Alisher Navoiyga



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə1/9
tarix16.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#114540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
buyuklar ёзувсиз



Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida XondamirVosifiyHusayn BoyqaroBobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.




Bobur 1483 yili 14 fevralda Andijon shahrida, Fargʻona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va asli chingiziylardan boʻlgan malika Qutlugʻ Nigor Xonim oilasida dunyoga keladi. “Bobur” soʻzi forsiy tilidan “babr”, yaʼni “bars”,“yoʻlbars” degan maʼnoni bildiradi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sohibqiron Amir Temur avlodidan. Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzoning evarasi boʻlgan. Boburning onasi Qutlugʻ Nigor-Xonim moʻgʻul xonlaridan biri Yunusxonning qizi boʻlgan.
Barcha shahzodalar singari Zahiriddin Muhammad Bobur taʼlim va tarbiyani otasining saroyida oladi. Biroq otadan juda erta yetim qoladi. 1494 yili Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi. 12 yoshida Bobur otasining oʻrniga taxtga oʻtirishga majbur boʻldi. U hukmdor boʻlgan dastlabki yillarda Temuriy shahzodalar oʻrtasida toju taxt uchun ayovsiz kurash avj oladi. Yosh Zahiriddin Andijon taxti uchun amakisi Sulton Ahmad Mirzo hamda ukasi Jahongir Mirzo bilan kurashishiga toʻgʻri keladi. Bobur ukasi bilan murosaga kelishga harakat qiladi Jahongir Mirzoga Fargʻona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini topshiradi. Oʻzi esa Samarqand uchun boʻlayotgan kurashlarga kirishadi.
Kurashlar hech qanday natija bermaydi, unda katta harbiy kuchga ega boʻlgan Shayboniyxonning qoʻli baland keladi. Bobur Samarqandni tashlab ketadi. Biroq Shayboniyxon 1504 yili Andijonni ham qoʻlga kiritadi va Bobur janub tomon bosh olib ketishga majbur boʻladi. Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatadi. 1505-1515 yillar davomida u Markaziy Osiyoga qaytishga harakat qiladi, biroq bu urinishlaridan ham hech narsa chiqmaydi.
Bulardan soʻng Bobur uzoq yashamadi: 1530 yili Agrada 47 yoshida vafot etadi. Rivoyatlarga koʻra, Boburning toʻngʻich oʻgʻli Humoyun Mirzo ogʻir dardga chalinadi. Bobur uch kechayu uch kunduz Yaratgandan oʻgʻlining dardiga shifo soʻrab, farzandi chekayotgan dardni oʻziga berishini soʻraydi. Humoyun Mirzo tuzaladi, biroq Zahiriddin Muhammad Bobur koʻp oʻtmay vafot etadi.






Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin