8-mavzu. Ms exsel dasturida axborot komplekslarida qaror qabul qilishga doir iqtisodiy- moliyaviy masala yechish texnologiyasi. Nazariy qism: Ma‘lumotlarni tahrir qilish



Yüklə 44,72 Kb.
səhifə1/3
tarix04.11.2022
ölçüsü44,72 Kb.
#67347
  1   2   3
8-mavzu


8-mavzu.
MS Exsel dasturida axborot komplekslarida qaror qabul qilishga doir iqtisodiy- moliyaviy masala yechish texnologiyasi.

Nazariy qism:


Ma‘lumotlarni tahrir qilish.
Jadvaldagi ma‘lumotlarni tahrir qilish. Agar jadvaldan tahrir qilinadigan katak tanlab olinsa, formulalar qatorida, agar katakni qo‘shaloq chertilsa, bevosita katakning o‘zida amalga oshirish mumkin. Jadvaldagi ma‘lumotlarni tahrir qilish odatdagi matn hujjatlarini tahrir qilishdan hech narsasi bilan farq qilmaydi. Agar ma‘lumotlar katakda to‘liq birlashtirilsa, bunday holda uni jadvaldan tanlash va yangitdan terishni amalga oshirish kifoya qiladi.

Ish varaqlarini formatlash.


Formatlash deganda jadval kataklarining ko‘rinishini turli xilda o‘zgartirish, tekislash, shriftni rangini o‘zgartirish va shu bilan bog‘liq ko‘plab boshqa harakatlar tushuniladi. Katakka nisbatan qo‘llaniladigan formatlarning ko‘pchiligi Format menyusida, shuningdek, formatlash panelida joylashgan. Formatlash paneli formatlashning quyidagi turlarini taklif qiladi:
 shriftni tanlash;
 shriftning o‘lchami;
 chizish usuli;
 tekislash;
 birlashtirish va markazga joylashtirish;
 pul va foiz bichimi;
 bo‘luvchilari bo‘lgan bichim;
 razryadlikni oshirish yoki kamaytirish;
 chekinishni ko‘paytirish va kamaytirish;
 jadvalning chegaralarini o‘rnatish;
 orqa fon rangi;
 shriftning rangi.
Bu tugmalar bilan ishlash hujjatning muharririda ishlashga o‘xshashdir, shuning uchun EXCEL da ixtisoslashtirishga e’tiborni qaratamiz.

Format menyusi:


Format menyusi formatlash uchun quyidagi buyruqlarni taklif qiladi:
 kataklar;
 satrlar;
 ustunlar;
 avtobichim;
 formatlash shartlari;
 uslub (stil).
Katakning bichimi buyrug‘i tanlanganidan so‘ng ekranda darcha paydo bo‘ladi.
Bu darchaning ilovalari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
A) Raqam – bichimlari tegishli ro‘yxatda keltiriladigan raqamlarni formatlash uchun.
B) Tekislash – маtnni tekislash, shuningdek, uni mo‘ljal oldirish uchun.
C) Shrift – shriftni, uning chizilishini, o‘lchamini, ta’kidlash chiziqlarini, shriftning rangini, shuningdek tepa va quyi indeksini samarasini tanlash uchun.
D) Chegara – tanlangan diapazonni to‘ri (setkasi)ni, chiziqlar tipi va rangini, shuningdek, jadvalning alohida kataklarni formatlash uchun. Gap shundaki, jadvalning siz ko‘rib turgan to‘ri faol emas va u chop etishga chiqarilganida u ko‘rinmaydigan bo‘lib qoladi.
YE) Tur – fonning, shuningdek, katakning quyilish rangini taklif etilayoitgan rang palitrasi bo‘yicha tanlash uchun.
F) Himoya – Himoya qilinadigan katak va formulalar yashirilsin bayruqchasini o‘rnatish uchun.




Yüklə 44,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin