7-Mavzu: ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha 2. MS Excelda formulalar ustida amallar bajarish 3. MS Excelda diagrammalar hosil qilish Tayanch so‘z va iboralar: Jadval, Elektron , Excel, ishchi varaq, ustun, satr, katakcha, diapazon, formula, murakkab formula,massivli formula, funksiya, diagramma, summa, guruhlash, tartiblash, filtrlash. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli dasturdir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. Uning yordamida turli ro‘yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so‘rash natija-lari va savdo korxonasi holati haqida ma’lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi, uchyotlar yuritiladi. Excel jadval ustunlari va satrlari bo‘yicha yig‘indini hisoblaydi, foizlarni, o‘rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin. Jadval – har bir element boshqa elementlarga nisbatan tutgan o‘rni bilan aniqlanadigan ma’lumotlar majmuasidir. Jadval bir necha ustunlar va qatorlardan iborat bo‘lib, ular kesishgan joy kataklardan iborat. Kataklarga, jadvalning bir katagini boshqa katakga bog‘liqligini aniqlaydigan belgilar , matnlar va formular yoziladi. Elektron jadval – jadval shaklida ifodalangan ma’lumotlarga ishlov berishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar majmuasi. Elektron jadval bilan ishlash quyidagilarga imkon beradi:
xilma xil ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim qilish;
jadval kataklaridagi yozuvlarni o‘zgartirish;
Vertikal va gorizontal yo‘nalish bo‘yicha raqamlar qiymatlarining yig‘indisini avtomatik tarzda hisoblash , kataklardagi yozuvlar o‘zgarganda qayta hisoblash;
Argumentlari katakdagi yozuv bo‘lgan funksiyalar qiymatini aniqlash.
Jadvallarni shakllantirish turlicha bo‘lishi mumkin, ma’lumotlarni formatlash imkoniyatlari eng yaxshi tekst – protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o‘zgartirish, alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma’lumotlari bo‘yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo‘shish mumkin. Excel jadval ma’lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik funksiyalarning o‘zi ikki yuzdan ortiq.
Excel dasturida ob’yekt sifatida quyidagi elementlarni bilishimiz shart: