Abduazizova-e-prezentatsiya pdf



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#119476
abduazizova-e-prezentatsiya



JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM 
BOSHLANG`ICH TA`LIM VA STI 
YO`NALISHI S1714-19 GURUH TALABASI 
ABDUAZIZOVA E`ZOZANING 
PEDAGOGIK MAHORAT FANIDAN 
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI


MAVZU: O`QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA 
PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB - AXLOQ


• 1. O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha

• 1. O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina 
butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga 
erishadi.SHuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy 
qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

• O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham talab etiladi. 
• O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axlokiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik 
odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, 
ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi. 





• O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha 
ancha yuksaklikka ega inson. Uning bu darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy 
izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va. rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining 
kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, 
imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi. 
• Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan 
birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, 
yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda 
o‘qituvchi "yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak. 



• Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, 
qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi: 

• emostional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish; 

• xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini 
tiyish; 

• nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar 
qo‘llamaslik; 

• hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik
• o‘quvchilar va o‘kituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda 
rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo. 


Muloqotda taktni tanlash rolli holatlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan bog‘lik. Bunda 4 ta holat bor: 

yuqoridan qurilgan holat

pastdan qurilgan holat; 

yonma - yon holat; 

aralash holati. 
YUqoridan o‘rnatilgan holatda o‘qituvchi o‘zining mustaqilligini, javobgarligini o‘z ustiga olishini, hech 
kim bilan hisoblashmasligini ko‘rsatadi. Bu holat "Ota - ona" holati deyiladi. 



E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
TALABA : ABDUAZIZOVA E`ZOZA

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin