A oripov lirikasida fonetik vositalarning ishlatilishi



Yüklə 58 Kb.
səhifə1/3
tarix22.08.2023
ölçüsü58 Kb.
#140176
  1   2   3
Dilrabo Matnazarova. A.ORIPOV LIRIKASIDA FONETIK VOSITALARNING ISHLATILISHI


A.ORIPOV LIRIKASIDA FONETIK VOSITALARNING ISHLATILISHI
Matnazarova Dilrabo Maxsudbekovna,
NamDU 2-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: dotsent, f.f.n Babaxanova Dilarom Axmatxanovna
Tel:91-858-42-49
Oʻzbek xalqining asl oʻgʻloni, xalqona badiiy ijod sohibi Abdulla Oripovning boy ijodiy merosi o‘zining teran mazmundorligi, nihoyatda serqirraligi bilan ajralib turadi. Shoir jahon va rus, oʻzbek mumtoz va zamonaviy she’riyatining ilgʻor tajribalaridan bahramand bo‘lgan 60-yillar adabiy avlodi qatorida adabiyotga kirib keldi. Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she’rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she’riyatiga yangi, iste’dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Koʻp oʻtmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk she’rlar toʻplamining nashr etilishi she’riyat muxlislarida paydo bo‘lgan shu dastlabki tasavvurning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning «Koʻzlarim yoʻlingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «Oʻzbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Abdulla Oripov ilk izlanishlaridanoq xalq qalbidan oʻrin oldi, xalqimiz nazariga tushdi, milliy ruh xususiyatlarini, o‘zbek xalqi dilidagi orzu-armonlarni badiiy tasvirlab, inson ruhiyatini jami murakkabliklari bilan ifodalash yo‘lidan bordi. Ma’lumki, badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga alohida eʻtibor qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’riy asarda oʻziga xos jozibador ohang boʻladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qoʻllash natijasida erishiladi. Asosan, she’riyatda alliteratsiya (undoshlar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash), assonans (unlilar takrori) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni choʻzish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, soʻzlarni notoʻgʻri talaffuzini berish, tovush orttirish yoki tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik taʻminlanadi.
Inson fonetik vositalar yordamida oʻz nutqiy faoliyatida obrazlar, xarakterlar, tiplarni yaratadi. Eng qizigʻi shundaki, inson fonetik vositalarni vazifasiga koʻra xohlagan uslubiga boʻysundira oladi. SHuning uchun inson nutqidagi asosiy material boʻlmish soʻz bilan bab-baravar holda fonetik vositalar ham muhim hisoblanadi. Ushbu fonetik vositalarni bemalol inson nutqining libosi desak ham xato qilmaymiz. Chunki fonetik vositalar, ulardagi xalqchillik ruhi inson xarakterini, ruhiy holatini ochib beradi.
Mahoratli adiblar, shoirlar ijodida nafaqat soʻz va jumlalar, balki har bir fonetik va fonografik vosita bejiz qoʻllanmaydi. Tilshunoslikning fonetika boʻlimida nutq tovushlari oʻrganilar ekan, u vazifasiga qarab, tekshirish obyektiga koʻra boʻlib oʻrganiladi. Nutqning fonetik qismlarini oʻrganishga qarab fonetika ikki turli boʻladi, yaʻni segmental va supersegmental fonetika. Nutq tovushlarining hosil boʻlishi va ularning xususiyatlarini oʻrganuvchi fonetika segmental (segment – nutq boʻlagi) fonetika deyiladi. Segment birliklarga nutq tovushlari va boʻgʻin kirar ekan, bunday birliklar morfema va soʻzlar tarkibida ketma-ket keladi. Nutq tovushlaridan katta boʻlgan birliklar esa supersegment birliklar deyiladi. Supersegment birliklarga urgʻu va ohang kiradi. Bunday birliklar soʻzga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador boʻlib, ularni soʻz, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib boʻlmaydi. 1
A.Oripov ijodida ham she’riy misralarda soʻz oʻrni oʻzgartirilishi bilan mantiqiy urgʻudan mohirona foydalanishi, shaklan bir xil soʻzlarda soʻz urgʻusining ahamiyatini kuchaytirish, soʻz yoki jumlalarni oddiygina takrorlash vositasida she’riy misralarning jozibadorligini oshirish, gʻoyaviy mazmunga urgʻu berish aks etadi. Bu kabi jozibadorlikni A.Oripovning “Tavba” she’ridagi quyidagi misralarda koʻrishimiz mumkin:

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin