9-MA’RUZA
Shamol elektr stansiyalarining turlari.
REJA:
9.1. Shamol elektr stansiyalarining turlari.
9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi.
9.3. Shamol generatori.
9.1 Shamol elektr stansiyalarining turlari.
Quruqlikdagi
Hozirgi kunda shamol elektr stansiyalarining
eng keng tarqalgan turi- bu
shamol generatorlarini tepaliklar yoki balandliklarda o'rnatilganlaridir.
Sanoat shamol generatori 7-10 kun davomida tayyorlangan maydonga
o'rnatiladi. Shamol elektr stansiyasini qurish uchun
maxsus tashkilotlardan
ruxsatnomalarni olish bir yil yoki undan ko'proq vaqtni talab qilishi mumkin.
9.1.1-rasm. Ispaniyada yer sirtida joylashgan shamol elektrostansiyasi.
Shamol generatorlarini o'rnatish uchun qurilish maydonchasiga transport
yo'li kerak, generatorlar 50 metr balandlikda o'rnatilgani uchun og'ir yuk
ko'tarish uskunalari 50 metrdan ortiq balandlikka ko'tarish kerak bo'ladi.
Elektr stansiyasi elektr tarmog'iga elektr tokini
uzatishda elektr kabel
orqali ulanadi.
Hozirgi vaqtda eng yirik shamol elektr stansiyasi Amerika Qo'shma
Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan Alta elektr stansiyasi bo'lib, uning
quvvat- 1550 MVtga teng.
Qirg'oq yaqinida joylashgan shamol elektr stansiyalari
Sohil bo'yi shamol elektr stansiyalari dengiz yoki okean sohilidan uncha
uzoq bo'lmagan masofada joylashadi. Qirg'oqda
kun davomida davriy doimiy
bo'lgan shamol esadi, bu yer yuzasi va suv sirtining
notekis isitilishi bilan
bog'liq. Kunduzi esadigan dengiz shamoli suv yuzasidan qirg'oqqa, tunda esa
qirg'oqdan suv tomonga esadi.
Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiylari
Shleyflarda (qirg'oq yaqinidagi suvda joylashgan)
shamol elektr
stansiyalari dengizda qurilib, qirg'oqdan 10-60
kilometr masofa uzoqlikda
joylashadi. Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiyalari bir qator
afzalliklarga ega:
ular deyarli qirg'oqdan ko'rinmaydi;
ular yerni egallamaydi;
muntazam dengiz shamollari tufayli ular ko'proq samaradorlikka ega
bo'ladi;
generator parraklari hosil qiladigan shovqin quruqlikkacha yetib kelmaydi.