9-Laboratoriya ishi
Sementning mustahkamligini aniqlash.
Asbob-uchkunalar:
1.
Qolip 4x4x16 sm.
2.
Titratgich stol.
3.
Mexanik qorishtirgich.
4.
Qozon, kurakcha.
5.
O’lchov silindr(shishali).
6.
Taroz toshi bilan.
7.
Vanna namunani saqlash uchun
8.
Pichoq.
9.
Mashina moyi.
10.
Sement.
11.
Qum va suv.
Sinash uchun prizma holatda 4x4x16 sm o’lchamli
namunalar tayyorlanadi,
buning uchun tarkibida sement bilan qumni 1:3 nisbatda bo’lgan qorishma
tayyorlanadi. Qum zarrachalari 0,5-0,85 mm gacha bo’lishi kerak. Ishlatiladigan
sementni, qumni, suvni harorati teng bo’lib 20 ± 2
0
C orasida bo’lishi kerak.
Ish bajarish tartibi.
500 gr sement va 1500
gr
oddiy qum tarozida tortiladi. Ular qozonda quruq
xolda 1 minut arlashtiriladi. Keyin uning yuzasi tekislanadi va o’rtasi o’yilib
taxminan 20
gr
/suv
quyiladi, qorishma suvni shimgandan keyin yana 1 daqiqa
qorishtiriladi va qorishtirish mexanik aralashtirgichda solinadi.
Rasm-7. Mexanik aralashtirgich. 1-qorishma soladigan ariqcha, 2-qorishmani
ezuvchi g’ildirak.
Mashina o’z o’qi atrofida 20 marta aylanib qorishmani qorishtirgandan keyin
bunga 2,5 minut vaqt ketadi, uning quyuq va suyuqligini aniqlanadi.
Buning uchun silkituvchi stolcha (8-rasm) o’rtasiga qo’yilgan kesik konusli
idishga sement qorishma ikki bo’lib solinadi.
Kesik konus zanglamaydigan
po’latdan yasalgan bo’lib, uning diametri 100 mm, yuqorisiniki 70 mm, balandligi
60 mm ga teng.
Idishga solingan qorishiq shibbalovchi bilan zichlanadi. Qorishma birinchisi 15
marta, ikkinchisi 10 marta zarb bilan shibbalanadi. Zichlash vaqtida kesik konus
chap qo’l bilan stolga bosib turiladi.
Rasm-8. Qorishmani yoyilish diametrini aniqlash asbobi. 1-silkituvchi stol, 2-kesik
konusli halqa, 3-silkituvchi kesim, 4-shibbalash sterjeni.
Shibbalash zichlashgan qorishmaning ortiqcha qismi ho’llangan pichoq bilan
sidirilib tekislanadi, keyin qolib asta-ekin tekis holatda ko’tariladi. Konus shaklini
olgan qorishma 30 marta 30 sekundda silkitiladi va natijada u dars ketib, sekin-asta
buzilib yoyiladi.
Qorishma diametri shtangentsirkul bilan ikki joyidan o’lchanadi. Shunda
qorishmaning yoyilish diametrining o’rtacha qismi 105 mm kam bo’lsa, suv miqdori
bir oz ko’paytirilib, qorishma yana tekshirib ko’riladi,
aks holda, suv miqdori
kamaytiriladi. Xullas, qorishmaning yoyilish diametri quyuqligi 105-110 mm
bo’lishi kerak. Bu tsement hamirining o’rtacha quyuqligini aniqlang.
Aniqlangan suv tsement nisbatiga ko’ra qorishma tayyorlanib, undan tomonlari
40x40x160 mm li namuna olinadi. Namuna tomonlarining miqdori 0,02 mm
aniqlikda bo’lishi kerak (rasm-10). Namuna tayyorlashda avval qolip ichki
tomonlariga mashina moyi suritiladi.
Rasm-9. Tayoqcha shakldagi namunalar tayyorlash uchun qolip.
Qorishmani joylashda qulaylik tug’dirish uchun unga o’rnatilgan nasadkaga
mashina moyi yoki solidol suriladi. Qorishma solishga
tayyorlangan qolip va
nasadka titratgich vibratorga mahkam o’rnatiladi. Titratgich konstruktsiyasi har xil
bo’lsada, ammo ularning tik yo’nalish bo’yicha amplitudasi 0,35 mm, titrash davri
esa 3000 titr/min bo’lishi kerak.
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko’zi 1 sm aniqlikda
sement qorishmasi bilan to’lg’aziladi, keyin avvalgi 2 min davomida qorishma solib
turiladi va qolip 3 min titratiladi. Qolip va unga o’rnatilgan nasadka titratgichdan
olinadi va ho’llangan pichoq bilan namuna sirti qolip qirrasi bo’ylab tekislanadi,
so’ng har bir namuna bo’yoq bilan nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda
gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 24±2 soat saqlanadi.
Sement
namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan holda suvli vannaga
oralari 10-15 mm masofada teriladi. Namuna suvda 27 sutka saqlanadi. Idishdagi
suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta qo’p bo’lishi kerak. Bundan tashqari
suvning harorati xona haroratidek bo’lishi, tarkibida tuz,
ishqor yoki kislota
bo’lmasligi kerak. Namuna suvda qotish muddati o’tgandan keyin ular quruq latta
bilan artiladi va 10 minutdan so’ng sinaladi.
Egilishga mustahkamlikni o’rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov
ko’rsatgan 3 natijaning 2 ta ko’proq ko’rsatkichi olinadi. Namunaning egilishga
sinagandan keyin 6 yarimtalik namuna olinadi,
ular har biri alohida sinab
sementning siqilishga mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik
pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o’rnatilgan po’lat plastinka ustiga
namuna qo’yiladi (rasm-10).
Po’lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo’ladi. Namuna o’rnatilganda uning
tekis qirralari plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch
qorishmaning qolipga joylashish qatlami parallel bo’lishi lozim. Namuna berilgan
kuchning tezligi sekundiga 20±5 kg/sm
2
sek oshmasligi kerak. Kuchning ortishi
natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr ko’rsatgan
bosim jadvalga