1 mavzu test Mikroskopni kim yaratgan? aka-uka Yansenlar
Pomidor hujayrasi bilan piyoz hujayrasi nimasi bilan farqlanadi? plastida va hujayra shakllari bilan
Qaysi organoidlar membranasiz tuzilishga ega? Ribosomalar
To’gri javobni toping. Lupa – bu: hujayraning tashqi tuzilishini ko’rish uchun mo’ljallangan oddiy kattalashtirib beruvchi asbob
Plastidalar tarkibiga antioksidantlar funksiyasini bajaradigan va provitamin A bo’lib hisoblanadigan pigmentlar kiradi. Ushbu pigmentlar nima deb ataladi? Karotinoidlar
Qaysi olim o’zi yaratgan mikroskop yordamida ilk bora hujayrani ko’rishga muvaffaq bo’ldi? R. Guk
Bioelementlar deb quyidagi kimyoviy elementlarga aytiladi: hujayraning hayot – faoliyatida ishtirok etuvchi elementlarga
Qaysi plastidalar xlorofill pigmentini tutadi? Xloroplastlar
Tiriklik notiriklikdan farqlanadi: tizimning tuzilish va funksional tashkil etilishining doimiyligini ta’minlaydigan moddalar almashinuvi jarayonlari bilan
Hujayraning bir membranali organoidi? Mikrosoma
Hujayrada mitoxondriyalar soni nimaga bog’liq? hujayraning funksional faolligiga
Prokariotlarga kiradi: ichak tayoqchasi
Suv - tiriklikning asosi: u hujayraga moddalarning kirishni va shuningdek, almashinuv mahsulotlarning hujayradan yo’q bo’lib ketishini ta’minlaydigan erituvchi bo’lib hisoblanadi
Turgor nima va u qanday organizmlar uchun xos? hujayra po’stining tarrang holati; o’simlik hujayrasiga xos
Mikroskopdan foydalanganda tasvirning qanchalik kattalashganini bilish uchun nima qilish kerak? okulyarda ko’rsatilgan sonni ob’yektivda ko’rsatilgan songa ko’paytirish lozim
Hujayra tarkibiga kiruvchi organik moddalarga kiradi: oqsillar, yog’lar va uglevodlar
Barcha tirik organizmlarning hujayralari o’zining tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko’ra o’xshash, bu esa … dalolat beradi. barcha tiriklikning kelib chiqishi bir ekanligidan
Hujayra devori qayerda joylashgan? plazmolemma tashqarisida
Hujayra tiriklikning tuzilish va funksional birligi, zero: barcha tirik organizmlar, viruslardan tashqari, hujayralardan iborat
Hujayrada transportning qaysi turi energiya sarflanishi bilan amalga oshadi? ionlar transporti
Oqsillar – biologik polimerlar bo’lib, ularning monomerlari: aminokislotalar
Xloroplastlarni … hujayralarida ko’rish mumkin. zarang bargida
Xloroplastlar qanday hujayralarga xos organoidlar? faqat o’simliklarga
Go’ldji kompleksi nimadan tashkil topgan? Diktiosomalar
Mikroskop qanday tarkibiy qismlarga ega? optik va meхanik