TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA YO’NALISHI 163-22 GURUH TALABASI ABDIYEV SARVARNING 1-KURS UCHUN TAYYORLAGAN
AMALIYOT ISHI
2023 - yil
Mavzu: Python va uning modullari, kutubxonalari, ishlash sohalari, qulayliklari, API TOKEN lar.
Python nima? Python - mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan.
Bu dasturlash tili o'rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo'r tanlov.
Python quyidagilar uchun ishlatiladi:
veb-ishlab chiqish (server tomonida),
dasturiy ta'minotni ishlab chiqish,
matematik amallar,
tizim skriptlari.
Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?
Python serverda veb-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatilinishi mumkin.
Python ish oqimlarini yaratish uchun dasturiy ta'minot bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.
Python ma'lumotlar bazasi tizimlariga ulanishi mumkin. Bundan tashqari, u fayllarni o'qishi va o'zgartirishi mumkin.
Python katta ma'lumotlarga ishlov berish va murakkab matematikani bajarish uchun ishlatilishi mumkin.
Pythonni tezkor prototiplash yoki ishlab chiqarishga tayyor dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun ishlatish mumkin.
Nima uchun aynan Python?
Python turli xil platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
Python ingliz tiliga o'xshash oddiy sintaksisga ega.
Python dasturlash tiliga bo'lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko'ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko'p talab bo'lgan.
Python Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma'lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi.
O'rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.
Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma'lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo'nalishlarga ki'rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o'yinlarini yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo.