Amaliy ish 1. Matnlarni kiritish, tahrirlash, hujjatning masshtabi va ko’rish rejimini aniqlash. Havolalar o’rnatish. Matnlarni formatlash
1-qism
Microsoft Word dasturini ishga tushiring: «Пуск» - Microsoft Office - Microsoft Word.
Quyidagi matnni kiriting:
Zamonaviy kompyuterlardan aksariyat hollarda matnli ma’lumotlar ustida ishlash uchun foydalanilmoqda. Ishlanayotgan hujjat turlari: prozalar, jadvallar, dasturlash tilida yozilgan dastur kodlari.
Matnli ma’lumotlarni tahrirlash amaliy dasturlar (matn muharrirlari yoki matn prosessorlari) yordamida amalga oshiriladi.
Matnli hujjatlarni tayyorlash jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Matnni terish;
Tahrirlash;
Orfografik tekshiruv, matnni formatlash, varaq sozlamalari;
Chop etish (matnni chop etishdan avval ko’rish, qog’ozga chiqarish).
Hujjatni D: diskka papkasiga Amaliy ish1.doc nomi bilan saqlang.
Hujjat faylini Файл menyusinig Закрыть buyrug’i yordamida yoping.
Amaliy ish1.doc hujjatni qayta oching.
Matnni qo’shing:
Matn protsessori deb matnlarni tahrirlash uchun ilg’or imkoniyatlarga ega bo’lgan, kuchli matn muharririga aytiladi. Zamonaviy matn protsessorlari ko’plab qo’shimcha funksiyalarga ega. Ulardan ayrimlari:
belgilarni formatlash (turli shrift va chiziqlardan foydalanish);
abzatslarni formatlash (sahifa kengligi bo’yicha tekislash va so’zlarning avtomatik tarzda yangi qatorga o’tishi);
sahifa dizayni (avtomatik raqamlash, sarlavhalar, kolontitullar va izohlarni kiritish);
hujjat dizayni (mundarija va indekslar ro’yxatini avtomatik shakllantirish);
jadvallarni yaratish va tahrirlash;
imlo tekshiruvi va h.k.
Faylga havola (гиперссылкa) qo’shish uchun “jadvallarni yaratish va tahrirlash” matnini belgilang, Вставка menyusidan Гиперссылка buyrug’ini tanlang. Havola qo’shish oynasida “Файл” tugmasini bosing va fayl bilan bog’lash oynasida havola orqali o’tish kerak bo’lgan faylni tanlang va “ОК” tugmasini bosing.
Matn protsessori deb boshlangan abzatsga xatcho’p (закладкa) qo’ying: Вставка menyusidan Закладка buyrug’ini tanlang, ochilgan oynada xatcho’p (закладкa) nomini kiriting, masalan “Закладка1” va “Добавить” tugmasini bosing.
Hujjatning ohiriga o’tib 8 punktda hosil qilingan zakladkaga o’tish havolasini o’rnating. Buning uchun imlo tekshiruvi matnini belgilab Гиперссылка buyrug’ini tanlang, havola qo’shish oynasidan Закладка tugmasini bosing va joyni tanlash oynasida yaratilgan zakladkani tanlab OK tugmasini bosing.
7-9 punktlarda yaratilgan havolalarning ishlashini tekshiring.
Havolani o’chiring. Buning uchun havolani tanlab sichqonchaning o’ng tugmasini bosing. Ochilgan kontekst menyudan Удалить гиперссылку buyrug’ini tanlang
Faylni saqlang.
Sahifa uchun quyidagi sozlamalarni o’rnating:
varaq ko’rinishi: книжная
maydon o’lchamlari: yuqori va pastdan - 2 cm, chapdan - 3 см, o’ngdan - 1 см
juft va toq sahifalarning kolontitullarini farqlash
Sahifa sozlamalarini o’zgartirish uchun “Разметка страницы” menyusidagi “Параметры страницы” buyruqlaridan foydalaniladi.
Вид menyusidagi Обычный, Веб-документ, Разметка страницы, Структура, Во весь экран buyruqlarini tanlab, hujjatda bo’layotgan o’zgarishlarni kuzating
Вид menyusidagi «Масштаб» buyrug’i yordamida quyidagi o’lchovlarini berib hujjatni turli o’lchamlarda ko’ring: 100%, 200%, 50%, По ширине страницы, Целая страница, Две страницы
Kiritilgan o’zgarishlarni saqlang va faylni yoping.
Qidirish funksiyasi yordamida Amaliy ish1.doc faylini toping va oching
Home, End, Ctrl+PageUp, Ctrl+PageDown,Ctrl+Home, Ctrl+End klavish kombinatsiyalari yordamida hujjat bo’ylab o’tish amallarini bajaring va har bir kombinatsiyaning vazifasini bilib oling.
Birinchi abzatsni matnning oxiriga ko’chiring. Uni belgilang va Delete klavishi yordamida o’chiring
Oxirgi bajarilgan ishni (o’chirish) bekor qiling.
O’chirish amalini qayta tiklang.
Рацензирование menyusidan Правописание buyrug’i yordamida imloni tekshiring