Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Alisher navoiy nomidagi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
O‘TKIR O‘TANOV 
 
 
 
 
«UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI»  
FANIDAN  
 
 
MA‘RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand – 2016 


 
KIRISH 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  bundan  keyingi  rivojlanishi  bevosita  ta‘lim-tarbiya 
natijasiga bog‘liqligi barchaga ayon. Ta‘lim-tarbiyani takomillashtirmay ma‘naviy boy barkamol 
insonni  tarbiyalash  mushkul.  Bu  haqda  O‘zbekiston  Respublikasining  Ta‘lim  to‘g‘risidagi 
Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  belgilab  berilgan  ijtimoiy  vazifalardan  kelib  chiqib 
yosh avlod ta‘lim-tarbiyasini tashkil etishi kundalik hayotning o‘zi talab qilmoqda. 
Hurmatli Prezidentimiz Karimov I.A. «Barkamol avlod orzusi» asarida «Biz komil inson 
tarbiyasini  davlat  siyosatining  ustivor  sohasi  deb  e‘lon  qilganmiz.  Komil  inson  deganda  biz, 
avvalo,  ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  xulq-atvori  bilan  o‘zgalarga  ibrat  bo‘ladigan 
bilimli,  ma‘rifatli  kishilarni  tushunamiz».  Va  yana  «Yuqori  malakali,  zamonaviy  fikrlaydigan 
odamlarning yetishmasligi bizning olg‘a siljishimizda hamon katta to‘siq bo‘lib turibdi. Bunday 
kadrlarni, avvalombor, yosh kadrlarni topish, o‘stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb 
masalasiga aylanmoqda», deb juda o‘rinli  ta‘kidlangan. Haqiqatan ham  bunday  fazilatlarga ega 
bo‘lgan  kishini  shakllantirish  pedagogika  fani  va  shu  sohada  ishlaydigan  mutaxassislari 
zimmasiga yuklatilgan. 
Savol tug‘iladi: ular ta‘lim-tarbiya borasida nima qilishlari, qanday yo‘l tutishlari lozim? 
Bu va boshqa savollarga ma‘lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima 
va u qachon paydo bo‘lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat 
etaylik.  Manbalarda  yozilishicha,  kishilik  jamiyati  paydo  bo‘lgach,  ijtimoiy  hayotda  orttirilgan 
tajribalarni qo‘yi avlodga o‘rgatish ehtiyoji tug‘iladi. Tajribalarning to‘planishi natijasida ta‘lim-
tarbiyaning dastlabki tamoyillari vujudga keldi. Bu haqda mashhur mutafakkir A.R.Beruniyning 
«Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o‘rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina 
ko‘tariladilar  xolos.  Jamlangan  tajribani  har  bir  avlod  o‘zidan  keyin  kelayotgan,  o‘zidan  keyin 
uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib beradi», - deb bildirgan fikri 
bag‘oyat o‘rinlidir. 
Tabiat,  ijtimoiy  hayot  haqidagi  barcha  tajribalar  asosida  muayyan  bilimlar  ortib  bordi. 
Ta‘lim-tarbiya  ishlari  bilan  shug‘ullanuvchi  tarbiyachilar  kasb-hunar  vakillari  sifatida  ajralib 
chiqa  bogshladi.  Ularning  ta‘lim-tarbiya  borasidagi  faoliyatlari  va  to‘plangan  tajribalaridan 
o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keladi. Shu asnoda dastlabki 
maktab  ko‘rinishidagi  muassasalar  vujudga  keldi,  taraqqiy  etdi.  Shunday  qilib,  pedagogika 
ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari 
haqida ma‘lumot beruvchi fanga aylandi. Demak, pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
barkamol inson etib tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 
Bo‘lajak  malakali  pedagog  va  psixolog  bakalavr  mutaxassislarni  tayyorlashda 
pedagogika  fanining  umumiy  asoslari  va  didaktika  masalalari  haqidagi  ma‘ulmot  muhim  o‘rin 
tutadi.  Shuning  uchun  bo‘lajak  pedagog-psixolog  bakalavr  mutaxassislar  pedagogika 
nazariyasining  mavzulari  haqida  atroflicha  ilmiy,  nazariy  bilim  olishlari  bag‘oyat  muhim. 
Chunki  bo‘lajak  bakalavrlar  mazkur  leksiyalar  kursini  davlat  ta‘lim  standarti,  o‘quv  dasturi 
talablari  asosida  izchil,  tizimli  o‘rganishi  pedagogik  faoliyat  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘nikma  va 
tajribalarni tarkib toptirishga bevosita yordam beradi. Bu esa bo‘lajak bakalavr, magistr pedagog 
va psixologlarni pedagogik tizimga tayyorlashga zamin yaratadi. 



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin