8 – mavzu. Huquqshunos faoliyatida tanqidiy fikrlashning ahamiyati
Reja :
1.Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi va uning mazmun-mohiyati.
2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish fazalari.
3. To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
4. To‘g‘ri qaror qabul qilishni shakllantirish metodlari.
Zamonaviy
ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitda oliy ta’limning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri zarur kasbiy bilimga ega, mustaqil va mas’uliyatli qarorlarni
qabul qila oladigan, nostandart sharoitlarda ijodiy yondashadigan yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlashdir.
Bu xislatlar yuksak intellektual salohiyatni talab etadigan yuridik kasb egasi
uchun o‘ta dolzarb bo‘lib, buning asosida mavjud muammolarni har tomonlama
anglash va uni ijodiy hal etish malakasi shakllanadi. Ushbu professional
kompetentlik uchun tanqidiy fikrlashning yuqori darajasi muhim ahamiyatga ega.
“Tanqidiy fikrlash” atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib
kelinadi va turli pedagoglar buni xilma-xil tarzda tushunadilar. Ko‘pchilik
o‘qituvchilar va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni
bildiradi. Yuqori degani shu ma’nodaki, u, Benjamin Blum tizimiga ko‘ra,
o‘rganish qobiliyatlarining oliy pog‘onasida turadi.
Faylasuflar tanqidiy fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash
ko‘nikmalarini tushunadilar, uning yordamida talabalar diqqat bilan o‘qish, chuqur
munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkoniga
ega bo‘ladilar. Adabiyot nazariyotchilari va tarixchilar uchun matnning tarkibiy
qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga ta’sir qilish usullarini tanqidiy qayta
mushohada qilishga hamda muallif asarni yaratishda amal qilgan sababalarni
aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish “tanqidiy” deb hisoblanadi.
Dayana Xalpern “Psixologiyakriticheskogomishleniya” kitobida tanqidiy
fikrlash “fikr yuritishning shunday ko‘rinishini anglatadiki, u vazminlik, mantiq va
maqsadga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi”, deydi.
Djenni Stil, Kurt Meredit, Charlz Templarning “Tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish uchun o‘qish va yozish” loyihasida quyidagicha ta’kidlanadi: “Odam
tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi
mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni
dastlab ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai
nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar
tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai nazarini ishlab chiqadi”.
Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi,
konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir.
Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta’sir qiladi, o‘zining shaxsiy
qarashlar tizimi bo‘lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo‘ladilar.
Tanqidiy fikrlash – bu baholash, xulosa qilish, sharhlash va tahlil qilish kabi
asosiy qobiliyatlar majmui.
Bundan tashqari, tanqidiy fikrlash mantiqdan kelib chiqadi va intellektual
mezonlarga asoslanadi: aniqlik, ehtimollik, ahamiyatlilik, dunyoqarash va adolat.
Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘p fikrlilik nuqtai
nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu
fikrlashning eng yuqori darajasi bo‘lib, unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo‘llash,
tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga
alohida e’tibor beriladi.
Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi.
Hozirda talabalarni o‘qishga o‘rgatish va tanqidiy
fikrlashni egallashlari muhim vazifa hisoblanadi. Yangi axborotlarga duch
kelar ekan, talabalar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai nazardan
qarashi, undan o‘z ehtiyoj va maqsadlari yo‘lida foydalana olish imkoniyati
to‘g‘risida xulosa yasay olishlari zarur.
Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo‘lib etishish uchun talabalar ijodiy
fikrlab, o‘zini sinab ko‘rishi va bunga oid malakalarni egallashi zarur.
Tanqidiy fikrlash uchun insonda quyidagilar bo‘lishi kerak:
o‘ziga xos nuqtai nazarga ega bo‘lish;
bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;
murakkab muammolarni yechish mahorati;
bahsni dalillab olib borish;
yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati;
qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish.
Amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyuining aytishicha, talabalar muayyan
muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi.
“O‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga
tegishli eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini
anglatadigan savoldir”. “Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab
vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi
haqiqatan ham fikrlaydi”.
Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlash tamoyillari har bir kishi boshqalarnikidan mustasno holda
o‘zining g‘oyasi, baholashi va ishonchiga ega bo‘lishida aks etadi. Zero, hech kim
biz uchun tanqidiy fikrlab bermaydi. Biz faqat o‘zimiz uchungina shunday fikrlay
olamiz. Demak, fikrlash yakka tartibli xarakterga ega bo‘lgandagina, uni tanqidiy
fikrlash deyish mumkin. Talabalar o‘z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga
ham o‘zlari javob topa olish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Qanday fikrlash
zarurligini har bir talaba o‘zi uchun o‘zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik
tanqidiy fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning
boshlanishidir.
Bilim odamni tanqidiy fikrlashga undovchi motiv hisoblanadi.
“Bo‘sh kalla bilan fikrlash qiyin”, deyishlari bejiz emas. Murakkab fikrni
yaratish uchun anchagina “xom ashyo” – dalillar, g‘oyalar, matnlar, nazariyalar,
ma’lumotlar, konsepsiyalarni qayta ishlash zarur.
Har qanday yoshda ham tanqidiy fikrlash mumkin: hatto birinchi sinf
o‘quvchilarida ham muayyan hayotiy tajriba va bilimlar mavjud bo‘ladi.
Bolalarning fikrlash qobiliyati o‘qitish natijasida yanada takomillashib boradi.
Hatto juda yosh bolalar ham tanqidiy fikrlash va butunlay mustaqil fikrlash
qobiliyatiga ega. Aynan tanqidiy fikrlash tufayli odatdagi bilish jarayoni alohidalik
va anglashuvchanlik, uzviylik va samaradorlik kasb etadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur
bo‘lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi.
Inson o‘z tabiatiga ko‘ra qiziquvchandir. Biz biron-bir yangilikni sezar
ekanmiz, albatta, uning mohiyatini bilishni xohlaymiz. Qandaydir tarixiy obidani
ko‘rar ekanmiz, bizda uning ichkarisiga kirish istagi paydo bo‘ladi.
“Barcha hayvonot olamida, – deb yozadi kimyogar va faylasuf
Mikael Poloniy, – uning eng sodda shakli bo‘lgan chuvalchangdan, ehtimol
hatto amyobadan boshlab, biz abadiy ehtiyotkorlik harakatini, ehtiyojni bevosita
qondirishga bog‘liq bo‘lmagan izlanuvchanlik faoliyatini: har qanday jonli
mavjudotni o‘z atrofini aql-zakovat bilan nazorat qilishga intilishini kuzatamiz”.
Qiziquvchanlik har qanday tirik mavjudotning ajralmas xususiyatidir. Bu
xususiyat yosh bolalarda, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Biroq har qanday bosqichdagi
haqiqiy bilish jarayoni talabaning muammoni hal qilishi, o‘zining shaxsiy
qiziqishlari va ehtiyojlaridan paydo bo‘lgan savollarga javob izlashi bilan
belgilanadi.
To‘rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi.
Tanqidiy fikrlovchi kishi muammoning o‘z shaxsiy yechimini topadi va bu
qarorni oqilona, asosli dalillar bilan mustahkamlaydi. U boshqa qarorlar bo‘lishi
mumkinligini ham tan oladi, lekin o‘zi tanlagan qaror boshqalarga nisbatan eng
mantiqiy va oqilona ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarning mavjud bo‘lishi, ularni yo
oshirib ko‘rsatilishi yoki qabul qilinishi mumkinligini ham hisobga olgandagina
yutadi. Boshqacha nuqtai nazarlarning tan olinishi ishonchli dalillarning ta’sir
kuchini yanada oshiradi. O‘ta ta’sirchan dalillar bilan qurollangan tanqidiy
fikrlovchi kishi, hatto, katta obro‘ga ega bo‘lgan fikrga ham qarshi tura oladi,
bunday kishining fikriniamalda o‘zgartirish mumkin emas.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash – ijtimoiy ham hisoblanadi (har bir inson
ijtimoiy organizmdir).
Har qanday fikr boshqalar bilan o‘rtoqlashilgandagina o‘tkirlashadi yoki
faylasuf Xanna Arendt yozganidek, “kimningdir huzurimda bo‘lishi, meni
barkamollikka erishtiradi”. Bahslashuvda, o‘qiganimizda, muhokamada ishtirok
etganimizda, e’tiroz bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda biz o‘z
nuqtai nazarimizni aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz.
Shuning uchun ham tanqidiy fikrlash yo‘nalishida ishlaydigan o‘qituvchi
vazminlik, boshqalarni eshitishga o‘rganish, o‘z fikriga javobgarlik kabi o‘zaro
samarali fikr almashish uchun zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantirishga ko‘proq
e’tibor beradi. Shu tariqa bu o‘qituvchilar o‘quv jarayonini auditoriyadan
tashqarida kechayotgan haqiqiy hayotga yaqinlashtirishga erishadilar.
Tanqidiy fikrlash yozma ishda yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Yozuvda fikrlash jarayonini kuzatish mumkin bo‘ladi va bu o‘qituvchi uchun
ham qulaylik yaratadi. Yozayotgan talaba doimo faol bo‘ladi. U doim mustaqil
fikrlaydi va bunda u o‘zida mavjud bo‘lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U o‘z
fikrini mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli dalillarni qatorlashtirib
tashlaydi. Bundan tashqari, u o‘z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi.
Chunki xat yozuvchi uni o‘qiydigan odamga mo‘ljallab yozadi.
Tanqidiy fikrlash asoslari uch bosqich (faza)dan iborat bo‘ladi, bular: chaqiriq
(da’vat), anglash, fikrlash (mulohaza) bosqichlaridir.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning uch fazasi
FIKRLASH (MULOHAZA)
Ushbu bosqichlar nimani anglatadi?
1-bosqich – CHAQIRIQ (DA’VAT). Tanqidiy fikrlash chaqiriq deb
ataladigan bosqichdan boshlanadi, uning davomida talabalarning qiziqishi
uyg‘onadi, zarur savollar tug‘iladi va bunday bilimlarni olish uchun sabablar
shakllanadi.
2-bosqich – ANGLASH. Shundan keyin ma’noni anglash bosqichi keladi,
uning davomida o‘quvchilar izlash uchun rag‘bat oladilar, ba’zi hollarda bunga
o‘rganadilar ham.
3-bosqich – FIKRLASH (MULOHAZA). Fikrlash bosqichi kulminatsiya
hisoblanadi, uning davomida talabalardan o‘z bilimlarini umumlashtirish, bilib
olgan narsalarni bungacha bilgan narsalari bilan taqqoslash, ularning savollarga
javoblarni qay darajada olganiga qarab baholash (va zaruratga qarab yangi
savollarni shakllantirish), bilgan narsalarini yanada katta muammolarga qo‘llash,
bilib olgan narsalarini munozara qilish va himoya qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Tanqidiy fikrlashning 14 muhim ko‘nikmasi
Har qanday odam kuniga yuzlab qarorlar qabul qiladi, shuning uchun siz
hohlaysizmi-yo‘qmi, lekin biz hammamiz tanqidiy fikrlovchi mavjudotmiz.
Bizning tanqidiy fikrlashimizning sifatida farq bor, xolos. Biz variantlarga baho
berayotganimizda, avvaldan muhim narsalarni joyiga qo‘yayotganimizda va
o‘ylayotganimizda, aynan shu ko‘nikmadan foydalanamiz. Biroq u, yakunida
uning sifatini hosil qiladigan boshqa ko‘nikmalardan tashkil topgan.
Tahliliy fikrlashni rivojlantirish uchun, birinchi o‘rinda siz, mantiqning
tuyg‘ulardan ustunligi muhimligini tushunishingiz kerak. Shuning uchun
foydaliroq qarorlarni qabul qilish uchun siz mantiq qonunlari va qarama-
qarshiliklarini o‘rganing. Hamda quyidagi ko‘nikmalarni amalda qo‘llang va
rivojlantiring.
MA’LUMOT
YIG‘ISH.
Ko‘p
odamlar
o‘zlarining
haqliklariga
ishonganliklari uchun butkul axmoqona qarorlar qabul qilishadi. Ulardagi
ma’lumotlar eskirgan, yangilashga esa ularda xohish yo‘q. Shuning uchun bizning
dunyo qanchalik tez o‘zgarayotganini unutmang. Barcha ochiq ma’lumotlarni
yig‘ing, zero, bizning dunyomiz ne’matlarida kamchiliklar yo‘q.
KUZATISH. Siz sinchkov bo‘lishingiz kerak. Doim burningiz ostida bo‘lgan,
siz o‘zingizga tegishli deb qabul qilgan narsalarga e’tibor bering. Buning ustiga bu
faqatgina buyum emas, balki sizning va begonalarning xulq-atvori, har xil istehzoli
holatlar va jumlalarning noodatiy qurilishi bo‘lishi mumkin. Bularni
kuzatganingizda, sizning ichki ovozingiz vaqtinchalik tinchlanadi va sizning
ko‘zlaringiz ko‘rib turgan narsalarni senzuraga yo‘liqtirmaydi.
XULOSA CHIQARISH. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun mantiqni
o‘rganishingiz zarur. Unda o‘zining qonunlari, istisnolari va qaramaqarshiliklari
bor, shunga qaramay, bu fikringizni har qanday bahsda isbotlashingiz uchun ajoyib
manba. Siz boshqalarning mulohazalari mantiqsizligini payqashni va imkon
bo‘lganda ularga buni ko‘rsatishni o‘rganasiz.
RATSIONALIZATSIY. Bu aqlning qonunlarini ishlatishni bildiradi:
induksiya, deduksiya va taqqoslash (qiyoslash). Bu vositalar yordamida siz dalilni
baholashingiz va undagi qadr-qimmatni va kamchiliklarni topa olishingiz mumkin.
REFLEKTIVLIK.Siz muntazam ravishda muammoingizni ikirchikirlaridan
bir qadam orqaga tashlang va manzaraga butunligicha qarang. Nimani
o‘rganganingiz va qanday tajriba ortirganingizni belgilang.
IJODKORLIK. Ijodiy fikrlash kursini o‘rganing. U sizga nafaqat yaratish
tabiatini tushunishni o‘rgatadi, balki mashg‘ulotlar yordamida sizga yanada
ijodkorroq bo‘lishga ham yordam beradi.
TASNIF VA IZCHILLIK.Ma’lumotni g‘alvirdan o‘tkazishni o‘rganish
uchun, element va g‘oyalarni ularning xususiyatiga mos ravishda turkumlang va
tartibga keltiring. Aqliy xaritalarni ishlating.
QIYOSLASH VA QARAMA-QARSHI QO‘YISH. Ikki va undan ortiq
buyum, holat va muammolarning o‘xshashliklari va turlichaligini aniqlashni
o‘rganing. Ularning qimmati va kamchiliklari ro‘yxatini tuzing, keyin ulardan
birini tanlang.
SABAB VA OQIBATLARNI TAHLIL QILISH.Ko‘pchilik odamlar bularni
bir-biridan ajrata olmaydi. Shu tufayli siz uchun birinchi qadam aynan nima sabab
va nima oqibatligini aniqlash ko‘nikmasini egallash bo‘lsin. Ba’zan sabab va
oqibat bir-biriga bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin – demak, siz nimanidir qoldirib
ketgansiz.
SINTEZ. Oldindan bilib bo‘lmaydigan yangi natija olish uchun, ma’lumotni
turli bo‘laklarini yig‘ing va ularni jamlang. Har qanday ijodkorlik aynan shunday
ishlaydi, deyishadi.
BAHOLASH. Muammoning ikki va undan ortiq yechimlarini izlab topishni
va qay biri ko‘proq to‘g‘ri kelishini baholashni o‘rganing.
PROGNOZ QILISH. Bu qiyin jarayon ustida odatda odamlar miyalarini
qotirib o‘tirishmaydi. Ular bir necha soniyalarinigina tahlilga sarflashadi va
endigina o‘zlari o‘ylab topgan kelajakdan kelib chiqib qaror qabul qilishadi. Siz
bunday bo‘lmang, sinchiklab ma’lumotlarni yig‘ing va tahlil qiling. Albatta,
dunyoda minglab omillar bor, lekin siz hech bo‘lmaganda ularning katta qismini
qamrab olishingiz mumkin.
O‘ZINGIZ UCHUN USTUVOR BO‘LGAN NARSALARNI BELGILAB
OLING. Vaqtingizni nimaga va nima sababdan sarflashingizni tushunishingiz
uchun taym-menejmentni (vaqt boshqaruvini) o‘rganing. Yodda tuting, befoyda
narsalarga sarflangan vaqt, aslida qandaydir ma’noli narsaga sarflanib,
hayotingizda burilish yasashi va sizni baxtli qilishi mumkin.
XULOSA QILISH.Bu ko‘nikma odatda umumlashtiruvchi va oxirgi bo‘ladi.
Siz qanday tajriba orttirganingiz, qanday xulosalar qilganingizni anglashingiz va
hammasiga yakun yasashingiz kerak.
Hoynahoy, bu ko‘nikmalarning barchasini birdaniga o‘zlashtira olmasangiz
kerak. Ammo siz to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va mardona harakat qilishingiz uchun
ularni turlicha qo‘llashingiz mumkin. Har bir o‘zlashtirilgan ko‘nikma bilan
sizning fikrlash tarzingiz o‘zgaradi va yaxshilanadi.
Tanqidiy fikrlash va uning mezonlari
YODDA TUTING!
Qo‘yilgan muayyan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish,
boshqalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z fikrini puxta asoslab berish va
himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangan fikr tanqidiy fikr deyiladi.
Umuman, fikrlash psixologik kategoriya bo‘lib, u jarayondir, u shunday
jarayonki, o‘zida biror masala, holat, vaziyat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy fikrlashda:
masalaga ob’ektiv yondashiladi;
ochiq fikrlar rag‘batlantiriladi;
puxta tushunish, o‘zaro samimiyat va hurmat alohida e’tiborga olinadi;
shaxsning erkin fikrlashi uchun keng imkoniyat yaratiladi;
noto‘g‘ri, sub’ektiv fikrlar bayon etilsa, ularning xatoligi asoslantiriladi;
pedagog va talaba o‘rtasida to‘siq bo‘lmaydi;
masala mazmuni talabalarning talablariga mos va aniq tarzda o‘rtaga
tashlanadi;
muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan unumli foydalaniladi;
fikrlar plyuralizmi (rang-barangligi) va qarashlar integratsiyalashadi;
ta’lim pedagog bilan talabalar orasidagi samimiy, ochiq munosabat orqali
amalga oshiriladi;
talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratiladi va mustaqil
ta’lim uchun talabalar tayyorgarlik darajasiga muvofiq interfaol metodlar
tanlanadi va b.
Tanqidiy fikrlashning barqaror ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan yoshlarning,
shuningdek, kattalarning ham tanqidiy fikrlashini shakllantirishning asosiy
maqsadi ijtimoiy, ilmiy va amaliy muammolarni samarali hal qilish uchun fikrlash
kompetensiyalarini kengaytirishdir.
To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
Nima uchun bitta shaxsning o‘zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan bitta
masala bo‘yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Garchi o‘sha qarorning oldingi
o‘xshash sharoitda to‘g‘riligini bilgan bo‘lsa ham? Nega biz qaror qabul qilishda
ikkilanamiz? Nima uchun bir toifa odamlar uchun to‘g‘ri deb hisoblangan qaror
boshqa toifa odamlar tomonidan “to‘g‘ri” bahosini olmaydi? Sharoitlarni,
vaziyatlarni hisobga olgan holda qaror qabul qilish va optimal natijaga erishish
uchun nima qilish kerak?
Shu va shunga o‘xshagan qator savollarga javob topish uchun inson
psixologiyasi xususiyatlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni algoritmik
tarzda qabul qilib ham bo‘lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda sub’ektiv,
psixologik omillarning roli juda yuqoriligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, qaror qabul qilish
jarayonini yengillashtiruvchi ko‘plab qoidalar, amallar va metodlar mavjud. Lekin
har birimiz o‘z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish jarayonida
formallashtirilmagan, sub’ektiv, hatto ko‘pincha intuitiv omillarning roli juda katta
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, qaror qabul qilish ham boshqaruv
nazariyasi, ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Shunday ekan, qaror qabul qilish jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, bir-biridan
juda farq qiluvchi, lekin juda o‘zaro bog‘liq sohani – tashkiliy va psixologik sohani
o‘z ichiga oladi.
Qaror qabul qilish ko‘nikmasi hayotimizda juda muhim hisoblanadi, zero,
aynan qarorlar zanjiri va to‘g‘ri tanlay bilishgina xohlagan natijaga olib keladi.
To‘g‘ri qaror tushunchasi nisbiyligini tushungan holda biz qaror qabul qilish
jarayonini istalayotgan natija nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz. Dastavval, biz
butun qaror qabul qilish jarayonini ikkita muhim bosqichga ajratib olishimiz kerak
bo‘ladi:
QAROR QABUL QILISHGA TAYYORGARLIK. Bu bosqichda
ma’lumot va faktlarni to‘playmiz, tahlil qilamiz, barcha yaxshi va yomon
fikrlarni muqoyasa etamiz, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni modellashtiramiz
va ularni biz xohlangan natija bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlaymiz. Qaror qabul
qilishga tayyorgarlik bosqichida o‘zining bajarilishi shart bo‘lgan qadamlari bor:
Sovuqqon bosh. Murakkab, mas’uliyatli qaror qabul qilish zaruratining o‘zi
stress, muddati shoshilinch bo‘lsachi, unda ikki barobar. Bosim yoki qo‘rquv
ostida qabul qilingan qaror ob’ektiv bo‘lmaydi. Axir istalgan natija – bu bosim va
stressdan qutulishdir. Hissiyotlarga berilmaslik uchun, birinchi navbatda, qaror
qabul qilishning vaqti yoki shoshilinchligiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Muddatning uzaytirilishi ortiqcha zo‘riqishdan xalos etadi va tafakkurimizning
biroz tinchlanishiga yordam beradi. Shoshilinchligini pisand qilmaslik va
hissiyotga berilish ikki xil holatda bo‘lishi mumkin:
Hayot-mamot masalasi turganda, butun umr o‘zini hech narsa qilmaganlikda
ayblagandan ko‘ra, biron bir harakat qilish kerak. Masalan, falokat yuz berdi, siz
yagona yordamga kela oladigan odamsiz, tezda harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Qaror qabul qilish masalasi turmaganda, ya’ni sizga anchadan beri orzu
qilganingizni, hatto bo‘lishini xayolingizga keltirmaganni taklif qilishadi.
To‘satdan martabangizning ko‘tarilishi, sizning startapingizga yirik investitsiya
kiritilishi, orzungizdagi yigit qo‘lingizni so‘rashi.
Qolgan hamma holatlarda sizdan hozirning o‘zida yoki juda qisqa vaqtda
qaror qabul qilish talab qilinganda, muddatning uzaytirilishiga harakat qiling.
Mulohazali qaror qabul qilish uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, xuddi shuncha
vaqtni so‘rang, kam ham emas, ko‘p ham emas. Va, albatta, shu tariqa ortiqcha
quvonch va yoki hayratdan xoli bo‘lamiz, chunki ortiqcha hissiyot sizning
sezgirligingizga xalal berib, suv osti toshlarini, hatto yuzaga chiqib turganlarini
ham ko‘zdan qochirishi mumkin.
Oraliq joylarni to‘ldiramiz. Shoshilishga hojat yo‘qmi, ma’lumot yig‘ishga
o‘tamiz. Agar sizga yechim noma’lum bo‘lsa, demak, nimani afzal ko‘rishingizni
aniq bilmaysiz. Ko‘p hollarda bu kutilayotgan natijani oldindan aytish uchun
ma’lumotlar yetarli emasligini bildirishi mumkin. Yoki sizdagi mavjud faktlar
bilan xohlangan natijaga erishib bo‘lmasligini tushunish mumkin. Masalan, siz
boshqa
mamlakatga
ishingizni
o‘tkazishni
xohlaysiz,
lekin
sizning
ixtisosligingizga u yerda talab bor yoki yo‘qligiga, maosh darajasiga yoki
xohlaganda orqaga qaytish mumkinligiga ikkilanyapsiz. Ma’lumotlar to‘plashga
berilib ketmaslik kerak. Ba’zan ortiqcha ma’lumot qaror qabul qilishga halaqit
beradi. Qancha ko‘p yangi ma’lumot olsak, tanlash shuncha qiyin bo‘ladi, chunki
har bir fakt tenglamadagi o‘zgaruvchan qiymatga o‘xshaydi va natijaga ta’sir
qilishi mumkin.
To‘g‘ri
yo‘nalishni tanlaymiz. Endi ortiqcha hissiyotni nari qilib,
yetarli ma’lumotni to‘pladik, asosiy, eng muhim mezonlarni tanlaymiz va
shulardan kelib chiqib qaror qabul qilamiz. Va qaror qabul qilishga bir
qadam qolganda, albatta, o‘z hayotiy qadriyatlarimizni esga olishimiz zarur.
Siz uchun hayotda haqiqatan nima muhim? Nima uchun sizga shu qarorni qabul
qilish muhim va zarur? Qarorlarning qaysi biri sizning qadriyatlaringizga eng ko‘p
mos keladi va sizni qo‘llaydi?
QAROR QABUL QILISH. Ba’zan tayyorgarlik jarayonining o‘zidayoq
qarorni qabul qilamiz. Agar qabul qilmagan bo‘lsak ham zarari yo‘q.
Ko‘pchiligimiz qaysidir bitta ideal natijaga butkul ko‘z tikamiz va ko‘pincha
boshqalarini unutib qo‘yamiz.
Har doim 2 tadan ortiq variant bo‘ladi. Bizning miyamiz hamma narsani oq
va qoraga, ha va yo‘qqa bo‘lib o‘rgangan. Va ko‘pincha mazkur strategiya qaror
qabul qilish jarayoniga ham ta’sir qiladi. Biz oldimizda ikkita varintni ko‘ramiz –
amalga oshishi mumkin va mumkin bo‘lmagan. Lekin qachon biz bu tanlovga
xohlanayotgan natija nuqtai nazaridan qarasak, bizning oldimizda qator variantlar
namoyon bo‘ladi, masalan, biz qarorning o‘z muqobil variantimizni ilgari
surishimiz mumkin. Misol aytsak, choy yoki qahva ichishni hal qilish uchun
o‘zimizdan so‘rashimiz mumkin: qanday natijaga erishmoqchiman?
Men tetiklashish, isinish, dam olishni xohlaymanmi yoki shunchaki
ichishnimi? Va javobdan kelib chiqib qaror qabul qilinadi: qahva, choy, kakao yoki
suv ichish.
Ikki xat. Agar siz ikkita variantda to‘xtagan bo‘lsangiz, ularni ikkita tonnel
tarzida tasavvur qiling. Xayolan o‘zingizni avval 1-tonneldan yurib, uni
o‘rganayotgandek his qiling, tasavvur qilib ko‘ring: agar siz 1variantni tanlasangiz,
voqealar qanday davom etishini tonnelning oxirigacha borib ko‘ring, sizni u yerda
nima kutyapti. Muhimi, shoshilmang. Butun yo‘lingiz va uning natijasini qog‘ozga
yozing. So‘ng xuddi shuni qarorning 2-varianti bilan qiling. Maksimal darajada
konkret bo‘ling va detallarga e’tibor qarating, shoshilmang. Yozganlaringizni
3-4 kunga ko‘zdan nari qiling (agar muddati bemalol bo‘lsa, ko‘proqqa),
chalg‘ing va qaror haqida o‘ylamaslikka harakat qiling. Keyin ikkala xatni olib
o‘qing, endi u yoki bu qaror qaysi natijaga olib kelishini bilasiz. Tanlash oson
bo‘ladi.
10/10/10 qoidasi. Oddiy, lekin qaror qabul qilishning ta’sirli usullaridan biri.
Sizning qaroringiz uni qabul qilganingizdan 10 daqiqa o‘tgandan keyin qanday
natijaga olib kelishini o‘ylab ko‘ring, 10 soat, 10 oy yoki 10 yil o‘tgandan keyin-
chi? Bu jarayonning oddiy va tushunarli bo‘lishiga qaramay, uni ham xotirjam,
shoshmasdan bajarish kerak, aks holda natija noto‘g‘ri bo‘ladi.
Niqob metodi. Bir qarashda hamma variantlar istalgan natijaga zid emas,
lekin bittasini tanlash zarur, buning uchun quyidagilarni qilish kerak. Sizning
hurmatingizdan foydalanadigan, qadriyat va ustun jihatlaringiz o‘xshash bo‘lgan
odamni xayolan tasavvur qiling. Bu hatto to‘qima personaj, bizning davrimizda
yashayotgan yoki o‘tmishdagi asar qahramoni bo‘lishi ham mumkin. U sizning
o‘rningizda bo‘lsa, qanday qaror qabul qilgan bo‘lardi, tasavvur qilib ko‘ring. Bu
usulda siz birmuncha vaqt qabul qilinadigan qaror uchun og‘ir mas’uliyatni
zimmangizdan olasiz va tashqaridan bunga qarab ko‘rasiz.
Maslahatlashish. Kim bilan maslahatlashishni o‘zingiz tanlang, buning uncha
ahamiyati yo‘q, chunki oxir-oqibat qarorni baribir siz qabul qilasiz, boshqa
odamning fikri, hatto sizning masalangizga daxli bo‘lmasa ham, sizga shunchaki
yangi fikr olishga yordam beradi yoki yangi bir g‘oyaning yuzaga chiqishiga turtki
bo‘ladi. Agar siz qaroringiz sir bo‘lib qolishini xohlasangiz, unda sizning
oldingizda kimga ishonib, maslahat olish mumkinligi masalasi turadi, bu esa
qo‘shimcha qiyinchilik. Buning sizga kerakmi-yo‘qligini hal qilish yana sizga
qoladi. Lekin maslahatni faqat sizga tanish odamdan olish shart emas. Bu yerda
ham Niqob usulidan unumli foydalanish mumkin, ya’ni xayolan o‘z savolingizni
o‘z orzungizdagi insonga yoki siz hurmat qiladigan insonga, yig‘ma obrazga yoki
asar qahramoniga yuborib, u sizga qanday maslahat bergan bo‘lishini tasavvur
qilish mumkin.
To‘g‘ri qaror qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid maslahat va tavsiyalar:
Hayotda qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni bilish har doim foydali.
Lekin bunday kompasni qayerdan topish mumkin? To‘g‘ri qarorlar qabul qilishni
qanday o‘rganishni aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz.
Shunday kun keladiki, ushbu ko‘nikmalar sizga juda yordam beradi, ayniqsa,
sizni sog‘ligingizga, baxt-saodatingizga, iqbolingizga va hattoki sizning
hayotingizga bog‘liq bo‘lgan tezkor qaror qabul qilish kerak bo‘lganda.
Mehnat va oldi-sotdi bozorida raqobatning kuchayishi bizdan nostandart va
ijodiy qarorlarni, zehn bilan yondashishni va nostandart fikrlarni talab qiladi.
Sizning malakangiz darajasi sizning hayotingiz darajasini aniqlab beradi.
To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari hayotimiz davomida bizga xizmat
qilib kelsa, ishda ham, turmushda ham muvaffaqiyatga erishishimiz tayin.
Shuning uchun ham o‘z ustingizda muntazam ish olib borishingiz kerak. Bu
borada quyidagi qator maslahat va tavsiyalar bilan tanishib chiqing va kundalik
hayotingizda amal qilishni odat qilib oling:
doimo malakangizni oshiring;
o‘z o‘y-fikrlaringizni o‘zgartirishni o‘rganing, konservativ bo‘lmang;
atrofingizdagi muhitni yorqin va toza timsollar bilan to‘ldiring;
mayda narsalarga e’tibor bermang, arzimagan narsalarga jahlingiz chiqmasin;
boshqalarni sizga qaratilgan tanbehlarini xotirjamlik bilan qabul qiling,
o‘zingizni tanqid qila oladigan bo‘ling;
hech qachon uchrashuvlarga kech qolmang, yaxshisi ertaroq keling.
Dostları ilə paylaş: |