Mavzu: ZafarDiyor
Guruh: __________
Bajardi:Mamatova M
Tekshirdi:Yormatov I
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: Bolalar adabiyoti va nazariyasi
ZAFAR DIYORNING ZAFARLI IJODI
Zafar Diyor bolalar
adabiyotining o’ziga xos
sahifalarini yaratgan ijodkor
edi. U bor-yo’g’i o’ttiz to’rt yil
umr ko’rgan, yigirma yilga
etar-etmas ijod qilgan
bo’lsa-da, shu qisqa davr
mobaynida iste’dodli
shoir,nosir, dramaturg
sifatida bolalar
adabiyotimizda o’z o’rniga
ega bo’ldi.
Zafar Diyorning ijodiy yo’li o’tgan asrning
o’ttizinchi-qirqinchi yillariga to’g’ri keladi. Bu
davr adabiyoti haqida fikr yuritganda, avvalo,
badiiy adabiyot to’laligicha sho’ro siyosati
manfaatlariga bo’ysundirilganini qayd etish
joiz. Ijodkorlar xohish-istaklaridan qat’iy
nazar, xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi
yutuqlar, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat
sohalaridagi ijobiy natijalarni sho’rolar
tuzumining afzalliklari sifatida madh etishga
majbur edilar.
She’rlari
“Po’lat qanotlar”
“Lola”
“Parvoznoma”
“Qahramonning o’limi”
“Kitob, mening do’stimsan!”
“Birinchi qadam”
“Lager qo’shig’i”
“Bog’chamiz”
“Sentyabr qo’shig’i”
Vatan
Yana gulga
To’lgay Vatan,
Biz qo’ynida yayraymiz;
Gul novdaga
Qo’nib turgan
Bulbul kabi sayraymiz…
Biz shu ko’rkam
Gulbahorning
Go’zal asl gullari!
.
Zafar Diyorning o’ttizinchi yillar ijodiyotida hajviy va
allegorik tarzdagi didaktik asarlar ham alohida o’rin tutadi.
Bunda, avvalo, yumor va majoziylikda bolalar adabiyotining
ba’zi o’ziga xosliklari namoyon bo’lishining ta’siri ko’rinadi.
Shuningdek, hajvning tarbiyada katta o’rin tutishi ham
ijodkorlarni ulardan unumli foydalanishga undagan bo’lishi
tabiiy bir holdir. Shoirning “Zarar emasmi?” she’ri bu
mavzudagi yozuvlar orasida ajralib turadi. Unda bolalar
quvnoq kulgi bilan toza-ozoda yurishga, shaxsiy gigienaga
amal qilishga o’rgatiladi va o’z kamchiliklarini tuzatishga
undaladi.
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog' aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko'ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!
BINAFSHA
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog'imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz,
— Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
KAPALAK
Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To'xta, so'zlayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog'chamda,
So'rib gullar sharbatin
O'ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko'chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do'st bilaman o'zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko'zimga.
Dostları ilə paylaş: |