1
8- MAVZU. DAVLAT BUDJETI, SOLIQLAR VA DAVLAT QARZI
Reja:
8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari.
8.2. Davlat budjeti xarajatlari.
8.3. Soliqlarning turlari va funksiyalari.
8.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi. Soliq yuki.
8.5.
O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos
xususiyatlari.
8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari.
Davlat o‗z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat
budjetiga tayanadi.
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‗lib
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o‗ynaydi.
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‗lib, bu qismlarni
sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‗lmagan tushumlar hisobiga
shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb
qaraladi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang
investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va
sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‗lovlari) ko‗paytirish
yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga
solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi,
YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga
oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni
ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‗rsatish, baholar
ustidan nazorat o‗rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‗rnatish
va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va
subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‗rinishidagi yordam turi bo‗lib, budjet va
budjetdan tashqari fondlardan ko‗rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi
mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‗yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni
qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‗lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va
boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi
davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‗i to‗laydi,
korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p
mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq
2
siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish orqali
investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi.
Davlat budjeti mablag‗lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta
taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |