8 – mavzu. Huquqshunos faoliyatida tanqidiy fikrlashning ahamiyati Reja



Yüklə 94,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü94,68 Kb.
#190865
8.Ma\'ruza matn(8)



8 – mavzu. Huquqshunos faoliyatida tanqidiy fikrlashning ahamiyati 
Reja : 
1.Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi va uning mazmun-mohiyati. 
2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish fazalari. 
3. To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
4. To‘g‘ri qaror qabul qilishni shakllantirish metodlari. 
Zamonaviy 
ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitda oliy ta’limning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri zarur kasbiy bilimga ega, mustaqil va mas’uliyatli qarorlarni 
qabul qila oladigan, nostandart sharoitlarda ijodiy yondashadigan yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlashdir.
Bu xislatlar yuksak intellektual salohiyatni talab etadigan yuridik kasb egasi 
uchun o‘ta dolzarb bo‘lib, buning asosida mavjud muammolarni har tomonlama 
anglash va uni ijodiy hal etish malakasi shakllanadi. Ushbu professional 
kompetentlik uchun tanqidiy fikrlashning yuqori darajasi muhim ahamiyatga ega.
“Tanqidiy fikrlash” atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib 
kelinadi va turli pedagoglar buni xilma-xil tarzda tushunadilar. Ko‘pchilik 
o‘qituvchilar va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni 
bildiradi. Yuqori degani shu ma’nodaki, u, Benjamin Blum tizimiga ko‘ra, 
o‘rganish qobiliyatlarining oliy pog‘onasida turadi.
Faylasuflar tanqidiy fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash 
ko‘nikmalarini tushunadilar, uning yordamida talabalar diqqat bilan o‘qish, chuqur 
munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkoniga 
ega bo‘ladilar. Adabiyot nazariyotchilari va tarixchilar uchun matnning tarkibiy 
qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga ta’sir qilish usullarini tanqidiy qayta 
mushohada qilishga hamda muallif asarni yaratishda amal qilgan sababalarni 
aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish “tanqidiy” deb hisoblanadi.


Dayana Xalpern “Psixologiyakriticheskogomishleniya” kitobida tanqidiy 
fikrlash “fikr yuritishning shunday ko‘rinishini anglatadiki, u vazminlik, mantiq va 
maqsadga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi”, deydi.
Djenni Stil, Kurt Meredit, Charlz Templarning “Tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish uchun o‘qish va yozish” loyihasida quyidagicha ta’kidlanadi: “Odam 
tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi 
mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni 
dastlab ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai 
nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar 
tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai nazarini ishlab chiqadi”. 
Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi, 
konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. 
Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta’sir qiladi, o‘zining shaxsiy 
qarashlar tizimi bo‘lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo‘ladilar.
Tanqidiy fikrlash – bu baholash, xulosa qilish, sharhlash va tahlil qilish kabi 
asosiy qobiliyatlar majmui.
Bundan tashqari, tanqidiy fikrlash mantiqdan kelib chiqadi va intellektual 
mezonlarga asoslanadi: aniqlik, ehtimollik, ahamiyatlilik, dunyoqarash va adolat.
Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘p fikrlilik nuqtai 
nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu 
fikrlashning eng yuqori darajasi bo‘lib, unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo‘llash, 
tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga 
alohida e’tibor beriladi.
Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi.
Hozirda talabalarni o‘qishga o‘rgatish va tanqidiy
fikrlashni egallashlari muhim vazifa hisoblanadi. Yangi axborotlarga duch 
kelar ekan, talabalar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai nazardan 


qarashi, undan o‘z ehtiyoj va maqsadlari yo‘lida foydalana olish imkoniyati 
to‘g‘risida xulosa yasay olishlari zarur.
Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo‘lib etishish uchun talabalar ijodiy 
fikrlab, o‘zini sinab ko‘rishi va bunga oid malakalarni egallashi zarur.
Tanqidiy fikrlash uchun insonda quyidagilar bo‘lishi kerak:
o‘ziga xos nuqtai nazarga ega bo‘lish;
bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;
murakkab muammolarni yechish mahorati;
bahsni dalillab olib borish;
yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati;
qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish.
Amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyuining aytishicha, talabalar muayyan 
muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. 
“O‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga 
tegishli eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini 
anglatadigan savoldir”. “Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab 
vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi 
haqiqatan ham fikrlaydi”.
Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlash tamoyillari har bir kishi boshqalarnikidan mustasno holda 
o‘zining g‘oyasi, baholashi va ishonchiga ega bo‘lishida aks etadi. Zero, hech kim 
biz uchun tanqidiy fikrlab bermaydi. Biz faqat o‘zimiz uchungina shunday fikrlay 
olamiz. Demak, fikrlash yakka tartibli xarakterga ega bo‘lgandagina, uni tanqidiy 
fikrlash deyish mumkin. Talabalar o‘z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga 


ham o‘zlari javob topa olish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Qanday fikrlash 
zarurligini har bir talaba o‘zi uchun o‘zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik 
tanqidiy fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning
boshlanishidir.
Bilim odamni tanqidiy fikrlashga undovchi motiv hisoblanadi.
“Bo‘sh kalla bilan fikrlash qiyin”, deyishlari bejiz emas. Murakkab fikrni 
yaratish uchun anchagina “xom ashyo” – dalillar, g‘oyalar, matnlar, nazariyalar, 
ma’lumotlar, konsepsiyalarni qayta ishlash zarur.
Har qanday yoshda ham tanqidiy fikrlash mumkin: hatto birinchi sinf 
o‘quvchilarida ham muayyan hayotiy tajriba va bilimlar mavjud bo‘ladi.
Bolalarning fikrlash qobiliyati o‘qitish natijasida yanada takomillashib boradi. 
Hatto juda yosh bolalar ham tanqidiy fikrlash va butunlay mustaqil fikrlash 
qobiliyatiga ega. Aynan tanqidiy fikrlash tufayli odatdagi bilish jarayoni alohidalik 
va anglashuvchanlik, uzviylik va samaradorlik kasb etadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur 
bo‘lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi.
Inson o‘z tabiatiga ko‘ra qiziquvchandir. Biz biron-bir yangilikni sezar 
ekanmiz, albatta, uning mohiyatini bilishni xohlaymiz. Qandaydir tarixiy obidani 
ko‘rar ekanmiz, bizda uning ichkarisiga kirish istagi paydo bo‘ladi.
“Barcha hayvonot olamida, – deb yozadi kimyogar va faylasuf
Mikael Poloniy, – uning eng sodda shakli bo‘lgan chuvalchangdan, ehtimol 
hatto amyobadan boshlab, biz abadiy ehtiyotkorlik harakatini, ehtiyojni bevosita 
qondirishga bog‘liq bo‘lmagan izlanuvchanlik faoliyatini: har qanday jonli 
mavjudotni o‘z atrofini aql-zakovat bilan nazorat qilishga intilishini kuzatamiz”.


Qiziquvchanlik har qanday tirik mavjudotning ajralmas xususiyatidir. Bu 
xususiyat yosh bolalarda, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Biroq har qanday bosqichdagi 
haqiqiy bilish jarayoni talabaning muammoni hal qilishi, o‘zining shaxsiy 
qiziqishlari va ehtiyojlaridan paydo bo‘lgan savollarga javob izlashi bilan 
belgilanadi.
To‘rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi.
Tanqidiy fikrlovchi kishi muammoning o‘z shaxsiy yechimini topadi va bu 
qarorni oqilona, asosli dalillar bilan mustahkamlaydi. U boshqa qarorlar bo‘lishi 
mumkinligini ham tan oladi, lekin o‘zi tanlagan qaror boshqalarga nisbatan eng 
mantiqiy va oqilona ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarning mavjud bo‘lishi, ularni yo 
oshirib ko‘rsatilishi yoki qabul qilinishi mumkinligini ham hisobga olgandagina 
yutadi. Boshqacha nuqtai nazarlarning tan olinishi ishonchli dalillarning ta’sir 
kuchini yanada oshiradi. O‘ta ta’sirchan dalillar bilan qurollangan tanqidiy
fikrlovchi kishi, hatto, katta obro‘ga ega bo‘lgan fikrga ham qarshi tura oladi, 
bunday kishining fikriniamalda o‘zgartirish mumkin emas. 
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash – ijtimoiy ham hisoblanadi (har bir inson 
ijtimoiy organizmdir).
Har qanday fikr boshqalar bilan o‘rtoqlashilgandagina o‘tkirlashadi yoki 
faylasuf Xanna Arendt yozganidek, “kimningdir huzurimda bo‘lishi, meni 
barkamollikka erishtiradi”. Bahslashuvda, o‘qiganimizda, muhokamada ishtirok 
etganimizda, e’tiroz bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda biz o‘z 
nuqtai nazarimizni aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz.
Shuning uchun ham tanqidiy fikrlash yo‘nalishida ishlaydigan o‘qituvchi 
vazminlik, boshqalarni eshitishga o‘rganish, o‘z fikriga javobgarlik kabi o‘zaro 
samarali fikr almashish uchun zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantirishga ko‘proq 
e’tibor beradi. Shu tariqa bu o‘qituvchilar o‘quv jarayonini auditoriyadan 
tashqarida kechayotgan haqiqiy hayotga yaqinlashtirishga erishadilar.


Tanqidiy fikrlash yozma ishda yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Yozuvda fikrlash jarayonini kuzatish mumkin bo‘ladi va bu o‘qituvchi uchun 
ham qulaylik yaratadi. Yozayotgan talaba doimo faol bo‘ladi. U doim mustaqil 
fikrlaydi va bunda u o‘zida mavjud bo‘lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U o‘z 
fikrini mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli dalillarni qatorlashtirib 
tashlaydi. Bundan tashqari, u o‘z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. 
Chunki xat yozuvchi uni o‘qiydigan odamga mo‘ljallab yozadi.
Tanqidiy fikrlash asoslari uch bosqich (faza)dan iborat bo‘ladi, bular: chaqiriq 
(da’vat), anglash, fikrlash (mulohaza) bosqichlaridir.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning uch fazasi
FIKRLASH (MULOHAZA) 
Ushbu bosqichlar nimani anglatadi?
1-bosqich – CHAQIRIQ (DA’VAT). Tanqidiy fikrlash chaqiriq deb 
ataladigan bosqichdan boshlanadi, uning davomida talabalarning qiziqishi 
uyg‘onadi, zarur savollar tug‘iladi va bunday bilimlarni olish uchun sabablar 
shakllanadi.
2-bosqich – ANGLASH. Shundan keyin ma’noni anglash bosqichi keladi, 
uning davomida o‘quvchilar izlash uchun rag‘bat oladilar, ba’zi hollarda bunga 
o‘rganadilar ham.
3-bosqich – FIKRLASH (MULOHAZA). Fikrlash bosqichi kulminatsiya 
hisoblanadi, uning davomida talabalardan o‘z bilimlarini umumlashtirish, bilib 
olgan narsalarni bungacha bilgan narsalari bilan taqqoslash, ularning savollarga 
javoblarni qay darajada olganiga qarab baholash (va zaruratga qarab yangi 
savollarni shakllantirish), bilgan narsalarini yanada katta muammolarga qo‘llash, 
bilib olgan narsalarini munozara qilish va himoya qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Tanqidiy fikrlashning 14 muhim ko‘nikmasi


Har qanday odam kuniga yuzlab qarorlar qabul qiladi, shuning uchun siz 
hohlaysizmi-yo‘qmi, lekin biz hammamiz tanqidiy fikrlovchi mavjudotmiz. 
Bizning tanqidiy fikrlashimizning sifatida farq bor, xolos. Biz variantlarga baho 
berayotganimizda, avvaldan muhim narsalarni joyiga qo‘yayotganimizda va 
o‘ylayotganimizda, aynan shu ko‘nikmadan foydalanamiz. Biroq u, yakunida 
uning sifatini hosil qiladigan boshqa ko‘nikmalardan tashkil topgan.
Tahliliy fikrlashni rivojlantirish uchun, birinchi o‘rinda siz, mantiqning 
tuyg‘ulardan ustunligi muhimligini tushunishingiz kerak. Shuning uchun 
foydaliroq qarorlarni qabul qilish uchun siz mantiq qonunlari va qarama-
qarshiliklarini o‘rganing. Hamda quyidagi ko‘nikmalarni amalda qo‘llang va 
rivojlantiring.
MA’LUMOT 
YIG‘ISH. 
Ko‘p 
odamlar 
o‘zlarining 
haqliklariga 
ishonganliklari uchun butkul axmoqona qarorlar qabul qilishadi. Ulardagi 
ma’lumotlar eskirgan, yangilashga esa ularda xohish yo‘q. Shuning uchun bizning 
dunyo qanchalik tez o‘zgarayotganini unutmang. Barcha ochiq ma’lumotlarni 
yig‘ing, zero, bizning dunyomiz ne’matlarida kamchiliklar yo‘q.
KUZATISH. Siz sinchkov bo‘lishingiz kerak. Doim burningiz ostida bo‘lgan, 
siz o‘zingizga tegishli deb qabul qilgan narsalarga e’tibor bering. Buning ustiga bu 
faqatgina buyum emas, balki sizning va begonalarning xulq-atvori, har xil istehzoli 
holatlar va jumlalarning noodatiy qurilishi bo‘lishi mumkin. Bularni 
kuzatganingizda, sizning ichki ovozingiz vaqtinchalik tinchlanadi va sizning 
ko‘zlaringiz ko‘rib turgan narsalarni senzuraga yo‘liqtirmaydi.
XULOSA CHIQARISH. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun mantiqni 
o‘rganishingiz zarur. Unda o‘zining qonunlari, istisnolari va qaramaqarshiliklari 
bor, shunga qaramay, bu fikringizni har qanday bahsda isbotlashingiz uchun ajoyib 
manba. Siz boshqalarning mulohazalari mantiqsizligini payqashni va imkon 
bo‘lganda ularga buni ko‘rsatishni o‘rganasiz.


RATSIONALIZATSIY. Bu aqlning qonunlarini ishlatishni bildiradi: 
induksiya, deduksiya va taqqoslash (qiyoslash). Bu vositalar yordamida siz dalilni 
baholashingiz va undagi qadr-qimmatni va kamchiliklarni topa olishingiz mumkin.
REFLEKTIVLIK.Siz muntazam ravishda muammoingizni ikirchikirlaridan 
bir qadam orqaga tashlang va manzaraga butunligicha qarang. Nimani 
o‘rganganingiz va qanday tajriba ortirganingizni belgilang.
IJODKORLIK. Ijodiy fikrlash kursini o‘rganing. U sizga nafaqat yaratish 
tabiatini tushunishni o‘rgatadi, balki mashg‘ulotlar yordamida sizga yanada 
ijodkorroq bo‘lishga ham yordam beradi.
TASNIF VA IZCHILLIK.Ma’lumotni g‘alvirdan o‘tkazishni o‘rganish 
uchun, element va g‘oyalarni ularning xususiyatiga mos ravishda turkumlang va 
tartibga keltiring. Aqliy xaritalarni ishlating.
QIYOSLASH VA QARAMA-QARSHI QO‘YISH. Ikki va undan ortiq 
buyum, holat va muammolarning o‘xshashliklari va turlichaligini aniqlashni 
o‘rganing. Ularning qimmati va kamchiliklari ro‘yxatini tuzing, keyin ulardan 
birini tanlang.
SABAB VA OQIBATLARNI TAHLIL QILISH.Ko‘pchilik odamlar bularni 
bir-biridan ajrata olmaydi. Shu tufayli siz uchun birinchi qadam aynan nima sabab 
va nima oqibatligini aniqlash ko‘nikmasini egallash bo‘lsin. Ba’zan sabab va 
oqibat bir-biriga bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin – demak, siz nimanidir qoldirib 
ketgansiz.
SINTEZ. Oldindan bilib bo‘lmaydigan yangi natija olish uchun, ma’lumotni 
turli bo‘laklarini yig‘ing va ularni jamlang. Har qanday ijodkorlik aynan shunday 
ishlaydi, deyishadi.
BAHOLASH. Muammoning ikki va undan ortiq yechimlarini izlab topishni
va qay biri ko‘proq to‘g‘ri kelishini baholashni o‘rganing.


PROGNOZ QILISH. Bu qiyin jarayon ustida odatda odamlar miyalarini 
qotirib o‘tirishmaydi. Ular bir necha soniyalarinigina tahlilga sarflashadi va 
endigina o‘zlari o‘ylab topgan kelajakdan kelib chiqib qaror qabul qilishadi. Siz 
bunday bo‘lmang, sinchiklab ma’lumotlarni yig‘ing va tahlil qiling. Albatta, 
dunyoda minglab omillar bor, lekin siz hech bo‘lmaganda ularning katta qismini 
qamrab olishingiz mumkin.
O‘ZINGIZ UCHUN USTUVOR BO‘LGAN NARSALARNI BELGILAB 
OLING. Vaqtingizni nimaga va nima sababdan sarflashingizni tushunishingiz 
uchun taym-menejmentni (vaqt boshqaruvini) o‘rganing. Yodda tuting, befoyda 
narsalarga sarflangan vaqt, aslida qandaydir ma’noli narsaga sarflanib, 
hayotingizda burilish yasashi va sizni baxtli qilishi mumkin.
XULOSA QILISH.Bu ko‘nikma odatda umumlashtiruvchi va oxirgi bo‘ladi. 
Siz qanday tajriba orttirganingiz, qanday xulosalar qilganingizni anglashingiz va 
hammasiga yakun yasashingiz kerak.
Hoynahoy, bu ko‘nikmalarning barchasini birdaniga o‘zlashtira olmasangiz 
kerak. Ammo siz to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va mardona harakat qilishingiz uchun 
ularni turlicha qo‘llashingiz mumkin. Har bir o‘zlashtirilgan ko‘nikma bilan 
sizning fikrlash tarzingiz o‘zgaradi va yaxshilanadi.
Tanqidiy fikrlash va uning mezonlari
YODDA TUTING!
Qo‘yilgan muayyan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, 
boshqalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z fikrini puxta asoslab berish va 
himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangan fikr tanqidiy fikr deyiladi.
Umuman, fikrlash psixologik kategoriya bo‘lib, u jarayondir, u shunday 
jarayonki, o‘zida biror masala, holat, vaziyat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy fikrlashda:


masalaga ob’ektiv yondashiladi;
ochiq fikrlar rag‘batlantiriladi;
puxta tushunish, o‘zaro samimiyat va hurmat alohida e’tiborga olinadi;
shaxsning erkin fikrlashi uchun keng imkoniyat yaratiladi;
noto‘g‘ri, sub’ektiv fikrlar bayon etilsa, ularning xatoligi asoslantiriladi;
pedagog va talaba o‘rtasida to‘siq bo‘lmaydi;
masala mazmuni talabalarning talablariga mos va aniq tarzda o‘rtaga 
tashlanadi;
muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan unumli foydalaniladi;
fikrlar plyuralizmi (rang-barangligi) va qarashlar integratsiyalashadi;
ta’lim pedagog bilan talabalar orasidagi samimiy, ochiq munosabat orqali 
amalga oshiriladi;
talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratiladi va mustaqil 
ta’lim uchun talabalar tayyorgarlik darajasiga muvofiq interfaol metodlar 
tanlanadi va b.
Tanqidiy fikrlashning barqaror ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan yoshlarning, 
shuningdek, kattalarning ham tanqidiy fikrlashini shakllantirishning asosiy 
maqsadi ijtimoiy, ilmiy va amaliy muammolarni samarali hal qilish uchun fikrlash 
kompetensiyalarini kengaytirishdir.
To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
Nima uchun bitta shaxsning o‘zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan bitta 
masala bo‘yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Garchi o‘sha qarorning oldingi 
o‘xshash sharoitda to‘g‘riligini bilgan bo‘lsa ham? Nega biz qaror qabul qilishda 
ikkilanamiz? Nima uchun bir toifa odamlar uchun to‘g‘ri deb hisoblangan qaror 
boshqa toifa odamlar tomonidan “to‘g‘ri” bahosini olmaydi? Sharoitlarni, 


vaziyatlarni hisobga olgan holda qaror qabul qilish va optimal natijaga erishish 
uchun nima qilish kerak?
Shu va shunga o‘xshagan qator savollarga javob topish uchun inson 
psixologiyasi xususiyatlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni algoritmik 
tarzda qabul qilib ham bo‘lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda sub’ektiv, 
psixologik omillarning roli juda yuqoriligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, qaror qabul qilish 
jarayonini yengillashtiruvchi ko‘plab qoidalar, amallar va metodlar mavjud. Lekin 
har birimiz o‘z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish jarayonida 
formallashtirilmagan, sub’ektiv, hatto ko‘pincha intuitiv omillarning roli juda katta 
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, qaror qabul qilish ham boshqaruv 
nazariyasi, ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti hisoblanadi. 
Shunday ekan, qaror qabul qilish jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, bir-biridan 
juda farq qiluvchi, lekin juda o‘zaro bog‘liq sohani – tashkiliy va psixologik sohani 
o‘z ichiga oladi.
Qaror qabul qilish ko‘nikmasi hayotimizda juda muhim hisoblanadi, zero, 
aynan qarorlar zanjiri va to‘g‘ri tanlay bilishgina xohlagan natijaga olib keladi. 
To‘g‘ri qaror tushunchasi nisbiyligini tushungan holda biz qaror qabul qilish 
jarayonini istalayotgan natija nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz. Dastavval, biz 
butun qaror qabul qilish jarayonini ikkita muhim bosqichga ajratib olishimiz kerak 
bo‘ladi:
QAROR QABUL QILISHGA TAYYORGARLIK. Bu bosqichda
ma’lumot va faktlarni to‘playmiz, tahlil qilamiz, barcha yaxshi va yomon 
fikrlarni muqoyasa etamiz, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni modellashtiramiz 
va ularni biz xohlangan natija bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlaymiz. Qaror qabul 
qilishga tayyorgarlik bosqichida o‘zining bajarilishi shart bo‘lgan qadamlari bor:
Sovuqqon bosh. Murakkab, mas’uliyatli qaror qabul qilish zaruratining o‘zi 
stress, muddati shoshilinch bo‘lsachi, unda ikki barobar. Bosim yoki qo‘rquv 


ostida qabul qilingan qaror ob’ektiv bo‘lmaydi. Axir istalgan natija – bu bosim va 
stressdan qutulishdir. Hissiyotlarga berilmaslik uchun, birinchi navbatda, qaror 
qabul qilishning vaqti yoki shoshilinchligiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 
Muddatning uzaytirilishi ortiqcha zo‘riqishdan xalos etadi va tafakkurimizning 
biroz tinchlanishiga yordam beradi. Shoshilinchligini pisand qilmaslik va 
hissiyotga berilish ikki xil holatda bo‘lishi mumkin:
Hayot-mamot masalasi turganda, butun umr o‘zini hech narsa qilmaganlikda 
ayblagandan ko‘ra, biron bir harakat qilish kerak. Masalan, falokat yuz berdi, siz 
yagona yordamga kela oladigan odamsiz, tezda harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Qaror qabul qilish masalasi turmaganda, ya’ni sizga anchadan beri orzu 
qilganingizni, hatto bo‘lishini xayolingizga keltirmaganni taklif qilishadi. 
To‘satdan martabangizning ko‘tarilishi, sizning startapingizga yirik investitsiya 
kiritilishi, orzungizdagi yigit qo‘lingizni so‘rashi.
Qolgan hamma holatlarda sizdan hozirning o‘zida yoki juda qisqa vaqtda 
qaror qabul qilish talab qilinganda, muddatning uzaytirilishiga harakat qiling. 
Mulohazali qaror qabul qilish uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, xuddi shuncha 
vaqtni so‘rang, kam ham emas, ko‘p ham emas. Va, albatta, shu tariqa ortiqcha 
quvonch va yoki hayratdan xoli bo‘lamiz, chunki ortiqcha hissiyot sizning 
sezgirligingizga xalal berib, suv osti toshlarini, hatto yuzaga chiqib turganlarini 
ham ko‘zdan qochirishi mumkin.
Oraliq joylarni to‘ldiramiz. Shoshilishga hojat yo‘qmi, ma’lumot yig‘ishga 
o‘tamiz. Agar sizga yechim noma’lum bo‘lsa, demak, nimani afzal ko‘rishingizni 
aniq bilmaysiz. Ko‘p hollarda bu kutilayotgan natijani oldindan aytish uchun 
ma’lumotlar yetarli emasligini bildirishi mumkin. Yoki sizdagi mavjud faktlar 
bilan xohlangan natijaga erishib bo‘lmasligini tushunish mumkin. Masalan, siz 
boshqa 
mamlakatga 
ishingizni 
o‘tkazishni 
xohlaysiz, 
lekin 
sizning 
ixtisosligingizga u yerda talab bor yoki yo‘qligiga, maosh darajasiga yoki 
xohlaganda orqaga qaytish mumkinligiga ikkilanyapsiz. Ma’lumotlar to‘plashga 


berilib ketmaslik kerak. Ba’zan ortiqcha ma’lumot qaror qabul qilishga halaqit 
beradi. Qancha ko‘p yangi ma’lumot olsak, tanlash shuncha qiyin bo‘ladi, chunki 
har bir fakt tenglamadagi o‘zgaruvchan qiymatga o‘xshaydi va natijaga ta’sir 
qilishi mumkin.
To‘g‘ri
yo‘nalishni tanlaymiz. Endi ortiqcha hissiyotni nari qilib, 
yetarli ma’lumotni to‘pladik, asosiy, eng muhim mezonlarni tanlaymiz va 
shulardan kelib chiqib qaror qabul qilamiz. Va qaror qabul qilishga bir
qadam qolganda, albatta, o‘z hayotiy qadriyatlarimizni esga olishimiz zarur. 
Siz uchun hayotda haqiqatan nima muhim? Nima uchun sizga shu qarorni qabul 
qilish muhim va zarur? Qarorlarning qaysi biri sizning qadriyatlaringizga eng ko‘p 
mos keladi va sizni qo‘llaydi?
QAROR QABUL QILISH. Ba’zan tayyorgarlik jarayonining o‘zidayoq 
qarorni qabul qilamiz. Agar qabul qilmagan bo‘lsak ham zarari yo‘q. 
Ko‘pchiligimiz qaysidir bitta ideal natijaga butkul ko‘z tikamiz va ko‘pincha 
boshqalarini unutib qo‘yamiz.
Har doim 2 tadan ortiq variant bo‘ladi. Bizning miyamiz hamma narsani oq 
va qoraga, ha va yo‘qqa bo‘lib o‘rgangan. Va ko‘pincha mazkur strategiya qaror 
qabul qilish jarayoniga ham ta’sir qiladi. Biz oldimizda ikkita varintni ko‘ramiz – 
amalga oshishi mumkin va mumkin bo‘lmagan. Lekin qachon biz bu tanlovga 
xohlanayotgan natija nuqtai nazaridan qarasak, bizning oldimizda qator variantlar 
namoyon bo‘ladi, masalan, biz qarorning o‘z muqobil variantimizni ilgari 
surishimiz mumkin. Misol aytsak, choy yoki qahva ichishni hal qilish uchun 
o‘zimizdan so‘rashimiz mumkin: qanday natijaga erishmoqchiman?
Men tetiklashish, isinish, dam olishni xohlaymanmi yoki shunchaki 
ichishnimi? Va javobdan kelib chiqib qaror qabul qilinadi: qahva, choy, kakao yoki 
suv ichish.
Ikki xat. Agar siz ikkita variantda to‘xtagan bo‘lsangiz, ularni ikkita tonnel 
tarzida tasavvur qiling. Xayolan o‘zingizni avval 1-tonneldan yurib, uni 


o‘rganayotgandek his qiling, tasavvur qilib ko‘ring: agar siz 1variantni tanlasangiz, 
voqealar qanday davom etishini tonnelning oxirigacha borib ko‘ring, sizni u yerda 
nima kutyapti. Muhimi, shoshilmang. Butun yo‘lingiz va uning natijasini qog‘ozga 
yozing. So‘ng xuddi shuni qarorning 2-varianti bilan qiling. Maksimal darajada 
konkret bo‘ling va detallarga e’tibor qarating, shoshilmang. Yozganlaringizni
3-4 kunga ko‘zdan nari qiling (agar muddati bemalol bo‘lsa, ko‘proqqa), 
chalg‘ing va qaror haqida o‘ylamaslikka harakat qiling. Keyin ikkala xatni olib 
o‘qing, endi u yoki bu qaror qaysi natijaga olib kelishini bilasiz. Tanlash oson 
bo‘ladi.
10/10/10 qoidasi. Oddiy, lekin qaror qabul qilishning ta’sirli usullaridan biri. 
Sizning qaroringiz uni qabul qilganingizdan 10 daqiqa o‘tgandan keyin qanday 
natijaga olib kelishini o‘ylab ko‘ring, 10 soat, 10 oy yoki 10 yil o‘tgandan keyin-
chi? Bu jarayonning oddiy va tushunarli bo‘lishiga qaramay, uni ham xotirjam, 
shoshmasdan bajarish kerak, aks holda natija noto‘g‘ri bo‘ladi.
Niqob metodi. Bir qarashda hamma variantlar istalgan natijaga zid emas, 
lekin bittasini tanlash zarur, buning uchun quyidagilarni qilish kerak. Sizning 
hurmatingizdan foydalanadigan, qadriyat va ustun jihatlaringiz o‘xshash bo‘lgan 
odamni xayolan tasavvur qiling. Bu hatto to‘qima personaj, bizning davrimizda 
yashayotgan yoki o‘tmishdagi asar qahramoni bo‘lishi ham mumkin. U sizning 
o‘rningizda bo‘lsa, qanday qaror qabul qilgan bo‘lardi, tasavvur qilib ko‘ring. Bu 
usulda siz birmuncha vaqt qabul qilinadigan qaror uchun og‘ir mas’uliyatni 
zimmangizdan olasiz va tashqaridan bunga qarab ko‘rasiz.
Maslahatlashish. Kim bilan maslahatlashishni o‘zingiz tanlang, buning uncha 
ahamiyati yo‘q, chunki oxir-oqibat qarorni baribir siz qabul qilasiz, boshqa 
odamning fikri, hatto sizning masalangizga daxli bo‘lmasa ham, sizga shunchaki 
yangi fikr olishga yordam beradi yoki yangi bir g‘oyaning yuzaga chiqishiga turtki 
bo‘ladi. Agar siz qaroringiz sir bo‘lib qolishini xohlasangiz, unda sizning 
oldingizda kimga ishonib, maslahat olish mumkinligi masalasi turadi, bu esa 


qo‘shimcha qiyinchilik. Buning sizga kerakmi-yo‘qligini hal qilish yana sizga 
qoladi. Lekin maslahatni faqat sizga tanish odamdan olish shart emas. Bu yerda 
ham Niqob usulidan unumli foydalanish mumkin, ya’ni xayolan o‘z savolingizni 
o‘z orzungizdagi insonga yoki siz hurmat qiladigan insonga, yig‘ma obrazga yoki 
asar qahramoniga yuborib, u sizga qanday maslahat bergan bo‘lishini tasavvur 
qilish mumkin.
To‘g‘ri qaror qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid maslahat va tavsiyalar:
Hayotda qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni bilish har doim foydali. 
Lekin bunday kompasni qayerdan topish mumkin? To‘g‘ri qarorlar qabul qilishni 
qanday o‘rganishni aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz.
Shunday kun keladiki, ushbu ko‘nikmalar sizga juda yordam beradi, ayniqsa, 
sizni sog‘ligingizga, baxt-saodatingizga, iqbolingizga va hattoki sizning 
hayotingizga bog‘liq bo‘lgan tezkor qaror qabul qilish kerak bo‘lganda.
Mehnat va oldi-sotdi bozorida raqobatning kuchayishi bizdan nostandart va 
ijodiy qarorlarni, zehn bilan yondashishni va nostandart fikrlarni talab qiladi. 
Sizning malakangiz darajasi sizning hayotingiz darajasini aniqlab beradi.
To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari hayotimiz davomida bizga xizmat 
qilib kelsa, ishda ham, turmushda ham muvaffaqiyatga erishishimiz tayin.
Shuning uchun ham o‘z ustingizda muntazam ish olib borishingiz kerak. Bu 
borada quyidagi qator maslahat va tavsiyalar bilan tanishib chiqing va kundalik 
hayotingizda amal qilishni odat qilib oling:
doimo malakangizni oshiring;
o‘z o‘y-fikrlaringizni o‘zgartirishni o‘rganing, konservativ bo‘lmang;
atrofingizdagi muhitni yorqin va toza timsollar bilan to‘ldiring;
mayda narsalarga e’tibor bermang, arzimagan narsalarga jahlingiz chiqmasin;


boshqalarni sizga qaratilgan tanbehlarini xotirjamlik bilan qabul qiling, 
o‘zingizni tanqid qila oladigan bo‘ling;
hech qachon uchrashuvlarga kech qolmang, yaxshisi ertaroq keling.

Yüklə 94,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin