7-mavzu. Favqulotda vaziyatlarda aholini muhofaza inshootlari



Yüklə 334,61 Kb.
səhifə1/3
tarix08.02.2023
ölçüsü334,61 Kb.
#83442
  1   2   3
mavzu-7


7-mavzu. Favqulotda vaziyatlarda aholini muhofaza inshootlari.

Aholini ommaviy qirg'in qurollari (OQQ)dan himoyalashning asosiy usullariga himoya inshootlaridagi yashirinish joylari, shaxsiy himoya vositalarini qo'llash, aholini ko'chirish va ishchilar, xizmatchilarni shahardan tashqari joylarga tarqoq holda joylashtirish kiradi.


Fuqarolar muhofazasining himoya inshootlari aholini AES hududlarida yuz berishi mumkin bo'lgan avariya-talafotlardan hamda OQQ va boshqa zamonaviy hujum vositalaridan himoya qilishning eng ishonchli vositasidir.
Himoya inshootlari himoyalash xususiyatlariga ko'ra himoya yerto'lalari va radiatsiyaga qarshi yashirinish joylariga ajratiladi. Undan tashqari, odamlarni himoya qilish uchun oddiya pana joylardan ham foydalansa bo'ladi.Himoya inshootlaridagi yashirinish joylari aholini ommaviy qirg'in qurollarining shikastlovchi salbiy omillaridan muhofaza qiluvchi asosiy usullardan biridir.

Fillrlash-ventilatsion Ochioq Germetik


Ulardan himoya yerto'lalari ma'Ium darajali ahamiyatga ega. Yengil turdagi yashirinish joyining sxemasi.Tinchlik davridayoq katta shaharlar va muhim inshootlarda aholini himoyalash xalq xo'jaligi dasturiga ko'ra himoya yerto'lalari qurila boshlanadi.


Himoya yerto'lasi maxsus qurilmalar bo'lib, ular ichiga kirgan odamlarni yadro qurollari. Kimyoviy zaharlovchi moddalar va baktyeriologik vositalarning kishi tanasiga salbiy ta'sir o'tqazuvchi barcha omillardan himoya qiladi. Undan tashqari. qochoqlar yong'in paytida hosil bo'ladigan yuqori haroratli gazlardan va kuchli zaharlovchi kimyoviy moddalardan ham saqlanish imkonini beradi. Himoya yerto`lalarining ahamiyati, urush vaqtida, yetarli darajada yuqori bo'ladi.
Yadroviy portlash natijasida vujudga kelgan zarb to'lqini ta'siridan himoyalash samarasiga ko'ra himoya yerto'lalari quyidagi sinflarga bo'linadi: 1) fuqaro muhofazasi tizimidagi inshootlar; 2) maxsus foydalanish uchun qurilgan inshootlar; 3) uzoq muddatga mo'ljallab qurilgan inshootlar; 4) dala fortifikatsiyali inshootlar;5)harakatdagi qurilmalar.
Himoya yerto'lalari qurilish sharoitlari, qancha odamni sig'dira olishi, qayerda joylashganligiga qarab ham ajratiladi. Qurilish sharoitlariga ko'ra, himoya inshootlari tinchlik davrida oldindan qurilgani va dushman hujumi xavfi kelib chiqqanida tezda quriladigan xillarga bo'linadi. Zudlik bilan yaratiladigan himoya yerto'lalari qurilishida, keng miq'yosda sanoat va boshqa binolarning hamda inshootlarning yig'ma tarkibiy qismlari qo'llaniladi. Undan tashqari ayni maqsadlarda sanoat va soddalashtirilgan ichki jihozlardan ham foydalaniladi.
Himoya yerto'lalari qancha odamni sig'dira olishiga qarab 3 xil ko'rinishda bo'ladi: 1) kichik hajmli (600 ta odamni qabul qiladi); 2) o'rtacha hajmdagi (600- 2000ta odam); 3) katta hajmli (2000 dan ziyod odam).
Himoya yerto'lalari joylashgan yeriga ko'ra boshqa imoratga qo'shimcha holda qurilgan va alohida joylashgan xillarga bo'linadi. Qo'shimcha ravishda qurilganlarga binolar va qurilmalar tagida Joylashgan, boshqa imoratlardan holi, hech narsa yo'q joyda qurilgan shakllarga aytiladi. Metropoliten, yerosti o'tish tunellari, tog'dagi qazilma yerosti boyliklaridan bo'shagan g'orlardan ham himoya inshootlari sifatida foydalanish mumkin.
Himoya yerto'lalari asosiy va yordamchi xonalardan iborat bo'ladi. Asosiy xonalarga yashiringanlar uchun xonalar (otseki), boshqaruv xonasi, tibbiyot xonasi, shifoxonalar himoya yerto'lalariga esa jarrohlik-bog'lov, jarrohlik oldi va styerillash xonalari kiradi. Asosiy xonalardan bo'lmish, yashiringanlar xonasi o'tirish uchun 2-3 yarusli - qavatli o'tirgichlar va yotish maqsadida tokchalar bilan jihozlangan.
Himoya yerto'lalaridagi yordamchi yoki ko'makdosh xonalar bular xojatxona, so`rg'ich-havo almashtirish xonasi, himoyalangan dizel elektrmanbalari, elektr shit xonasi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash xonasi, ballon turadigan xona, tambur-shlyo’z, tambur, artezian qudug'ini kavlash xonasi, tibbiyot yordam berish xonasi bo`ladi.
Himoya yerto'lasining tuzilishi: 1- himoyalovchi zich eshiklar; 2 - shlyo`zlovchi tamburlar; 3 - sanitar-yashash xonalari; 4 - joylashtirish uchun asosiy xonalar; 5 - galyer eya va zahira-to’la eshigi oldi; 6 – shamollatish xonasi; 7 - oziq-ovqat omborxonasi; 8 - tibbiyot xonasi.
Himoya yerto’lalarida odat bo'yicha, ikkitadan kirish-chiqish joyi, kichik hajmli himoya yerto’lalarida kirish eshigi va zahira - talafot eshigi bo'ladi.Kirish eshiklari soni himoya yerto'lalarning odam sig'dirish hajmiga bog'liq.Ikki eshikdan bittasi albatta odamlarni ko'chirish (evakuatsiya) uchun mo'ljallanadi.
Qo'shimcha holda qurilgan himoya yerto'lalarida, kirish eshigi zinapoya maydonchasida yoki bevosita ko'chadan bo'Iishi mumkin. Talafot chiqish eshigi yerosti yo'li galyereyasi singari jihozlanadi va u tom-eshik (lyuk) bilan ochiq yerga chiqadi. Tashqari eshik himoya-zich ichki eshik esa, zich (yer metichnaya) qilinadi. Har ikkala eshik orasida bo'shliq bo'lib, uni tambur nomi bilan ataladi. Katta hajmli yer to'lalarda eshiklardan birida tambur- shlyo`z tashqil etiladi. Tambur-shlyo`z tashqi va ichki tomondan himoya-zich eshiklari bilan ta'minlanadi. Natijada, himoya yerto'lasidan chiqilgan taqdirda, kirish eshigining himoyaviy xususiyatlari bo`zilmaydi.

I№

1ta odam uchun mo'ljallangan ko'rsatkichlar

Himova qilishi uchun

Aholini

Bemorlarni

1

Maydoni. M.

0.4-0.5

0.75 o'tirganlar uchun 1.90 zambilda










yotganlar uchun

2

Xonalar hajmi, m3

1,5

-

3

Havoni so`zg'ich almashtirish tartibi
bo'yicha etkazib ber ish, m V soat

2.0-10.0

10,0

4

Xonalardagi eng
baland harorat Selsiy gvaduslarida

30. 0

23,0

5

Ichimlik suviinng
zahirasi litr/kecha- kundo`z.

3,0

20-har bir bemor uchun xizmat qilib yurgan ishchilar uchun
Himoya yerto'lalaridagi xonalarning balandligi ulardan tinchlik davrida ham foydalanish talablariga javob berishi kerak. Xonalarning balandligi 2,25-2,9 metr bo'lganida ikki qavatli yotoq tokchalari , balandligi 2,9 va undan ortiq metrga teng bo'lsa, 3 qavatli yotoq tokchalari qo'yiladi. Pastki o'tirgich tokchalarida, har bir odam uchun 0,45 x 0,45 m, yotish maqsadida esa 0,55 x 1,8 m joy ajratiladi. Ikki qavatli tokchali himoya yerto'lalarida o'tiriladigan joy soni yer to'l hajmining 80 %ini, 3 qavatli tokchalilarda esa, yer to'la hajmining 70 %ini tashqil qiladi.Himoya yer to'lalari hajmi 2 qavatli tokchalilarda har bir odamning o'tirishi uchun 0,5 m, 3 qavatli tokchalilar uchun esa, har bir odamning o'tirishi uchun 0,4 m: ajratilishiga qarab belgilanadi. Har bir odam hisobiga 1,5 m2 dan kam bo'lmaydi.
Himoya yerto'lalari xonalarida suv, elektr toki, havo bilan ta'minlash tizimlari, kanalizatsiya, isitish, haloqat va ogohlantirish tizimlari, havo tortib oluvchi moslamalar himoyasi ko'zda tutilishi kerak (24-jadval).
Ularning aloqa tizimi shahar, viloyat, tuman, markaz tarmoqlariga ulangan bo'Iishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Aholini shahar sharoitlarida himoya qilish niyatida, umumiy maqsadli qochoqlardan tashqari, maxsus vazifalarga mo'ljallangan himoya yerto'lalari, masalan, joyidan ko'chirish mumkin bo'lmagan (netransportabel) bemorlarni yashirish uchun ham barpo etiladi.
24-jadvalda keltirilgan ko'rsatkichlar me'yorlari, himoya yer to'lalaridagi umumiy sanitariya-gigiyenik sharoitlari, ko'p jihatdan, uning maydoni, xonalarning hajmi, ulardagi harorat, tashqaridan kiritiladigan havoning hajmi va tezligi hamda ichimlik suvi zahirasining mavjudligiga ko'p jihatdan bog'liq.
Himoya yer to'lalarini havo bilan ta'minlash tizimi odatda 3 xil tartibli bo'Iishi mumkin:
1) toza havoni yetkazib berish 2) oddiy so'rg'ichli (filtr) havo almashtirish (ventilyatsiya): 3) himoya yerto'lalariga tashqaridan havo kiritmasdan, ichidagi havoni qayta ishlab (tozalab-regenyer atsiya) berish.
Himoya yerto`lalarining sanirariya-gigiyenik me'yorlari
1-xil tartibli havo yetkazib berish tizimi, radiofaol changlardan (changga qarshi so`zg'ichlar)
2-tartibga ko'ra ish olib borilganida kimyoviy zaharlovchi moddalar va baktyeriologik vositalardan (yutuvchi so'rg'ichlar) tozalanadi.
3-tartib bo'yicha himoya yer to'lalariga beriladigan havo miqdori-hajmi uning haroratini hisobga olgan holda har soatiga 8-13 m3 hajmda. 2-tartibga ko'ra esa, soatiga 2-10 m3 hajmda har bir odamga beriladi.
4-tartibli havo bilan ta'minlash jarayoni. Yong'in xavfi, zararli gazlar va yonish jarayonida hosil bo'ladigan ko'z va burun shilliq qavatlarini qitiqlovchi hosilalar bo'lishi mumkin bo'lgan hududlarda himoya yerto'lalari mutlaqo zich (yer metik) holatga keltiriladi. Bu paytlarda himoya yerto'lalari ichidagi odamlar ichidan chiqqan havo qayta yaxshilab tozalanib, xuddi yangi berilgan havo kabi qo'llanadi. Bunga misol qilib, kosmik kemalarni keltirish mumkin.
Himoya yerto'lalarini elektr quvvati bilan ta'minlash, shahar, viloyat, tuman markazlaridagi manbalar orqali amalga oshiriladi. Mabodo, bunday imqoniyatlar bo'lmasa, u holda himoya to'siqli (temir panjara) dizel yonilg'isi bilan ishlaydigan jihozni (manba) qo'llash, uni oldindan belgilab qo'yish kerak, aks holda himoya yer to'lalari qorong'ilik og'ushida qolib ketadi va amalga oshirilishi zarur bo'lgan deyarli barcha yumushlar, vazifalar barham topadi. Bunday paytlarda, shag'am yoki yerostin lampalardan foydalanish tavsiya etilmaydi, ammo ayni maqsadda elektr (batareyali) fonarlarni qo'llash mumkin.
Himoya yer to'lalarini toza - ichimlik suvi bilan ta'minlash va chiqindilarni (mag'zava, suyuq chiqindilar (peshob), quyuq chiqindilar (najas) va yuvindilar) yo'qotish tizimlari tashqi tizimlarga, ya'ni shahar yoki inshootlardagi suv quvurlari va kanalizatsiyaga (yer ostiga to'shalgan maxsus quvurlar tizimi bo'lib, turli chiqindilarni tozalash inshootlariga yetkazib beradi) ulanadi. Ularning ehtimolan ishdan chiqib qolishini inobatga olib, suv zahirasini va tashqi chiqindi qabul qilish tizimi qayholda bo'lishidan qat'iy nazar, xojatni (peshob, najas, tahorat suvlari va boshqalar) yig'ish idishlarini tayyorlab qo'yish, kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlar oldi olinadi.
Himoya yerto'lalari korxonalar, muassasalar boshqarmasi hamda tashqi muhit bilan bog'lanib turishi uchun telefon, uyali telefon, imqoniyat mavjud bo'lgan maskanlarda esa, fazoviy yo'ldosh aloqasi, selektorlar, baland ovozli gapirgichlar (gromkogovoriteli), ichki televideniya kabi zamonaviy aloqa vositalari, asbob uskunalari bilan jihozlanishi kerak.Maxsus niyatlar bilan qurilgan qochoqlarda qo'shimcha ravishda quyidagi xonalar tashqil qilinadi: 1) bemorlarga, 2) jarrohlik bog'lov xonasi; 3) jarrohlik-profilaktik (mikroblar va ularning qopchali ko'rinishlariga dezinfeksiyalash xonasi) -styerilizatsiya xonasi; 4) tamaddi xona; 5) oshxona 6) sanitariya-gigiyena xonasi. Bunday yer to'lalarda bemorlar uchun ajratilgan xonada har bir odam hisobidan 1 kecha- kundo`z 20 litr, xizmat burchlarini adoetayotgan tibbiyot xodimlari uchun esa kishi boshiga 3 litrdan suv zahirasini tashqil etilishi zarur (25-jadval). Mazkur suv katta (rezyervuar) yoki kichik idishlarda (bak,samovar, kastryo’lkalar,shisha yoki polietilen idishlarda, usti yopiladigan chelaklar) saqlanishi mumkin. Ushbu amallarni bajarish jarayonida bir narsani unutmaslik kerak, u ham bo'lsa ichimlik suviga taalluqli ko'rsatkichlardan bo'lmish, kislorodning biologik ehtiyoji, kolletr hamda kolli-indekslar. Ularga nisbatan beparvolik qilish, odamlar orasida turli yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Suvdagi kislorodning biologik ehtiyoji deganda, undagi mavjud kislorod miqdori tushunilib, turli mikroblarning rivojlanib ketmasligi va suvning sifati saqlanishini ta'minlash uchun kerakli tarkibdir.
Kishi boshiga sarflanadigan 1 kunlik suv hajmi (litrlarda)m 25-jadval



T№

Ehtiyojlar

Iqlim sharoiti

O'rta

Issiq

1

Idishlarni (shaxsiy) yuvish

1,0

1,2

2

Ichish, choy, suv zahirasi

2,5

4,0

3

Yuvinish

3,0

6.0

4

Ovqat tayyorlash, idish-
tovoqlarni yuvish

3,5

3,8

Jami

10,0

15,0

Toza suv ushbu ko'rsatkich tufayli 7-10 kun mobaynida aynimay, sifat ko'rsatkichlarini saqlab turadi. Shu boisdan ham sifatli suv iste'mol qilish uchun idishlardagi ichimlik suvini har 7-10 kunda almashtirib turish foydadan holi emas. Aks holda suvda chirish jarayoni boshlanadi.
Kolletitr deganda bitta ichak tayoqchasi topilgan eng kam miqdordagi suv hajmi tushuniladi. Masalan, suv quvurlaridagi ichimlik suvida kollekr 300 teng bo'Iishi, quduq suvida esa 100 ga teng bo'Iishi ko'zda tutiladi. Suvning kollekri qanchalik past bo'lsa, u suvning najas bilan shuncha ko'p ifloslanganligini ko'rsatadi.
Kolli-indeks 1 litr suvning tarkibidagi ichak tayoqchalarining sonini ko'rsatadi. Masalan, suv quvurlaridagi ichimlik suvining kolli-indeksi 3 ga teng bo'Iishi taqozo etadi.
Ichimlik suvi o'rnida oziq-ovqat sanoati tomonidan chiqariladigan hidi, ta'mi, ko'rinishi ushbichim yelim idish (baklashka)lardagi ichimliklardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday ichimliklardan, misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: bon-akva, akva-layt, sprayt, prayd, tarxun, lazzat, oddiy Toshkent yoki Samarqand (gazlangan) suvlari. Undan tashqari, turli quruq mevalar qaynatmalaridan ham foydalansa bo'ladi: turshak, mayiz, shaftoli, tog'olcha, olma, nok, na'matak, qaroqand, qorag'at va boshqalar. Mazkur maqsadda xandalak, qovun, tarvuz ham asqotishi mumkin.
Qishloq joylardagi katta bo'lmagan shaharlar va aholi turar joylarida, asosiy xavfni radiofaol zararlanish (ifloslanish) tug'dirishi bois, ushbu yerlarda mahalliy aholi hamda shifo muassasalari uchun zararli nur ta'siridan himoyalovchi berkinchoqlar tayyorlanishi zarur. Bu inshootlar, odamlarni belgilangan muddat ichida, beziyon yashirinishlarini ta'minlashi kerak. Undan tashqari, mazkur inshootlar odamlarni, portlash to'lqinining oldi qismidan tarqaluvchi ulkan bosim ta'siridan ham himoya qilishi mumkin.

Yüklə 334,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin