9 aprel Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur (1336-1405 yil) tavallud kuni Buyuk sohibqiron



Yüklə 10,5 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü10,5 Kb.
#122371
Amir Temur tavalludiga bagʻishlangan tadbir ssenariysi


9 aprel - Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur (1336-1405 yil) tavallud kuni

Buyuk sohibqiron
(Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi)


Maqsad: Amir Temur hayoti haqidagi tushunchalarni kengaytirish, Amir Temurning davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida tushuncha berish. Biz Temur avlodi va uning ezgu ishlari davomchisi ekanligimizni anglatish. Milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish.


Tadbirning borishi: Tadbir o‘tkaziladigan sahnaga “Amir Temur-buyuk sohibqiron”, “Biz Temur avlodimiz”, “9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun” kabi so‘zlar yozib qo‘yilgan.
Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.


1) Ustoz: Amir Temur faoliyatiga oid maʼlumotlar beradi.


Boshlovchi:
Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi-ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Jismi payvand bo‘lsin bugun o‘zbekning!
– Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan
Nasli ulug‘ bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Rizqi to‘luq bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va mehribon tarbiyachilar!


Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirni o‘tkazish uchun yig‘ilib turibmiz.

Amir Temur bobomiz buyuk sohibqiron, sarkarda va qudratli mamlakat tuzib, uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo‘lgan. Hurmatli ustozlar, bugun o‘quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she’rlar hamda u zotning hayoti va faoliyati to‘g‘risida turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.


Marhamat, aziz o‘quvchilar!


1-o‘quvchi:
Amir Temur bobomiz
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan
Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o‘chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug‘ bobojon!
Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.
– Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,
Bo‘shashtirmang mening bo‘g‘in-bandlarim.


2-o‘quvchi:
– Adolat, ozodlik dastida bo‘ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo‘ling.
Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo‘ling!

Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida barlos urug‘iga mansub bo‘lgan bek Tarag‘ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.




3-o‘quvchi: – Temur yoshligidan bilimga tashna bo‘lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo‘lgan.

Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo‘lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma’rifat, madaniyatni targ‘ib etgan. Qizil O‘rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.




4-o‘quvchi: – Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.

Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o‘z davrining buyuk davlat arbobi bo‘lgan. Uning shiori – “Kuch – adolatdadir”, degan purma’no hikmat bo‘lgan.


Amir Temur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.
SAHNA KOʻRINISHI:
Dehli sultoni Mahmudning Amir Temur huzuriga elchi yuborishi.
1-boshlovchi: Aziz ustozlar va bilimdon o‘quvchilar! Bugun biz buyuk bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko‘p narsalarni bilib oldik.

Biz – O‘zbekiston farzandi, buyuk Amir Temur avlodidan bo‘lganligimiz bilan faxrlanamiz. Bobomizdek olijanob va haqiqatparvar, yurtsevar bo‘laylik!


Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod.
Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak,
Shunda rizo bo‘lur Temurdayin zot.


Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va tarbiyachilar, bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo‘lmish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda hech qachon charchamang!
Yüklə 10,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin