9- bob. Raqamli kada



Yüklə 352,95 Kb.
səhifə1/5
tarix03.02.2023
ölçüsü352,95 Kb.
#82683
  1   2   3   4   5

9- BOB. RAQAMLI KADASTR KARTALARINI TUZISHNING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLARI

    1. Yerlarni inventarizatsiyaqilish bo‘yicha kompleks ishlarda raqamli kadastr kartalarini tuzishning texnologik sxemasi va echimlari

Aerofototopografik syomka metodini qo'llash yordamida yerlami inventarizatsiyalash bo'yicha ishlar kompleksida raqamli kadastr kartalarini tuzish quyidagi texnologik jarayonlami o'z ichiga oladi:

  • tayyorgarlik ishlari;

  • aerofotosyomka;

  • planli-balandlik aerofotosyomka materiallarini tayyorlash, tayanch to'mi tuzish;

  • aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash;

  • kameral karta tuzish ishlari.

Asosiy texnologik jarayonlardan ayrimlami qarab chiqamiz. Tayyorgarlik ishlari quyidagilami o'z ichiga oladi;

  • ma'muriy bazani tayyorlash;

  • arxiv ma'lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va tizimlashtirish;

  • kadastr zonalashtirish ma'lumotlarini yig’ish va tahlil qilish;

  • yerdan foydalanuvchilar va huquqiy subyektlar ro'yxatini tayyorlash;

  • deshifrovka materialida yig’ilgan ma'lumotlami tasvirlash.

Ma'muriy bazani tayyorlash va qayta ishlash ma'muriyat bilan hamkorlikda o'tkaziladigan bir qator tadbirlami o'z ichiga oladi:

  • - shaxarda, rayonda yerlarni inventarizatsiya qilish ishlarini olib borish haqida mahalliy boshqaruv organlarining topshiriqlari;

  • - mahalliy matbuot va radioda shahar yoki rayonda yerlami inventarizatsiya qilish ishlari olib borilayotganligi haqida e'lon berish;

  • - mahalliy boshqaruv organlari qoshida yerlami inventarizatsiya qilish bo'yicha vaqtinchalik komissiyani shakllantirish.

Aerofotosyomka kadri 23x23 formatdagi topografik aerofotoapparat yordamida olib boriladi. Aholi punktlarini yirik masshtabli planlarini tuzishda siljuvchi tasvirli aerofotoapparatni qo'llash kerak. Planli-balandlik aerofotosuratlarini tayyorlashda dala ishlari hajmini qisqartirish uchun ikki chastotali fazali qabul qiluvchilar ishlatiladi, rasmga tushirish markazini koordinatalarini aniqlovchi GPS metodlar qo'llaniladi. Planli-balandlik aerofotosyomka materiallarini tayyorlash, tayanch to'rini chizish, shuningdek aholi punktlari chegaralari dala geodezik ishlari kompleksini o'zida mujassamlashtirgan. Belgilaming balandliklarini bog’lovchilari aerofotosuratlami ortotransformirlashda qo'llaniladigan rel’efning raqamli modelini olish uchun bajariladi. Shu sababli, belgilami balandligini aniqlashda talab qilinadigan aniqlik nuqtalarining ortofotoplandagi ruxsat etilgan xatoligi bo'yicha beriladi. Belgilaming planli-balandlik bog’lovchilari va ular bilan birgalikda hududning chegarasidagi nuqtalar GPS metodlar yordamida aniqlanadi, shuningdek elektron taxeometr va b. Vositalar yordamida ham bajariladi.
Aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash quyidagi asosiy jarayonlami o'z ichiga oladi;

  • tayyolrgarlik ishlari;

  • aerofotosuratlami skanerlash;

  • fotogrammetrik loyiha tuzish;

  • fototriangulyatsiya usuli bilan tanyach nuqtalar turini fotogrammetrik jipslashtirish;

  • suratlami ortotransformirlash uchun rel’efhing raqamli modelini yaratish;

  • suratlami bir masshtabga keltirish va ortofotoplanlami montaj qilish.

Raqamli kartografik malumotlarni qayta ishlash. Raqamli kartografik ma’lumotlami qayta ishlash yuqori toifali, GIS dasturiy vositalarini yaxshi biladigan mutaxassislar tomonidan bajariladigan raqamli kartalar tuzish bo‘yicha kameral ishlaming mustaqil muhim bosqichidir. Ayrim hollarda bu bosqichni muhimligini to‘g‘ri baholamaslik ishning to‘liqligiga halaqit beradi. Ish o‘rinlarida qayta ishlanadigan chiquvchi ma’lumotlar bo‘lib:

  • ob’ektlar konturining vektorli modelidan iborat bo‘lgan grafik fayllar;

  • semantik ma’lumotlardan iborat bo‘lgan fayllar yoki MB jadvallari;

  • deshifrovka materiallari va chiquvchi kartografik materiallar;

  • ortofotoplanlarni rastrli fayllari;

  • ramka chetlarini jihozlash fayllari.

Grafik fayllarda grafik ob’ektlar bilan ob’ektlar jadvali va ayrim hollarda ma’lumotlar bazasi atributlar jadvalining aloqadorligi yoziladi. Ulami qayta ishlashdan maqsad yakuniy mahsulot sifatida MGE raqamli kartalarini tuzish, ulami nashrga tayyorlash va karta hamda ortofotoplanlami qattiq qog‘ozga nashr qilish. MGE raqamli kartalari muhim talablarga javob berishi kerak. MGE raqamli kartalariga qo‘yilgan talablar. Barcha grafik fayllar uchun yagona koordinatalar sistemasi o‘matilgan bo‘lishi kerak. Barcha grafik ob’ektlar ma’lumotlari keltirilgan va “tikilgan” bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, turli chiquvchi fayllardagi har xil grafik ob’ektlar bilan ko‘rsatilgan ob’ektlar konturi mos kelishi kerak. Agar ulami qismlari bir biriga mos kelsa, ular birlashtiriladi. Ob’ektlar jadvalida kartada tasvirlanishi kerak bo‘lgan barcha ob’ektlar keltirilishi zarur. Atributlar jadvalida o‘matilgan formatlarga mos holda kartalashtirilayotgan ob’ektlar xarakteristkasi, o‘lchov birliklari va ruxsat etilgan belgilar to‘liq va aniq qilib yoziladi. Barcha grafik ob’ektlar MB ob’ektlar jadvaliga silka qilinishi kerak, bunda bir nechta kartalashtirilayotgan ob’ektlar chegarasi hisoblanuvchi har bir chiziqli ob’ekt silka raqamiga mos kelishi kerak. Agar ob’ekt xarakteristikaga (tavsifga) ega bo‘lsa, atributlar jadvaliga ham silka bo‘lishi zarur.

  • Ob’ektlar jadvali atributlar jadvali bilan aloqada bo‘lishi kerak.

  • Grafik fayllardagi vektorli ma’lumotlar tipologik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi kerak, aynan:

  • - grafjik ob’ektlar bir birini takrorlamasligi kerak;

  • - chiziqli ob’ektlarda uzilishlar bo‘lmasligi kerak;

  • - maydonli ob’ektlar chegaralari hisoblanuvchi chiziqlar kesishmasi tarmoqlar shaklida bo‘lishi kerak;

  • - maydonli ob’ektlar chegarasi yopiq bo‘lishi kerak;

  • -maydonli ob’ektlar chegarasini shakllantirish uchun qo‘llaniladigan chiziqli grafik ob’ektlar va ular bilan kesishadigan boshqa chiziqli ob’ektlar mustaqil grafik ob’ektlarda berilishi kerak;

  • - chiziqlami oxiri “bo‘sh” qolmasligi kerak, ya’ni chiziqlami oxiri boshqa chiziqlar bilan tutashishi kerak.

Kartografik ob’ektlami tuzish - qayta ishlashning asosiy jarayoni sanaladi. U grafik faylni shakllantirishda zarur bo‘ladigan barcha ob’ektlar jadvaliga silka qilingan grafik ob’ektlar, shuningdek ob’ektlar jadvaliga silka qilingan maydonli ob’ektlar sentroidlarini tuzishda qo‘llaniladi. Vektorlash yoki stereo syomka natijasida olingan grafik ob’ektlar ob’ektlar jadvalining faqat bittasiga silka qilinadi, ammo raqamli kartalardagi ma’lumotlami tipologik modelning chiziqli grafik ob’ektlari barcha ob’ektlarga silka qilinishi kerak. Maydonli ob’ektlar vektorlash vaqtida umuman yozilmaydi, lekin syomka qilish yoki vektorlash vaqtida bevosita faqat chiziqli ob’ektlar keltiriladi.
Tavsif xususiyatlarini kiritish avtomatik tarzda va qo‘lda bajariladi. Mos keluvchi atributlar jadvaliga barcha tavsiflaming xususiyatlari kiritilgan bo‘lishi kerak. Raqamli kartaga qo’yiladigan talablar. Raqamli karta - bu ma’lum ma’noda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlaming tartibga tushgan to‘plami bo‘lib, er yuzining qabul qilingan koordinatalar tizimidagi raqamli modelini ifodalaydi.
Joy ob’ektlarining hamma zarurli komponentlarini ifodalovchi axborotni talqin qilish, metrik va semantik ma’lumotlar to‘plami raqamli karta sifatida qabul qilinishi uchun ular qator talablarga javob berishi kerak. Hozirgi paytda hatto Rossiyada ham Er kadastrida ham raqamli kartaning sifatiga talablar qo‘yadigan hech qanday standartlar yo‘q. Roskartografiyada tarmoq standartida OST 68-34-98 “Raqamli topografik kartalar. Raqamli topografik kartalar sifatiga talablar” bor. Unda 1:10000 va undan mayda masshtabli dastlabki kartografxk materiallar asosida yaratiladigan raqamli kartalarga qo‘yiladigan asosiy talablar keltirilgan.
Mazkur standartda topografik kartalar sifatiga, ya’ni raqamli kartaning toiiqligi; raqamli kartaning aniqligi; ob’ektlar va tavsifnomaning to‘g‘riligi; raqamli karta va unda keltirilgan ob’ektlarni kartografik tuzilishi mantiqan to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kabi asosiy talablar berilgan.
Ushbu ko‘rsatgichlarga birinchi navbatda kelishi zarur bo‘lgan yana bir ko‘rsatkichni - raqamli kartada mavjud bo‘luvchi, ma’lumotlaming metrik
komponentini tashkil etadigan, vektor ma’lumotlaming topologik jihatdan mos kelishligini qo‘shib qo‘yish kerak.
Topologik jihatdan mos kelishlik - bu vektor ma’lumotlaming topologik xossalariga qo‘yilgan barcha talablarni qanoatlantirishidir. Topologik moslikning talablari raqamli karta tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar turkumiga bogiiq ravishda o‘zgarishi rnumkin, ammo barcha holatlarda ular aniq ifodalangan bo‘lishi shart. Barcha vektorli raqamli kartalar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vektorli ma’lumotlaming topologik mosligiga quyidagi umumiy talablarni belgilash mumkin.
Maydonli ob’ektlar chegaralari yopilgan bo‘lishi kerak, ya’ni kontuming dastlabki nuqtasi koordinatalari oxirgi nuqta koordinatalari bilan bir xil boiishi kerak;
Elektron kartalar metama’lumotlari - bu elektron kartaning mazmuni, hajmi, ma’lumotlari fazoviy joylashishi, sifati (aniqligi, to‘liqligi, ishonchliligi, zamonaviyligi va boshqa tavsifnomasini ifodalovchi ma’lumotlar, shuningdek, elektron kartalarni tuzish yoki uni yangilashda qo‘llaniladigan geodezik, gravimetrik, fotogrammetrik va kartografik ma’lumotlar hamda elektron kartalardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Ushbu standartlarga mos ravishda metama’lumotlar fazoviy ma’lumotlaming nihoyatda to‘la umumiy tavsifnomasiga ega bo‘lishi kerak va quyidagi axborotlami o‘z ichiga olmog‘i lozim:

  • metama’lumotlarni bergan tashkilot;

  • raqamli kartani tayyorlovchi tashkilot;

  • ma’lumotlar sifati (aniqligi, to‘liqligi, generalizatsiya mezonlari;

  • mahsulot turi izoxlangan matn;

  • manbalami, dastlabki ma’lumotlami to‘plash usuli;

  • koordinatalar tizimi, kartografik proeksiya va ellipsoid;

  • kartaga olinayotgan xudud haqida ma’lumotlar va boshqalar.

Shuni aytib o‘tish joizki, mazkur standart metama’lumotlar mazmuniga umumiy talablarni qo‘yadi. Afsuski, raqamli kartalar pasporti mazmuni mukammal holatda qandaydir me’yoriy hujjatlar bilan cheklanmagan.
Raqamli karta tarkibining ob’ektiv to‘liqligi - bu joydagi real borliqga mos ravishda hamma talab etilgan qoidalarga mos holda kartaga olinayotgan ob’ektlarining tasnifi bo‘yicha raqamli kartada tasvirlanishidir. Ob’ektlar uchun klassifikatorlar talablariga mos ravishda qiymatlar keltirilgan bo‘lishi lozim.
Raqamli kartaning aniqligi - uning metrik axborotlarda ob’ektlar konturlari nuqtalari koordinatalarining aniqligi bilan ifodalanadi. Me’yoriy texnik hujjatlar talablarida aniqlik ko‘rsatkichi sifatida ob’ektlar konturlari nuqtalari koordinatalari ularga yaqin joylashgan nuqtalarga nisbatan planli o‘mining o‘rtacha kvadratik xatoligi qiymati orasidagi farq olingan. Hozirgi paytda amaldagi me’yoriy texnik hujjatlar ruxsat etilgan o‘rtacha kvadratik xatoni 0,5 mm deb belgilagan. Ob’ektlar identifikatsiyasi va tavsiflaming to‘g‘riligi - bu raqamli karta tuzilishida klassifikatorga mos ravishda ob’ektlar identifikatsiyasi, kodi va tavsifnomasining to‘g‘riligidir.
Raqamli kartaning tarkibi va undagi ob’ektlami ifodalashning mantiqiy muvofiqligi - bu ma’lumotlar uchun foydalanilgan mantiqiy modellar va formatlaming talablarni qanoatlantirishidir. Agar gap mahsulotni iste’molchiga uzatish haqida ketayotgan bo‘lsa, unda bunga ma’lumotlami almashishni ham kiritish zarur, bu ko‘rsatgich yana ma’lumotlar yaxlit yoki bir-biriga zid emasligini bildiradi. Bu juda muhim ko‘rsatkich (lekin unga ko‘p hollarda e’tibor berilmaydi), ma’lumotlar yaxlitligi (bir butunligi) xatolikni aniqlaydi, lekin u ko‘p hollarda sermehnat va mashaqqatli jarayon hisoblanadi
Yer kadastrini informatsion asosini tuzishni ta`minlovchi, joydagi yer-kadastr ishlarini asosiy xillari bo‘lib, yer inventarizatsiyasi va kadastr kartografiyasi sanaladi. Bu ishlar bir-biridan ajralmaydi, ular uchun kiritiladigan ma’lumotlar umumiy, inventarizatsiya va kadastr kartografiyasi ishlari tarkibiga kiruvchi ayrim dala ishlari bir vaqtda olib borilishi mumkin. Joyning inventarizatsiyasi va kadastr kartografiyasi bo‘yicha ishlarning natijalari kadastr kartalari va yozma inventarizatsion materiallar shaklida ko‘rsatiladi.
Kadastr kartografiyasi – bu rayon yoki aholi punktini kadastr karalarini tuzish bo‘yicha bajariladigan kompleks tadbirdir.
Kadastr kartalari va yozma inventarizatsion materiallar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik yer uchastkalari identifikatorlari vositasida amalga oshadi. Inventarizatsiya va kadastr kartografiyasi bo‘yicha ish bajarilayotganda bunday identifikatorlar sifatida yer uchastkalarining identifikatsion raqamlari, davlat kadastri ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlar kiritilayotganda esa kadastr raqamlari ishlatiladi.
Shunday qilib, kadastr kartalari inventarizatsiya va kadastr kartografiyasi bo‘yicha yer-kadastr shlarini bajarish vaqtida qo‘lga kiritilgan mahsulotlardan biri sanaladi va yer kadastrini informatsion asosining kartografik komponentini o‘zida namoyon qiladi. Kadastr kartasi yer inventarizatsiyasi, yer uchastkalarining joylashgan o‘rnini, ularni chegaralari va maydonini aniqlashda ishlatiladi.

9.1.1-rasm. Kadastr kartalari va planlarni tuzishda aerofototopografik syomka metodini qo‘llash texnologiyasi.
Kadastr kartalari va planlarda hududning maydoni (rayon,aholi punkti) ko‘rsatiladi, shuning uchun kadastr kartalari va planlar ko‘proq aerofototopografik syomka metodida tuziladi. Qurilgan hududlar uchun stereotopografik metod qo‘llanilsa, qurilmaganlari uchun ortotopoplanli syomka qo‘llaniladi. Qurilgan hududlarni syomka qilish uchun har ikkala metodni qo‘llasa bo‘ladi, bunda binolar va baland imoratlar stereofotogrammetrik yo‘l bilan olinsa, qolgan ob’yektlar ortofotoplanli metod yordamida olinadi. Ayrim hollarda kichikroq hududlarning planlarini tuzish uchun 1:2 000, 1:1 000 va 1:500 masshtablarda taxeometrik, teodolitli yoki menzulkali syomkalar qabul qilinadi.
Yuqorida kadastr kartalari va planlarni tuzishda aerofototopografik syomka metodini qo‘llash texnologiyasini qarab chiqamiz(9.1.1-rasm). Aerofotosyomka materiallari qatorida, mavjud kartografik materiallar va konturli ob’yektlarning vektorli modeli shaklidagi dala syomkasi natijalari ham ishlatiladi.
Rasmda zamonaviy GIS texnologiyasini qo‘llash yordamida kadastr kartalari va planlarni tuzish bo‘yicha qilinadigan ishlarning umumlashgan texnologik sxemasi ko‘rsatilgan. Bu texnologik sxemada aerofotosyomka materiallari asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi, GIS texnologiyani qo‘llash esa fotogrammetrik va karta tuzish kabi kameral ishlar bilan chegaralangan.
Ushbu texnologik sxemada joyning kadastr syomkasini o‘tkazish kadastr kartografiyasi va inventarizatsiya jarayonlarini birligini ko‘rsatadi, hamda quyidagi zamonaviy metod va printsiplar asosiga quriladi:

  • rasmga olinadigan joyning koordinatalarini aniqlash va navigatsiya uchun GPS – sistemasi qo‘llaniladigan aerofototopografik syomka metodi;

  • fotogrammetriyaning raqamli metodalari;

  • raqamli kartalashtirish metodi va GIT texnologiya;

  • mustaqil mahsulot shakli sifatida raqamli kadastr kartalarini olish;

  • turli manbalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, qayta ishlash; ortofotoplan ish materilidan inventarizatsiya o‘tkazish uchun foydalanish.

Biz kadastr kartalarini tuzishni texnologik jarayonlarini tashkil etishning bitta variantini qarab chiqdik. Boshqa variandagi texnologik sxema yuqoridagisidan farq qiladi. Deshifrovka o‘tkazish paytida ortofotoplandan emas,balki kattalashtirilgan aerofotoplanlardan foydalaniladi.

9.1.2-rasm. Kadastr kartalarini tuzishni texnologik jarayonlarini tashkil etishning 2- variant.
Har ikkala variantning texnologik sxemasi uchun mos holda ob’yektlar konurini syomka qilishda dala tadqiqotlari va deshifrovka o‘tkazishda stereoskopik yoki ortofotoplanlarni qo‘llash xarakterlidir. Bunda barcha ob’yektlar konturlari amalda ikki martadan o‘tkaziladi, takrorlanadi: birinchi deshifrovka jarayonida, ikkinchi marta esa stereosyomka yoki ortofotoplanlarni vektorlash jarayonida, yoki boshqa holatda birinchisida – qog‘ozga tush bilan, ikkinchisida esa – monitorda raqamli shaklda ko‘rish mumkin. Bunday yondashish ortiqcha mehnat talab qiladi. Shu sababli, aholi punktlari uchun kartalar tuzish bo‘yicha boshqacha yondashishni taklif qilish mumkin.
Dastlab, stereojuftlik yoki aerofotosurotlarni kameral deshifrovkasi raqamli texnologiyalarni va raqamli fotogrammetrik stantsyalarni qo‘llash yordamida bajariladi. Deshifrovka natijasida masshtabga mos keluvchi, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan kartalar, deshifrovka qilinayotgan ob’yektlar konturining vektorli modeli tasvirlandi. So‘ngra bu vektorli model toza asosga (qog‘ozga) ish abrisiga plotterda chiziladi. Bu ish abrisi dala tadqiqotlarida ishlatiladi.
Dala tadqiqotlariga chiqishdan oldin kameral deshifrovkaning aniqligi va to‘liqligi tekshiriladi, kerak bo‘ladigan to‘g‘rilashlar va dala syomkalari natijalari kiritiladi. Dala tadqiqotlari natijalari raqamli karta (plan) tuzish maqsadida raqamli kartografik ma’lumotlarni kameral qayta ishlash uchun qo‘llaniladi. Bunday yondashish ortaqcha mehnatni kamaytirbgina qolmasdan, balki mahsulotni sifatini ham oshiradi. Bu asosan stereoskopik syomka qo‘llanilayotganda seziladi.
Birinchidan, ekranda stereoskopik deshifrovka oson bajariladi, stereospik tasvirlar yakkalik tasvirlarga qaraganda yaxshi deshifrovka qilish imkoniyatlariga ega.
Ikkinchidan, ekranda tasvirni dinamik masshtablashtirish mumkin; kerak bo‘lganda fotometrik tarkibni (kontrast, yorqinlik) almashtirish va o‘zgartirish mumkin.
Uchinchidan, oddiy deshifrovka vaqtida xato qilish ehtimoli kattadir. Agar vektorlash deshifrovkadan keyin qilinsa, vektorlovchi konturni qanday qilib vektorlash, deshifrovka qilingan materialda qanday ko‘rsatilganligiga e`tibor qaratish kerak. elektr uzatish liniyalari ustunlari,relef shakllari (gorizontalsiz) kabi ob’yektlarning holati umuman aerosuratlarni stereoskopik kattalashtirgandagina xatosiz aniqlanishi mumkin.
Shuni aytish kerakki,yuqoridagi barcha variantning texnologik sxemasini dala tadqiqotlari jarayonida portativkompyuter yordamida ro‘yobga chiqarilishi mumkin.


    1. Yüklə 352,95 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin