Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin"



Yüklə 111 Kb.
səhifə1/4
tarix15.12.2022
ölçüsü111 Kb.
#75219
  1   2   3   4
“FARHOD VA SHIRIN” , “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONLARI



FARHOD VA SHIRIN” , “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONLARI
REJA:
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM:

  1. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganish.

  2. Badiiy asar tahlili haqida ma’lumot.

  3. “Farhod va Shirin” dostoni haqida kirish so‘zi.

  4. “Layli va Majnun”

XULOSA.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

Kirish
Navoiy asarlarining yoshlarimizning barkamol bo‘lib yetishishlaridagi ahamiyati, badiiy kuchi, qimmati alohida qayd etilgan. Alisher Navoiyning badiiy ummoni nodir dur-u javohirlarga to‘la. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin xoqoning o‘g‘li Farhodning yoshlikdagi bilimga chanqoqligi, uning piri komili Suqrot nasihati bilan sof sevgi va ma’naviy yuksalish yo‘lidagi kurashi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida tog‘dan ariq qazib, qaqragan yerlarga obi – hayot bag‘ishlashi, sevgilisi Shirin mamlakatini bosqinchi, xudbin Xisravdan himoya qilishi, go‘zal Shirinning sof sevgi yo‘lidagi barcha harakatlari, “Layli va Majnun” dostonidagi Qaysning – Majnunning Layliga bo‘lgan insoniy va ilohiy sevgisi, o‘z navbatida, Laylining Qays yo‘lida halok bo‘lishi, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi shoh Bahrom va Diloromning sarguzashtlariga bag‘ishlangan barcha hikoyatlar komil insonning voyaga yetishida saboq va namuna vazifasini bajaradi. Binobarin, “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki,- deydi I.Karimov,- hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir”.
Asrlar osha omon qolib, bizga yetib kelgan milliy qadryatlarimiz, ma’naviy va ma’rifiy madaniyatimiz, ilm – ma’rifat, shuningdek, pedagogika fani mustaqillik sharofati ila yangidan rivoj topa boshladi.
Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning istiqboli fan – texnika, ilm – maorif taraqqiyoti hamda barkamol milliy kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan bog‘liqdir. Shu bois ham mustaqil davlatimiz ilm – fan hamda maorif rivojiga salohiyatli milliy kadrlar yetishtirishga jiddiy e‘tibor bermoqda.
Shaxsni barkamol bo‘lib yetishishiga, eng muhimi, uning ma’naviy dunyosini boyishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri – bu badiiy adabiyotdir. Aslini olganda o‘zbek milliy adabiyotimizning poydevorini qurgan, uni jahon miqyosida san’at darajasiga ko‘targan buyuk daho Alisher Navoiy bo‘lib, bu buyuk zotning ummonga teng asarlari, ayniqsa, jahon adabiyotidan muhtasham o‘rin olgan “Xamsa” asari asrlar osha bashariyatning bebaho durdonasi, ma’naviy – ma’rifiy, axloqiy – estetik mulkiga aylandi. Ana shunday so‘z san’atining durdonasi hisoblangan “Xamsa” asarini o‘rganish, ayniqsa, Navoiy idealini o‘quvchilarga yetkazish ko‘p jihatdan o‘qituvchining ilmiy – nazariy bilimi, dars berish san’ati, aniqrog‘i, ”Xamsa” asaridagi qahramonlar sarguzashti va idealini tahlil qilishga bog‘liq. Bu jihatdan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari adabiyot kursi bo‘yicha darslikka ega bo‘lganliklari holda, Navoiydek buyuk zotning asarlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularni o‘quvchilar ongiga yetkazishga oid adabiy – tanqidiy va metodik qo‘llanmalarga ega emas, ehtiyoj sezadilar . . . Bu narsa adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda ilmiy metodik, aniqrog‘i, tadqiqot ishlarini olib borish va dars samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy metodik qo‘llanmalarni yaratishni taqozo etadi.

Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin