Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə1/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)


Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi

MAVZU № 9: Bilish jarayonlari diagnostikasi
REJA:
1.Bilish jarayonlariga umumiy tavsif.
2.Diqqat va sensomotor reaktsiyalar psixodiagnostikasi.
3.Xotira va mnemik faoliyat diagnostikasi.
4. Intellekt diagnostikasi.


Darsning maqsadi: talabalarga bilish jarayonlari psixodiagnostikasi haqida ma’lumot berish. Diagnostik metodikalarni o‘tkazish qonun qoidalari bilan tanishtirish.
Kalit so‘z va iboralar: Diqqat, intellekt, divergent tafakkur, konvergent tafakkur, ijtimoiy intellekt, emotsional intellekt, intellekt testlari, intellektual koeffitsyent.


Mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxati:
1. Анастази А. Психологическое тестирование. М.: 2001.
2.Акимова М.К., Гуревич К.М. Психологическая диагностикам.: «Питер»,2005.
3.Бодалев А.А., Столин В.В. Общая психодиагностика. М.:2001.
4. Дубровина Б.В. Рабочая книга школьного психолога.М..Т991.
5.NishonovaZ.T.Psixodiagnostika. Т.: 2008.
6. Немов Р.С. Психология. 3-книга. М.: 2003.
7.Rasulov A. Psixodiagnostika. Т.: 2010.
8.Романова Э.С. Психологическая диагностика, Спб., 2005.
9. Зеер Э. Ф. Психология профессий: учебное пособие для студентов вузов. М.: 2003. 336 с.
Bilish jarayonlari yoki psixik jarayonlar yordamida shaxsning bilish faoliyati amalga oshiriladi. Psixik jarayonlar obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalar hamda ularning xususiyarlarini bilish imkonini beradi. Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir.

Sezgilar o‘zlariga adekvat (mos) bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilami aks ettirish shakllaridan biri hisoblanmish bilish jarayonlaridir.


Qo‘zg‘atuvchi sezgi asosida ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo‘lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi.
Ana shu qisqa vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlari uchun har xil fiirsatda kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisekund, og‘riq sezgilari uchun esa 370 millisekundga to‘g‘ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til yuzasiga ta’sir etilgandan so'ng 50 millisekundgacha vaqt oralig‘ida hosil boiadi.
Sezgilami oichashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib subyektiv ravishda baholashga asoslanadi. 0 ‘lchashning ikkinchi metodi esa alomatlami obyektiv ravishda baholashga asoslangan bo lib sezgilaming bilvosita (bevosita) mavjudligiga qaratilgandir.
Bevosita metod yoki qo‘zg‘atuvchining so‘z bilan baholash metodi quyidagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorugiik ta’sir qila oladigan qo‘zg‘atuvchi havola qilinadi, dastawal qo‘zg‘atuvchi minimal intensivlikka (jadallikka) ega boiadi, so‘ng ularning kuchi orttirib boriladi. Mazkur tadbirlan keyin sinaluvchi “u qaysi bir sezgi qo‘zg‘atuvchisining dastlab sezganligiga” javob berishi so'raladi.
Teri sezgirligini o‘lchash uchun maxsus asbob “esteziometr” qoilaniladi. Eshitish sezgirligini o‘lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajalaridagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir shami har xil balandlikdan tashlab ko'rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi.
Ko‘rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko‘ziga yorug'likning turli tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorong‘ilikda), quyidan yuqoriga yorug‘lik birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi.
Ta’m va. hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo‘llaniladi.
Bevosita metodi obyektiv alomatlarga asoslanib ish yuritishni taqozo etadi. Sobiq sovet psixologlari, psixofiziologlari G.V.Gershuni, E.N.Sokolov, O.S.Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida ko‘p yillar mobaynida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ma’lum- ki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni bo'lmagan binobarin, ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish jarayonlari o‘zgarib boradi, shuning uchun o‘z tabiati bilan reflektor jarayondir. Sezgilardagi reflektor o‘zgarishlar ularning obyektiv ravishda yuz berayotgan 1 igining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Masalan, sezgilami hosil qiliuvchi har qanday qo‘zg‘atuvchi reflektor jarayonlami ham vujudga keltirishga qodir: qon tomirlarining torayishi, teri galvanik refleks (teri elektr qarhshiligining kamayishi), miyaning elektr aktivligi chastotasining o'zgarishi (alfa, ritma, depressiyasi holati) qo‘zg‘atuvchiga qarab ko'zning yo‘nalishi, bo‘yin muskullarining taranglashuvi va boshqalar. Mana bu narsalaming barchasi sezgilaming paydo bo'lishini obyektiv ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni subyektga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, u holda subyektda hech qanday sezgi hosil boimaydi, shuningdek, sanab o‘tilgan reflektorlarda ham o‘zgarish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo‘zg‘a- tuvchi ta’sirida ham aniq namoyon bo‘lishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. Bu holatni elektroensefalografik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush qo‘zg‘atuvchiga kelib chiqqan holda G.V.Gershuni inson subsensor diapazonga ega degan ilmiy g‘oyani olg‘a suradi. Bu narsa anglashinilmagan fiziologik reaksiyalar, sezib bo‘lmas qo‘zg‘atuvchilarga asoslanadi.
Diqqat - bu inson ongining biror obyektga yo‘naltirilishi va to‘pianishidir.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin