juda
mayin shlamlar ko`rinishiga ega bo`lib, konsentratga emas,
chiqindi tarkibiga o`tib yo`qotilishi mumkin. Maydalash va
yanchish juda qimmat jarayonlar hisoblanadi. Ularga
sarflanadigan xarajatlar, umuman, rudani boyitishga
.
Boyitish fabrikalarida turli foydali qazilmalarni maydalashda,
asosan, ezuvchi, yoruvchi va zarba beruvchi mexanik maydalash
vositalaridan foydalaniladi. Maydalash vositalari (maydalagichlar)
4 ta guruhga bo`linadi:
– jag`simon maydalagich – materialni
maydalash davriy ,ravishda
ikkita qo`zg`aluvchi va qo`zg`almas tekis yoki botiq yuzaga ega
bo`lgan jag`lar orasida sodir bo`ladi;
– konussimon maydalagich – material uzluksiz ravishda ikkita
(biri ichida ikkinchisi aylanadigan) konus yordamida
maydalanadi.
– barabanli maydalagich – ikkita bir-biriga qarama-qarshi
aylanadigan silliq yoki tishli barabanlardan tashkil toрgan bo`lib,
materialni ezish asosida maydalaydi.
– zarbali maydalagichlar – materialni maydalash tez
harakatlanuvchi jismlarning kinetik energiyasi ta`sirida amalga
oshiriladi. Bu maydalagichlar uch xil rusumli: bolg`ali, rotorli va
sterjenli (dezintegratorli) bo`lishi mumkin. Jag`simon
maydalagichlar ruda va qurilish materiallarini yirik, o`rtacha
maydalashda qo`llanadi. Bunda materialning may-¬%" dalanishi
qo`zg`almas va qo`zg`aluvchi jag`lar orasidagi bo`shliqda ezilish,
рarchalanish va sinish natijasida sodir bo`ladi. Konussimon
maydalagichlarda material ikkita ekssentrik
joylashgan kesik
konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda maydalanadi.
Yumshoq, qattiqligi tirnash (ko`mir, ohaktosh, giрs, bor va
h. k.) materiallarni maydalashda zarba tamoyilida ishlaydigan
maydalagichlardan foydalaniladi. Barabanli maydalagichlar ham
yumshoq, o`rtacha qattiqlikdagi tirkash (obraziv) xususiyatiga
ega bo`lmagan materiallarni maydalashda qo`llaniladi.