Alisher Navoiy (1441 -1501)



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə1/6
tarix03.02.2022
ölçüsü31,48 Kb.
#52028
  1   2   3   4   5   6
Alisher Navoiy


Aim.uz

Alisher Navoiy

(1441 -1501)

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u

avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,

shoirlarning sultonidir.

Islom Karimov

Har yili 9-fevral kuni butun O‘zbekistonda buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Barcha maktab va oliy o‘quv yurtlarida, kollej hamda litseylarda va boshqa muassasalarda bu sana bayram qilinadi. Bu she’riyat bayrami, adabiyot bayramidir.

Xo‘sh, nima uchun shoir bobomizga bunday ehtirom va e’zoz bildiramiz? Buning asosiy sababi shundaki, Alisher Navoiy bizning Vatanimiz tarixidagi eng ulug‘ siymolardan biridir. Bu zot millatimizni dunyodagi eng madaniyatli va ma’rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan, jahon adabiyotining ulkan namoyandalari qatorida turadigan zotdir.

Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug‘ildi. Bu shahar hozirda Afg‘onistonning markaziy shaharlaridan. Alisherning otasining oti G‘iyosiddin Muhammad edi. Uni «Kichkina bahodir» ham der ekanlar. Onasining ismi ma’lum emas.

Alisher juda kichik yoshlaridan she’r va musiqaga havas qo‘yadi, olim-u shoirlar davrasida ulg‘ayadi. Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi. Ularnikiga zamonasining mashhur kishilari tez-tez kelib turar edilar.

Yosh Alisher uch-to‘rt yoshlarida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga soldi. Besh yoshida maktabga bordi. Bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi.

1447-yilda mamlakat podshohi Shohruhmirzo vafot etib, yurtda notinchlik boshlandi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi. Olti yoshlik Alisher yo‘lda bir tasodif bilan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyga duch keladi. Odob va muomala bilan buyuk tarixchi mehrini qozonib, duosini oladi.

Alisher (Alisherlar xonadoni) xonadoni Hirotga 1451-yilda qaytadi. Yo‘lda yana qiziq voqea yuz beradi. Ilgari shahardan shaharga karvonlar qatnar, bordi-keldilar shular yordamida bo‘lar va ular ko‘pincha tunda yurib, kunduzlari dam olar edilar. Xullas, tunda ot ustida mudrab borayotgan o‘n yoshdagi Alisher egardan yiqilib tushadi, uyqu zo‘ridan uyg‘onmay, karvondan ajralib qoladi.

Ertalab uyg‘onsa, cho‘li biyobon. Nariroqda oti o‘tlab turibdi. Odam zoti yo‘q. Quyosh ko‘tarilib kelmoqda. Bir lahza uni qo‘rquv va vahima bosadi, biroq o‘zini tezda qo‘lga olib, yo‘lga tushadi. Ko‘p o‘tmay, uni izlab kelayotgan o‘z kishilariga duch keladi va eson-omon ota-onasi bag‘riga boradi.

1452-yilda taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisherning otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o‘qishni davom ettiradi.

1452-57-yillarda u dastlab Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. She’rga, musiqaga mehri oshib bordi. Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qidi. Ayniqsa, Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi» “Qush tili”) kitobi yosh Alisherning xayolini tamom egallab oldi. Ota-ona tashvishga tushdilar (Ota-onasi tashvishga tushib, bu kitobni bekitdilar.) . Kitobni bekitdilar. Lekin kitob tamom yod bo‘lgan edi (Lekin Alisher kitobni butunlay yod olgan edi.) .

Bular beiz ketmadi. Bo‘lajak shoir yetti-sakkiz yoshlaridan she’r mashq qila boshladi. Ikki tilda she’r yozdi, o‘zbekchalariga «Navoiy», forschalariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi. «Navoiy» «navo» — «kuy» so‘zidan olingan, «Foniy» esa forscha «vaqtincha» ma’nolarini berar edi.

Shunday qilib, Navoiy 12 yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soldi. Masalan, to‘qson yoshlik Mavlono Lutfiy uning:

Orazin yopg‘och ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon (yulduz, nihon) bo‘lg‘och quyosh, —

satrlari bilan boshlanadigan bir she’rini tinglab, qoyil qolgandi.

She’r chindan ham go‘zal edi. Undagi xayol mislsiz edi. «Yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir», - deb yozgan edi yoshgina shoir.

1457-yilda Abusaidmirzo taxtga chiqdi. Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga tushib ketdi. Alisher Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi.

U Hirotga 1464-yilda keladi, lekin ko‘p o‘tmay, Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. Samarqandda 1469-yilga qadar yashadi. Temuriylarning bosh shahri buyuk shoir hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Bu haqda u ko‘p yozgan.

Nihoyat Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan uni Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi. 1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi, 1487-88-yillarda Astrobodda hokim bo‘lib ishlaydi (hokim bo’ldi) . Umrining oxiriga qadar shohning eng yaqin kishisi bo‘lib qoladi. Shu yillari mamlakat osoyishtaligi, yurt obodligi yo‘lida ulkan ishlar qiladi.

Alisher Navoiy umr bo‘yi badiiy ijod bilan ham shug‘ullandi. Yettita she’riy devon tuzdi. Nizomiy Ganjaviyning besh dostondan tarkib topgan «Panj ganj» («Besh xazina»)iga javob sifatida o‘zining mashhur «Xamsa»sini yozdi. O‘ndan ortiq nasriy asar yaratdi. Bu asarlar, mana besh asrdan oshibdiki, mumtoz adabiyotimizning cho‘qqisi bo‘lib turibdi.

Buyuk shoir 1501-yilning 3-yanvarida Hirotda vafot etdi.




Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin