AMALIY MASHG’ULOT.
1-Mavzu: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning tarkibiy qismlari.
I.Darsnining maqsadi: Raqamli iqtisodiyot tushunchasini o‘rganish, raqamli iqtisodiyot platformalarini o‘rganish, texnologik taraqqiyot xronologiyasini o'rganish, raqamli iqtisodiyotning davriylashishini ko‘rib chiqish, raqamli iqtisodiyotni globallashuvning yangi bosqichi sifatida tavsiflash, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda kraudsorsing va kraudfandingdan foydalanish masalalarini o‘rganish. Asosiy tushunchalar: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, raqamli platformalar haqida tushuncha berish.
II.Darsning borishi:
Kirish
Yangi mashg‘ulotni tushuntirish.
Talabalarni mustaqil ishlashi uchun topshiriq.
III. Fanning nazariy tushunchasi.
Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Bu tizimning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
• yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
• elektron hujjat almashinuvi;
• buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
• ma’lumotlar elektron bazalari;
• CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
• korporativ tarmoqlar.
Qulayliklari.
1. To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.
4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Xulosa qilib aytganda, “raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot – ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.
IV.Topshiriqlar:
1. https://www.strikingly.com/ Sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish va Shaxsiy raqamli blog yaratish.
1-qadam. Yuqoridagi link orqali ro‘yxatdan o‘tamiz va “Yangi sayt yaratish” tugmasini bosamiz.
2-qadam. Ushbu oynadan o’zingiz qiziqqan soha bo’yicha tayyor shablon tanlanib ishlash mumkin.
3-qadam. Ko‘rsatilgan qadamlar bo‘yicha o‘z loyihangizning har bir bosqichini nomlaysiz.
4-qadam. Har bir oyna ma’lumotlarini yangilang.
5-qadam. “Nashr qilish” tugmasi orqali sayt linkini olamiz.
6-qadam.Ko’rsatilgan oynani tanlaymiz.
7-qadam. Ushbu linkni nusxa olib amaliy ish listiga joylashtiring.
https://efficient-wombat-d7bms0.mystrikingly.com/ Xuddi shunday har bir talaba o‘z loyihasining linkini joylashtiradi .
V. Mashg’ulot bo‘yicha xulosa va takliflar. __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Dostları ilə paylaş: |