Turkistonlik ulug` alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining o`g`li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya vamineralogiya edi. U o`zining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Ma’lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega bo`lish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Ma’mun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Ma’munning g`azabidan qochib, Ray shahriga (hozirgiTehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xo`jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o`zining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o`zgarishlar bo`lib, Ma’mun vafot etib, uning o`rniga Ali ibn Ma’mun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. O`zining o`n beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy matematika, astronomiyabilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan shug`ullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma og`irliklardan foydalanish g`oyasi ham mana shu yerda tug`ildi. 1017-yil yozida Mahmud G`aznaviyning buyrug`iga ko`ra Beruniy asir sifatida G`aznaga olib ketildi. U yerda og`ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug`ullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni o`zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug`ullandi. U Panjobdagi Nandna qal’asi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini o`lchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu ma’lumot hozirgi zamon o`lchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy o`lchashlarining aniqligi qay darajada ekani ko`rinadi.
Abu Rayhon Beruniyga bag`ishlangan SSSR Pochta markasi.
U Hindistonda bo`lajak asari „Hindiston tarixi“ uchun ma’lumot yig`di va uni 1030-yil yozib tugatdi. O`sha yili Mahmud vafot etdi va uning o`rniga o`g`li Mas’ud taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga ko`p iltifotlar ko`rsatdi. Shu sababli, Beruniy o`zining shoh asarini Mas’udga bag`ishlab „Qonuni Mas’udiy“ deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo`lsa ham Beruniyningmatematikaga oid, ya’ni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo`shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko`rish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Mas’udiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq ko`p vaqtini turli kuzatishlar bilan o`tkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug`ullangan va 995—996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziro` (Ziro` — qadimgi o`lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo`lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o`lchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari ma’lum bo`lib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag`ishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini o`rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.
Dostları ilə paylaş: |