A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə1/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam


A .JUMABOYEV, Z.MAMATOV, O‘.XOLIKULOV, SH.YORMATOV

OPTIKADAN MASALALAR TO‘PLAMI


SAMARQAND 2021
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

A.JUMABOYEV, Z.MAMATOV, O‘.A.XOLIKULOV, SH.SH.YORMATOV

OPTIKADAN MASALALAR TO‘PLAMI

Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma



SAMARQAND 2021
Mualliflar: A.Jumaboyev, Z.Mamatov, O‘.A.Xolikulov, Sh.Yormatov.
Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.130 bet.

O‘quv qo‘llanma “Umumiy fizika” kursining “Optika” bo‘limiga oid 700 tadan ortiq masalalar to‘plamidan iborat bo‘lib, u oliy o‘quv yurtlari bakalavriatining “Fizika” hamda “Fizika va astronomiya” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan.

Taqrizchilar: B.Eshchanov – fizika-matematika fanlari doktori, O‘zMU;
B.Qo‘yliyev – fizika-matematika fanlari nomzodi, QarDU.

© Samarqand davlat universiteti, 2021


SO‘Z BOSHI
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi” da ko‘zda tutilgan vazifalar asosida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tiborga olib, hamda «Optika» fanidantasdiqlangan o‘quv dasturi, “Davlat ta’lim standartlari” va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 30-noyabrdagi “Oliy vao‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini zamonaviy o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 5/3 Qaroritalablari asosida yozildi.
Qo‘llanma “Umumiyfizika” kursining “Optika” bo‘limigategishlimasalalarnio‘zichigaolganbo‘lib, oliyo‘quvyurtlarining “Fizika” va “Fizikavaastronomiya” yo‘nalishidatahsilolayotgantalabalaruchunmo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanmani tayyorlashda bakalavriat o‘quv rejasiga moslashtirilgan “Fizika” mutaxasisliklar uchun dastur asos qilib olingan.
Ushbu qo‘llanmada turli murakkablikka ega bo‘lgan 700 tadan ortiq masala va savollar berilgan. Har bir bob boshida masalalarni yechishda foydalaniladigan fizik qonuniyatlar va formulalarni o‘z ichiga olgan nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda har bir mavzuga tegishli ba’zi masalalar na’muna sifatida yechib ko‘rsatilgan. Foydalanuvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida qo‘llanma oxirida fanga doir har xil kattaliklarning qiymatlar jadvali ilova qilingan.
O‘quv qo‘llanma mualliflarning ko‘p yillar davomida Oliy o‘quv yurtlaridagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida “Fizika” fanini, xususan “Optika” fanini o‘qitishda to‘plagan tajribalari asosida yozilgan.
Ushbu qo‘llanma bilan tanishib chiqib, foydali maslahatlari bilan qo‘llanma sifatini yanada yaxshilashga hissa qo‘shgan O‘zbekiston milliy universiteti “Optika va fotonika”, Qarshi davlat universiteti “Umumiy fizika” hamda Samarqand davlat universiteti“Optika” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari uchun “Optika” fanidan masalalar to‘plami tayyorlashda ilk urinishlar bo‘lgani uchun kamchiliklardan holi emas.Shu sababli, darslik sifatini oshirish bo‘yicha takliflar bo‘lsa, mualliflar xursand bo‘ladi.
Ushbu qo‘llanma talabalarning kelajakda yetuk fizik-mutaxasis bo‘lishiga yordam beradi, degan umiddamiz!
Mualliflar.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin