8-MAVZU. BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR HAMDA QARZLAR HISOBI.
O‘UM, Byudjet kodeksi va boshqa kerakli ma’lumotni o‘rganib qo‘yidagi topshiriqlar bajarish kerak.
SAVOLLAR 1. Budjet ssudalari nima maqsadda beriladi?
2. Budjet ssudalari hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
3. Budjet ssudalarini qoplash yo‘llarini tushuntirib bering?
4.Budjet ssudalari bo‘yicha operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ko‘rsatib bering?
5. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi xaqida nimalarni bilasiz?
6. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
7.Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini aks ettiruvchi buxgalteriya schyotlarini hususiyatlarini sharhlab bering?
8.Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini tushuntirib bering?
1-Topshiriq Byudjet ssudasini ajratilishi tartibini klaster (jadval, chizma) ko`rinishda aks ettiring.
Javoblar 1. Budjet ssudalari nima maqsadda beriladi? Daromadlar tushumi bilan xarajatlaning amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtincha kassa uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalari amalga oshirishga berilishi mumkin.
2. Budjet ssudalari hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering? Byudjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet ssudasi oluvchi moliya organi bilan byudjet ssudasi beruvchi moliya organi o’rtasida tuzilgan “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma” asosida beriladi va qaytariladi. Byudjet ssudasi tegishli byudjetdan to’lov topshiriqnomasini tuzib byudjet ssudasi olayotgan byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvarag’i”ga o’tkazib berish yo’li bilan amalga oshiriladi.