Amaliy mashg`ulot №:3 Takrorlanuvchi tuzilmali algoritmlar va ularning dasturi.
C++ Builder – Borland firmasining yangi maxsuloti bo‘lib, C++ tilidagi ilovalarni tez ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan (RAD- Rapid Application Development). C++Builder yordamida Windows dasturlarini C++ tilida tez va oson tuzish mumkin. Win32 konsol ilovalarini va foydalanuvchi uchun grafik interfeysni yaratish mumkin (GUI- graphical user interface). Win32 GUI ilovalarini C++Builderyordamida yaratayotganimizda, biz RAD muxitidagi C++ tilining hamma kuchini ishlata olamiz. Bu degani, biz foydalanuvchi interfeysini drag-and-drop texnikasi yordamida yarata olamiz. Biz formalarga OSX boshqaruv elementlarini joylashtirib, qisqa vaqt ichida WEB brauzerlarga o‘xshagan maxsus ilovalarni yaratishimiz mumkin.
Amaliy qism: Borland C++ Builder 6 ni o‘rnatish uchun, u saqlangan katalog ichidagi bcb6.exe faylini ishga tushiramiz (1.1.1 – rasm).
Undan so‘ng 1.1.2 – rasmdagi oyna hosil bo‘ladi. Bu oynada faylni arxivdan chiqarish uchun joy so‘raydi. Biz C:\Temp\BCB6\ deb nomlangan joyni ko‘rsatib u yerga kerakli fayllarni arxivdan chiqarib olamiz. Arxivdan chiqarish jarayoni tugaganidan so‘ng, Borland C++ Builder 6 ni o‘rnatish jarayoni boshlanadi (1.1.3 – rasm).
1.1.3 – rasm: Borland C++Builder 6 dasturini o‘rnatish bosh oynasi
1.1.4 – rasmda dasturning seriya raqami va ruxsat berish kalitini kiritishni so‘raydi. Bu ikki kodni olish uchun keygen papkasidagi bcb6kg.exe faylini ishga tushiramiz (1.1.5 – rasm).