9-mavzu. Buyuk gumanistlar ta`limoti Reja



Yüklə 46,91 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü46,91 Kb.
#199119
9-семинар


9-mavzu. Buyuk gumanistlar ta`limoti


Reja:
1. Jismoniy madaniyat to‘g‘risida gumanistlar ta’limoti
2. Jismoniy madaniyat haqidagi nazariy bilimlarni dunyoga kelishi
3. Gumanistlarning ideallari


Foydalanilgan adabiyotlar: A1; A2; A4; A5; A6; A7; Q12; Q13; Q16; Q19;
Tayanich tushuncha: Buyuk gumanistlar ta`limoti haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Vittorina de Feldre maktabi, Iyeronim Merkurialisis, J.J.Russo, I.Pestalotsii, T.Mor, jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari.

XVI va XVII asrlarda G'arbiy Yevropa feodal ishlab chiqarish usuli hali hukmron edi. Faqat ancha mamlakatlardagina bu usul kapitalistik munosabatlar tomonidan siqib chiqarilmoqda edi. Bu davr dehqonlarni yerdan mahrum qilish, mustamlaka xalqlarni tinimsiz talash davri, kapitalning dastlabki jamg'arilishi davri edi. Yevropaning feodal tarqoqligi savdo va sanoatning taraqqiy etishiga xalaqit berar edi. Feodallar o'rtasidagi doimiy urushlardan xalq ham zarar ko'rib kelayotgan edi.


Biroq bu davrda taraqqiy etishni boshlagan fan va texnika ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam berdi, texnika esa olimlar qo'liga juda ko'p sonli yangi faktlarni berib, bu faktlar fanni boyitdi va uni ilgari siljitdi. O’rta asrlarda dengizda suzish ehtiyoji natijasida kemasozlik taraqqiy etdi, ispanlar, gollandiyaliklar, so'ngra esa inglizlar ham janubiy yarim sharda ko'pgina geografik kashfiyotlar qildilar. Poroxning kashf etilishi o'q otadigan qurolning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Arxitektura sohasida bir qancha yutuqlar qo'lga kiritildi.
Leonardo da Vinchi (1452-1519 y.) qushlarning uchishini kuzatib borib, uchuvchi apparatning tuzilishi to'g'risida o'z mulohazalrini bayon etdi. Odamni o'rganishga taalluqli bo'lgan tabiatshunoslik sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Leonardo da Vinchi odam gavdasining mutanosibligi va uning harakati mehanikasini o'rgandi. Tabiatshunoslik sohasida inson faoliyatini o'iganishga doir kashfiyotlar qilindi. Meditsina ham jadal sur’atlar bilan taraqqiy etib bordi.
Shveysariyalik Paratsels (1493—1541) shogirdlarini bemor yotgan joylarida o'qitdi, xirurgiya va terapiyaning uzviy bog'liqligini ta'kidladi. Ispan shifokori qon almashishi haqida ba'zi bir ma'lumotlarni bayon etdi. Ingliz olimi Garvey (1578-1657) «Yurak va qon harakati haqida» nomli kitob yozdi. D.Bekon (1561-1626) faqat kuzatish va tajriba (induksiya, analiz, taqqoslash, tajriba-sinov) chinakam ilmiy usullar, deb isbot qildi.
Gumanistlar o'rta asr ilohiy qarashlariga qarama-qarshi o'laroq, inson shaxsini ulug'ladilar, insonga, uning kuchi va qobiliyatiga ishonch bilan qaradilar. Insonga bo'lgan qarashlardagi bunday o'zgarish odatda «gumanizm» (insonparvarlik) termini bilan anglatiladi. So'nggi o'rta asr davridagi gumanizm ikki asosiy manbadan: qadimgi xalqlar madaniyati va xalq ijodidan ozqlanadi. Xalq ijodidan kam foydalanilar edi, shuning uchun so'nggi o'rta asr davrining gumanizmi asosan qadimgi dunyoda yaratilgan nimaiki bo'lsa, asosan shuni tiklashdan iborat edi. Burjuaziya va feodal aslzodalar endi o'zlarini narigi dunyo hayotiga emas, balki yerdagi hayotdan lazzatlanish uchun tayyorlashga harakat qila boshladilar.
Gumanistar o'rta asrdagi quruq pedagogika qarama-qarshi o'laroq, kishining faqat aqlinigina emas, balki tanasini ham tarbiyalashga qaratilgan yangi pedagogikani ilgari surdilar. Ular o'z hukmronligini o'rnatish, uzoq muddatli sayohatlar qilish, yangi yerlar kashf etish, bu yangi yerlarga ko'chib kelgan xalqlarni talash va bo'ysindirishga qodir bo'lgan uddaburon, jismoniy jihatdan yetuk burjualarni tarbiyalashni istar edilar.
Feodalizm negizida ishlab chiqarish, savdoning o'sishi, shaharlarning kengayishi, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. Geografik jihatdan kengayish natijasida markaziy davlatlar vujudga kela boshladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy va pedagogik fanlarning taraqqiy etishini ta'minladi.
Vittorino da Feltre maktabi. Ramboldini Vittorino da Feltre (1378-1446 yillar) Italiyada pedagogika sohasidagi dastlabki gumanistlardan biri bo'lgan. Hukmdorlar va saroy ahli bolalarini tarbiyalash uchun maktab yaratgan. Vittorino Mantuan hukmdori va zodagonlarning bolalarini tarbiyalab, saroyda yangi tipdagi maktab yaratdi va uning raxbari bo'ldi. Uning maktabida o'quvchilarning bilimga qiziqishi, aqliy va jismoniy havasi har tomonlama rag'batlantirilar edi. Bunda aqliy va jismoniy tarbiyaga alohida e'tibor berilib, yalqovlarni ayovsiz jazolaganlar. Feltre bolalarni sof havoda o'ynatish, suvda suzish va turli jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirdi.O'quvchilarni erinchoqligi, beadabligi va manmanligi uchun jazolar edilar. Quruq yodlash o'rnini ko'rsatma ta’lim metodlari egalladi.
Vittorino da Feltre o'quvchilarning sog'ligi va jismony kamoloti to'g'risida ayniqsa ko'p g'amxo'rlik qilar edi. U o'quvchilarni sof havoda harakatli o'yinlar o'ynashga o'rgatar, suvda suzishga va jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirar edi; bu esa o'uvchilarning jismoniy kuchini, epchilligini va chiroyli qiliqlarini taraqqiy ettirar edi. Uning maktabi o'quv planida o'yinlar, qilichbozlik, harbiy mashqlar, otda yurish va suvda suzish ko'zga ko'rinarli o'rinni egallar edi.
Vittorino da Feltre o'quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash to'g'risida ham g'amxo'rlik qilib, ularda o'z qadrini bilish tuyg'usini, gigiyenaning elementar qoidalariga rioya qilish odatini va hokazolarni hosil qilar edi. Vittorino da Feltre maktabi oqsuyak ota- onalarning bolalarini tarbiyalash borasida ilgari tashlangan katta qadam edi.
Rablening jismoniy tarbiya to'g'risidagi fikrlari. Fransuz yozuvchisi Fransua Rable (1483— 1553) o'z asarlarini lotin tilida emas, o'z ona tilida yaratgan. Uning «Gargantyua va Pantagryuel» romani xalq orasida sevib o'qilgan. Unda dunyoni ilmiy anglash g'oyasi olg'a surilgan. Uning ta'kidlashicha, o'g'il bolalarning ilohiy kitoblarni o'qishi bema'nilik, undan ko'ra umuman o'qimagani ma'qul, o'quvchilarni, albatta, fikrlash va erkin harakat qilishga o'rgatish lozim. Rable tarbiyada aniq tartib, ya'ni tozalik, ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bo'lishi shartligini ta'kidlagan.
Fransua Rable o'z g'oyalarni qadimgi yozuvchilarning asarlaridan ko'ra,ko'proq xalq ijodidan olar edi. U o'z asarlarini lotin tilida emas (o'sha vaqtlarda yozganlaridek), balki ona tilida yozar edi. Oz asarlarida u cherkov xodimlari, oqsuyak hukmdorlar, sxolostlar ustidan kular edi. Rim, Jeneva va Sorbonna bir necha bor uni la’natlagan va har xil yo'llar bilan ta’qib qilgan edi. O'sha vaqtlarda Rablening asarlariga bo'lgan talab g'oyat darajada katta edi. Uning «Gargantyua va Pantagryuel» nomli romani ikki oy ichida shunchalik ko'p nusxada tarqalgan ediki, hatto tavrot on yil ichida shunchalik tarqalmagan edi. Bu roman barcha tillarga tarjima qilingan bo'lib, hozirga qadar qayta-qayta nashr etilib kelmoqda. Rable o'zining asarlarida kuchayib kelayotgan burjuaziya ideologiyasini ma’qulladi va dunyoni ilmiy anglash g'oyasini targ'ib qildi.
Rable sxolastlar ustidan achchiq kulib: «O'g'il bolaning o'z murabbiylari rahbarligida ilohiy kitoblarni o'rganganidan ko'ra, umaman, o'qimagani ma’qul, chunki ularning fani bema’nilik, ularning bilimdonligi esa batamom uydirmadir»,- degan edi. U o'quvchilarni erkin fikrlashga va erkin harakat qilishga olib keladigan tarbiyani ilgari surdi. Rable tarbiya orqali inson shaxsining axloqiy, aqliy va jismoniy tomonlarini tarkib toptirishni istadi. U butun tarbiya va ta’limni o'quvchilar uchun yoqimli ifodalashni tavsiya qildi.
Rable tarbiyalanuvchilar uchun rejim zarurligini, ularning maishiy hayoti uchun gigiyena zarurligini, jismoniy mashqlarning aqliy mashg'ulotlar va ovqatlanish rejimi bilan qo'shib olib borish kerakligini talab qildi. U badanni yuvib turishni, massaj qilishni, terlagandan so'ng kiyimni almashtirishni; mashqlarni va jismoniy kuch me’yorini asta-sekin murakkablashtirib borishni tavsiya qiladi. U faqat qadimgi mashqlarni emas, balki o'sha vaqtlarda shaharliklar va dehqonlar o'rtasida odat bo'lgan mashqlarni ilgari surdi.
Tarbiyalanuvchilar yugurishlari, sakrashlari va irg'itishlari; kamalakdan, kamondan, eski og'ir miltiq va zmbarakdan otishlari; ko'krak bilan, chalqanchasiga, yon bilan suzishlari va suvga sho'ng'ishlari; nayza, qilich, shamshir, rapira oy bolta, xanjarbozlik bilan shug'ullanishlari; ot sporti, arqonga, daraxtlarga va qoyalarga tirmashib chiqish bilan shug'ullanishlari; yelkanli va eshkakli qayiqni boshqarishlari, ov, turizm va sayohat bilan shug'ullanishlari, kurash, shaxmat, yog'och otda gimnastika mashqlarini bajarishlari, gantellar yordamida mashq qilishlari; to'p o'ynashlari va raqs tushishlari lozim edi.
Rablening fikricha, uning hayoli bilan yaratilgan “Telem manzili” tarbiya muassasining idealidir. Muassasaning ustavi: “nimani xohlasang, shuni qil” degan prinsipdan iboratdir. Bu ishlab chiqarish tashkiloti emas, balki boylar uchun mo'ljallangan o'ziga xos o'quv-tarbiya muassasasidir. Unda stadion, ippodrom, suzish uchun hovuz, uch pog'onali hammomlar, teatr, sayr qilish bog'i, to'p o'ynash uchun manejlar, otxonalar, lochin xizmati va itxona bor edi. Rable o'z davrining ilg'or g'oyalari bilan bab-baravar qadam tashlab bordi va burjua ideologiyasining o'rnatilishi uchun ko'p xizmat qildi.
Merkurialisning qo'riqlovchi meditsinasi. Mashhur italyan gumanisti Ieronim Merkurialis (1530-1606 yillar) gimnastikaga doir oltita kitob yozdi. Dastlabki uch kitobi jismoniy mashqlar tarixini yoritishga, so'nggi uch kitobi esa jismoniy mashqlarni meditsina jihatidan tahlil qilishga bag'ishlangandir. Merkurialis meditsinani davolash meditsinasi va saqlovchi meditsina deb ikkiga ajratdi. Saqlovchi meditsinani u buzuqchilikka va oziq-ovqat hamda vinoni ortiqcha iste’mol qilishga qarshi kurashga mo'ljalladi; bunday hollar oqsuyaklarning vakillariga muvofiq edi.
Merkurialis gimnastika va boshqa jismoniy mashqlarni saqlovchi meditsina vositalari jumlasiga kiritadi. U barcha mashqlarni haqiqiy (davolash), harbiy (hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga bo'lgan edi.
Merkurialis ayrim mashqlarning ahamiyatinibaholab, ko'proq jismoniy kuch talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsifladi va sog'lomlashtirish-gigiyena jihatdan foyda berishi mumkin bo'lgan mashqlarnigina bajarishni tavsiya qildi. U mushtlashishni inkor qilmadi, lekin yakkama-yakka mushtlashishni emas, balki kishining soyasi bilan mushtlashishni taklif qildi, chunki kishining soyasi bilan mushtlashishi qattiq kuch ishlatishni talab qilmaydi. Merkurialis suvda suzishni emas, balki cho'milishni maqtaydi va baliq ovini taklif qiladi. U jismoniy tarbiyaning musobaqa metodini foydali deb hisoblamadi va sportni inkor qildi. Merkurialisning “bir vaqtlar katta e’tiborga sazovor bo'lgan gimnastika san’atini tiklash uchun harakat qilishi” haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Uning xizmati shundan iboratki, u davolash-profilaktika mashqlarini tikladi va ularni meditsinaning muhim vositalari sifatida himoya qildi. U ko'p kuch sarf qiluvchi mashqlarni to'la ma'qullamadi va asosan davolovchi jismoniy mashqlarni qo'llab-quvvatladi.
Merkurialis ko'zga ko'ringan cherkov arboblarining saroy vrachi, so'ngra esa imperator Maksimilian II ning ham vrachi edi. U feodal byurokratik aslzodalarning boshliqlariga ko'rsatgan xizmatlari uchun o'sha vaqtlardayoq eskirib qolgan ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi.
Montenning tarbiya masalalariga qarashlari. So'nggi O'rta asr davrining oxirgi yillarida qadimgi kishilar obro'yigagina emas, balki insonning tabiiy huquqlariga ham murojaat qiladigan gumanistarlar paydo bo'ldi. Ana shunday yo'nalishdagi gumanistarlarning vakillaridan biri fransuz Mishel Monten (1533-1592) edi. Monten kishini tarbiyalash va o'qitishda tarbiyalanuvchilarning tabiiy havaslariga tayanar va ularning qobiliyatlarini hisobga olar edi. U odamning ma’naviy va jismoniy tomonlarini butunning teppa-teng qismlari deb hisoblar va shuning uchun faqat aqlni emas, balki tanani ham tarbiyalash o'rtaga qo'yar edi. “Jonni, tanani emas, balki odamning tarbiyalaydilar,- deganedi u; -ulardan ikki narsa qilmaslik kerak; binobarn, Platon aytganidek, birini ikkinchisisiz tarbiyamaslik kerak, lekin ularni, bir toqa shotisiga qo'shilgan ot singari, bir xilda olib borish kerak”.
Monten nozik-nihol tarbiya usullariga qarshi chiqdi. “Unga (tarbiyalanuvchiga) hech qanday erkalik qilishga hamda kiyim va uyquning, yeyish-ichishning farqiga borishga yo'l qo'ymang,-degan edi u, -uni chiroyli va shilqim bo'lishga emas, balki umuman baquvvat va kuchli yigit bo'lishga o'rgating”.
Monten cherkov maktablarida o'rnatilgan zo'plash, jazo berish va formal intizomga qarshi edi. U jismoniy mashqlardan yugurish, sakrash, kurashish, qilichbozlik, otda yurish, raqsga tushish, sayr va sayohatlarni tavsiya qilardi. U o'z Vatani, ona tilini o'rganshga, amaliy faoliyat uchun kerkli bo'lgan ongli konkret mashg'ulotlarga da’vat etardi.
Mishel Monten bolani o'qitish va tarbiyalashda uning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini uqtiradi. Tanani tarbiyalash haqida «jonni, tanani emas, balki odamni tarbiyalaydilar», - degan, ya'ni ikkalasini (tan va ruhni) qo'shib tarbiyalash kerakligi xususida qat'iy hukm qilgan. Uning g'oyasi shundayki, bolani shilqim va chiroyli bo'lishga emas, balki umuman baquvvat va kuchli yigit bo'lishga o'rgatish kerak.
Komenskiy pedagogikasida jismoniy tarbiya masalalari. Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) eng ko'zga ko'ringan gumanist pedagog edi. Komenskiy “Chex qaxramonlari” jamoasi oillasida tug'ildi va o'sdi, keyin esa turli mamlakatlarda pedagog bo'lib ishladi.
Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy kamolot imkoniyatlarini bergan, deb ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy ta’limning zarurligi to'g'risidagi masalani o'rtaga qo'ydi. U ishonch bilan: “Faqat boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina emas, balki umuman hamma uchun: aslzodalar va aslzoda bo'lmaganlar, boylar va kambag'allar, og'il bolalar va qizlar uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda maktablar barpo qilish kerak”,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o'z davrining chinakam gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan isloh qilish masalasini o'rtaga qo'yib, ularni “insoniylik ustaxonalariga”aylantirish lozimligini ta’kidladi.U formal quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi, balki yangi pedagogika asoslarini ham ishlab chiqdi.
Komenskiy ta’limda ko'rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; mashg'ulotlarning sinf-dars formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Komenskiy boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya masalalari bilan ko'p shug'ullandi. U inson sog'lig'ining mustahkamlanishi va jismoniy kuchining o'sishi uning ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb hisobladi. U o'yinlar va jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vositalardan biri sifatida ham baholadi.
Komenskiy o'z sistemasini qadimgi odamlarning obro'yi va tajribasi asosida emas, balki bolalarni o'qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida ishlab chiqdi. U tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi haqida o'yladi va xalq ommasi uchun juda ko'p ishlar qildi. Komenskiy fikricha, tabiat har bir kishiga ma'naviy kamolot imkoniyatlarini beigan, shu sababdan umumiy ta'lim hamma uchun zaruriydir. Demak, barcha joylarda maktab tashkil qilish va ularda barcha bolalar, jumladan, kambag'allarning farzandlari ham o'qitilish kerak, degan g'oyani oldinga suradi Komenskiy.
Tomas Mor (1478-1535). Yangi paydo bo'layotgan kapitalistik tuzumga qarshi ilk sotsial utopistlar vujudga kela boshladi. Ular orasida ingliz Tomas Morning alohida o'rni bor. U eski feodal va yangi kapitalistik tuzumlarni butunlay rad etdi. Uning yaxshi davlat tuzilishi va yangi orol haqidagi qiziqarli «Utopiya» («orzu» ma'nosida) kitobi e'tiborga loyiqdir. Bu asarda qat'iy kun tartibi (rejim) belgilanib, unga ko'ra ertalab ishlash uchun-2 soat, tushlik va dam olishga - 2 soat, tushdan so'ng ishlash uchun- 3 soat, kechki ovqat va ko'ngilochar o'yinlarga - 3 soat, uxlash uchun esa - 8 soat belgilangan. Bolalar tarbiyachilar rahbarligida aqliy ta'lim, mehnat ta'limi, axloqiy va jismoniy tarbiya kurslarini o'tishlari shart bo'lgan.
Mor utopistlarning harbiy-jismoniy mashqlariga katta e'tibor berib, qurollar bilan suvda suzish, o'q otish, bolta va boshqa moslamalarni jangda ishlata bilish, oilani himoya qilish hamda qo'shnilarni dushman hujumlaridan saqlash uchun zarurligini uqtiradi.
Italiyalik Tommazo Kampanella (1568-1639) jamiyatda boylar va kambag'allarning bo'lmasligi haqida qayg'uradi. U «Quyosh shahri» nomli kitobini sayohatchi tilidan yozib, ajoyib fikrlarni bildiradi. Ya'ni Quyosh shahrida boy ham, kambag'al ham bo'lmaydi. «Jamoa

  • barcha kishilarni ayni bir vaqtda boy va shu bilan birga, kambag'al qiladi, hamma narsasi bo'lgani uchun boy bo'ladi, hech qanday mulki bo'lmaganligi uchun kambag'al bo'ladi, ular buyumlarga emas, balki buyumlar ularga xizmat qiladi», - deydi u. «Quyosh shahri» bolalar sayr, yugurish, turli o'yinlar bilan mashg'ul boiishadi. Yetti yoshli bolalar guruhlarga ajratilib, birlari ma'ruza tinglasa, boshqalari jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar. Qizlarning 19 va yigitlarning 21 yoshgacha turmush qurishi man etilgan. Ammo 27 yoshdan keyin turmush qurmaganlar qoralangan. Fohishalik qilganlar avvalo qattiq jazolangan (bo'yniga boshboldoq osilgan), qayta takrorlansa, o'limga niahkum qilingan.

Kampanella «Quyosh shahri» aholisining (solariylar) haq-huquqi, bilimi, mehnati, dam olish va ijtimoiy turmush sharoitlarida tengsizlik bo'lmasligiga erishganligi asosida, kelajak avlodning shu tarzda hayot kechirishlarini orzu qilganligi bilan jahon xalqlari e'tiboriga sazovordir.

  1. asrda Yevropada kapitalistik tuzumning rivojlanishi davrida jismoniy tarbiya va sport pedagogika nazariyasidan ancha orqada edi. Bu davrda cherkovlarda islohotlar boshlandi. Xristianlikda yangi protestantlik yo'nalishi paydo bo'ldi.

Cherkovdagilarning jismoniy tarbiyaga munosabati o'zgardi. Ya'ni yoshlarni jismonan sog'lom qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya, mashqlar va o'yinlardan foydalanishning ijobiy tomonlari tan olindi.
Barcha gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o'rta asrning quruq tarbiyasiga va tarkidunyochilik g'oyalariga qarshi aktiv kurashdilar, inson shaxsining erkin kamol topishini quvvatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy tarbiya sistemasining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar.Lekin burjua gumanistlarining aksariyati xalq to'g'risida emas, balki jamiyatning bir to'da boshliqlari to'g'risida, xalqdan ajralgan va xalqni ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g'amxo'rlik qildilar. Bu burjua gumanistlari o'zlarining barcha g'ayratlarini cherkov obro'yiga qarshi kurashga qaratib, tug'ilib kelayotgan burjua jamiyatining konservativ kuchiga aylandilar. Xalqqa tayangan va xalq baxt-saodati yo'lida mehnat qilgan gumanistlarning ijodi esa so'nggi o'rta asr davrining demokrat gumanistlarining ijodi sifatida asrlar osha bizning kunlarimizgacha yetib keldi.
So'ngi o'rta asr davrida yangi ishlab chiqarish munosabatlari kelib chiqdi. Yollanma, keyinchalik esa doimiy qirol qo'shinlarining paydo bo'lishi, o'q otadigan qurolning va boshqa yangi harbiy texnikaning kashf etilishi, ritsarlik otliq askarlar rolining pasayishiga va ritsarlik tarbiya tizimining inqirozga yuz tutishiga olib keldi.
So'nggi o'rta asr davridagi gumanistlar ta’limi cherkov ta’siridan ozod qilish uchun va maktablarda jismoniy tarbiyani joriy qilish uchun kurash olib bordilar.
O'rta asrlarda jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlaiga ega bo'lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi.
XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan yoshlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g'oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlarning iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo'ldi.


Nazorat savollari
1.O'rta asrlarda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishni qanday izohlaysiz?
2.Ritsarlik tizimidagi turnirlarning maqsadi nima?
3.Yevropa mamlakatlarida qilichbozlik va o'q otish jamiyatlarining paydo bo'lishiga sabab nima?
4.Gumanistlar va sotsial-utopistlarning jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari nimalardan iborat bo'lgan?
5.O'rta asrlardagi jismoniy taibiya sport sohasida kechgan keyingi o'zgarishlarga qanday ta'sir qildi?
6.O'rta asrlarda o'tkazilgan bayramlar va an'anaviy marosimlarda qanday yangi sport turlari, jismoniy mashqlar, o'yinlar yuzaga kelgan?
Yüklə 46,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin