9-mavzu. Mashina detallari va ularga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 58,26 Kb.
səhifə1/7
tarix09.07.2023
ölçüsü58,26 Kb.
#136182
  1   2   3   4   5   6   7
9-мавзу машина деталларига талаблар


9-mavzu. Mashina detallari va ularga qoʻyiladigan talablar.

Mashina qism va detallariga qoʻyiladigan asosiy talablar. Mashina detallarining ishlash qobiliyatini belgilovchi mezonlar. Birikmalar. Mexanik uzatmalar. Val va oʻqlar.




Ishlash qobiliyati - mashina, mexanizm va qismlarning asosiy belgilovchi parametrlarining holati texnik hujjatlarda koʻrsatilganga mos boʻlishi zarur. Masalan, mashina dvigateli zarur boʻlgan quvvatni bermasa yoki reduktor ish jarayonida qizib ketsa, bu hollarda mashina ishlash qobiliyatini yoʻqotgan deb, hisoblanadi.
Uzoq muddat ishlash qobiliyati belgilangan vaqt ichida mashina va mexanizmlar ishlash qobiliyatini yoʻqotmasligi, texnik imkoniyati (resursi) yetarli darajada boʻlishi. Shu vaqt ichida qismlarga texnik xizmat koʻrsatish yoki joriy taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Ishonchlilik - texnik vositalarining buzilmasdan ishlash qobiliyati. Buzilish (otkaz) - ishlash qobiliyatini yoʻqotish. Mashina maʼlum vaqt davomida oʻz mustahkamligini toʻla saqlashi kerak.
Xavfsizlik - mashinadan foydalanish inson uchun xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi kerak.
Uzilish (sboy) - buzilishni yengil koʻrinishi. Maʼsuliyat yuqori boʻlgan hollarda mashinaning ishlash qobiliyatini yaxshilash maksadida uni ehtiyot qilib ishlatiladi. Bu usul, asosan, elektrik, gidravlik tizimlarga tegishli boʻlib, ayrim hollarda mexanik tizimlarni zahiralash ham qoʻllaniladi.
Taʼmirlashga yaroqlilik - texnik vositalar yordamida buzilishlarni aniqlash va tuzatish, yaʼni mashinaning tuzilishi uni qismlarga ajratish va yigʻishga uchun oddiy boʻlishi kerak.
Texnologik qulaylik - mashina qismlarining ishlab chiqarish va foydalanishga qoʻyilgan talablarga mosligi. Tayyorlanishi texnologik nuqtayi nazardan qulay va tejamli, yaʼni mustahkamligini saqlagan xolda oʻlchamlari kichik, imkoni boricha yengil boʻlishi va arzon boʻlishi lozim.
Texnologik qulaylikda – detal yoki buyumning shakli va materiali uni tayyorlash uchun ishchining mehnatini, kuchini, vaqtini va resurslarni eng kam sarflanishini taʼminlashi lozim.


Tejamlilik ishlab chiqarish, foydalanish, ishlatish va materialning tannarxi bilan belgilanadi. Sharoit qanday boʻlishidan qatʼiy nazar bu tannarx minimal qiymatga ega boʻlishi kerak, yaʼni, agar ikkita bir xil tavsifga ega boʻlgan mashinaning ishlash qobiliyati, ishonchliligi, taʼmirlashga yaroqliligi teng boʻlsa, bularning ichidan, arzon materialdan tayyorlangani, ishlab chiqarilishi va foydalanishi oddiy boʻlgan mashina yaxshi deb hisoblanadi.
Texnik vositalarni yaratuvchi konstruktor mashinani loyihalashda yuqoridagi barcha talablarni xisobga olmogʻi zarur.
Tejamlilik – mashina, buyum yoki detalning konstruksiyasi, shakli va materiali ularni tayyorlash, ishlatish, xizmat koʻrsatish va utillash qiymatining eng arzon boʻlishini taʼminlashi lozim.

Yüklə 58,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin